Marganets - Yerda tarqalishi boʻyicha 14-element, yer poʻstida esa temirdan keyin ikkinchi ogʻir metall (yer poʻsti atomlarining umumiy sonidan 0,03%).
rodoxrozit (marganetsli shpat, malina rangli shpat) MnCO3
Olinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
1. Gausmanitdan yoki qizdirilgan pirolyuzitdan (gausmanitga oʻtib ketadi) alyuminotermik usul bilan:
3(MnIIMn2III)O4 + 8Al → 9Mn + 4Al2O3 2. Temir tarkibli marganets oksid rudalaridan koks bilan qaytarish yoʻli bilan.Bu usul bilan metallurgiyada odatda ferromarganets olinadi (≅80 % Mn).
Ximik hossalari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oksidlangan shakli
Qaytarilgan shakli
Muhit
E0, В
Mn2+
Mn
H+
−1,186
Mn3+
Mn2+
H+
+1,51
MnO2
Mn3+
H+
+0,95
MnO2
Mn2+
H+
+1,23
MnO2
Mn(OH)2
OH−
−0,05
MnO42-
MnO2
H+
+2,26
MnO42-
MnO2
OH−
+0,62
MnO4−
MnO42-
OH−
+0,56
MnO4−
H2MnO4
H+
+1,22
MnO4−
MnO2
H+
+1,69
MnO4−
MnO2
OH−
+0,60
MnO4−
Mn2+
H+
+1,51
Davriy sistemadagi 7-gruppaning yonaki gruppachasi
7-gruppaning yonaki gruppachasiga marganets, texnitsiy, reniy elementlari kiradi. Bu elementlarning sirtqi qavatida 2 ta, sirtidan ikkinchi qavatida 13 ta elektron bor. Reaksiyada bu elementlar sirtqi qavatidagi ikki elektronni berib, ikki musbat zaryadli boʻladi, ammo sharoitga qarab, sirtdan ikkinchi qavatidan 5 tagacha elektron berishi mumkin, demak ular ham galogenlar kabi valentliklari oʻzgaruvchan boʻladi, hosil qilgan birikmalarida yuqori valentligi +7 ga yetadi. Gruppasidagi elementlar sirtqi qavatidan 2 ta elektron boʻlgani uchun, marganets elektron qabul qila olmaydi va reaksiyalarda faqat elektron yoʻqotadi.
Marganetsning tabiatda uchrashi. 7-gruppaning yonaki gruppachasidagi elementlar orasida eng muhimi marganetsdir. U yer poʻstlogʻining 0,01% ni tashkil etadi. Marganetsning tabiatda eng koʻp uchraydigan birikmalaridan biri pirolyuzit MnO2.Tabiatda marganetsning quyidagi birikmalari ham koʻp uchraydi M: Mn2O3, Mn3O4, MnS, MnS2. Marganetsning eng katta konlari Ukrainada, Zakavkazeda, Gruziyada, Uralda, Gʻarbiy Sibirda, Qozogʻistonda mavjud.
Marganetsning davriy sistemadagi oʻrni.
Kimyoviy belgisi Mn;
4-davr;
4-qator;
7-guruhning yonaki gruppachasi;
Tartib raqami 25;
Atom ogʻirligi 54,9;
Metall;
2-7 valentlikni namoyon qiladi;
Kislorodli birikmasi MnO2, Mn2O3, Mn3O4;
Vodorodli birikmasi yoʻq;
Atom tuzilishi +25)2)8)13)2);
p=25, e=25, n=25;
Marganetsning fizik xossalari. Oq tusli qattiq metall boʻlib, solishtirma ogʻirligi7,4 ga teng, suyuqlanish temperaturasi 1250C qaynash temperaturasi 2050C ga teng. Havoda yupqa oksid parda bilan qoplanadi.
Marganetsning kimyoviy xossalari. Marganets suyultirilgan kislotalardan vodorodni siqib chiqaradi, kukun holdagi marganets oson oksidlanadi, galogenlar, oltingugurt, fosfor, uglerod bilan reaksiyaga kirishadi. Marganets qizdirilganida suvdan vodorodni siqib chiqarishi mumkin.
Mn(kukun) + 2H2O → Mn(OH)2 + H2 Mn + 2H2SO4(kons) → MnSO4 + SO2 + 2H2O 3Mn + 8HNO3(kons) → 3Mn(NO3)2 + 2NO2 + 4H2O Mn + Cl2 → MnCl2; Mn + S →= MnS 3Mn + 2P → Mn3P2; Mn + C → MnC Marganets II-VII valentlikni namoyon qiladi. Marganetsning valentligi ortib borishi bilan asoslik xossalari kamayib, kislotalik xossalari ortadi.
Marganets (II) oksidi: marganets (II) oksidi marganetsning yuqori oksidlarini vodorod bilan qaytarish orqali marganets (II) oksidini hosil qilinadi. U suvda erimaydi, havoda oson oksidlanadigan yashil tusli modda, tabiatda MnS, MnCO3 kabi birikmalari uchraydi.
MnO2 + 4HCl→ MnCl2 + Cl2 + 2H2O 2MnO2 + 2H2SO4 → 2MnSO4 + O2 + 2H2O Marganetsning koʻpchilik tuzlari pushti rangda boʻladi, xloridli, sulfatli, nitratli tuzlari suvda yaxshi eriydi.
Mn(NO3)2 + 2NaOH → Mn(OH)2 + 2NaNO3 Marganets tuzlariga ishqor tasir ettirilganida oq rangli choʻkma hosil boʻladi, hosil boʻlgan maxsulot suv va havo ta’sirida oksidlanib, 2Mn(OH)4 ni hosil qiladi.
2Mn(OH)2 + O2 + H2O → 2Mn(OH)4 Marganets (III) oksidi. U qora rangli modda, tabiatda gidratlar Mn2O3*H2O holida uchraydi. 4MnO2→2Mn2O3+O2; Mn2O3ga muvofiq keladigan tuzlar beqarordir. Mn(OH)3 – gʻoyat kuchsiz asos boʻlib, suvda erimaydi.
Marganets (IV) oksidi. U ham qora tusli boʻlib marganetsning barqaror birikmasi boʻlib, amfoterlik xossasiga ega, kuchli oksidlovchi. U qattiq qizdirilganida kislorodning bir qismi yoʻqolib, marganets (4) oksidiga aylanadi.
3MnO2→=Mn3O4+O2 Marganetsning (VI) valentlik birikmalari. Marganetsning 6 valentlik oksidi olinmagan, lekin unga xos boʻlgan marganetsning birikmalari olingan. M: H2MnO4 manganat kislota, tuzlari manganatlar. Manganatlar marganets oksidini kaliy gidroksid bilan qizdirish orqali uning tuzlarini olish mumkin.