2MnO2+4KOH+O2=2K2MnO4+2H2O bu tuz yashil tusda boʻladi.
MnO2+K2CO3+KNO3=K2MnO4+KNO3+CO2 yashil tusda boʻladi.
Manganat kislota beqaror boʻlgan uchun tezda parchalanib ketadi
3H2MnO4→MnO2+2HMnO4+2H2O; Manganat tuzlari suv tasirida tezda parchalanadi
3K2MnO4+2H2O→MnO2+2KMnO4+4KOH bunda yashil rang binafsha rangga kiradi. Kuchli oksidlovchilar ta’sirida u oksidlanadi.
K2MnO4+Cl2→2KMnO4+2KCl Marganetsning (VII) valentlik birikmalari. Mn2O7 – yashil–qoʻngʻir tusli moysimon ogʻir suyuqlik boʻlib, sovuq va quruq joylarda saqlash lozim aks holda biroz isitilsa kuchli portlaydi, uni permanganatlardan olish mumkin.
2KMnO4+H2SO4→K2SO4+Mn2O7+H2O. H2MnO4 ning oksidlanishidan hosil boʻlgan HMnO4 – permanganat kislota, Mn2O7 ga muvofiq keladigan kislotadir. Permanganat kislota kuchli oksidlovchi va kuchli kislotadir. U kuchlilik jihatidan nitrat va xlorid kislotalar bilan bir qatorda turadi. Uning tuzlari binafsha rangda boʻlib, kristal modda 2000 ga qadar qizdirilganida parchalanadi.
2KMnO4→K2MnO4+MnO2+O2. Meditsinada dezinfeksiyalovchi modda, kimyo laboratoriyalarida oksidlovchidir, kislotali muhitda 2 valentgacha qaytarilishi mumkin. KMnO4kislotali muhitda kuchli oksidlovchi, ishqoriy va neytral muhitda oksidlash xususiyati pasayadi.
2KMnO4+10FeSO4+8H2SO4→K2SO4+5Fe2(SO4)3+2MnSO4+8H2O