7-jadval VCHD-1 korxonasining moddiy xarajatlarining sintetik hisobini buhgalteriya hisobida aks ettirish17
Xo‘jalik operatsiya mazmuni
Debet
Kredit
Summa, so‘m
Xom ashyo va materiallar
2013
1000
1432328231,15
Elektr-yenergiya
2013
6010
5419250
VCHD-1 korxonasi ma’lumotlaridan foydalangan holda quyidagicha hulosaga kelish mumkin, korxonaning mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlar tarkibini 2013 hisob-kitoblar schyotida aks ettirish mumkin.
VCHD-1 korxonasida asosiy ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatadigan yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarini xisobga olish uchun, yordamchi ishlab chiqarishning xar bir turi bo‘yicha alohida xisob yuritiladigan 2310-“yordamchi ishlab chiqarish” aktiv kalkulyatsiya schyoti hisoblanadi.
2310-“yordamchi ishlab chiqarish” schyotining debetida xisobot davri mobaynida maxsulot ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, yordamchi sexlar bo‘yicha ishlarni bajarish bilan bevosita, shuningdek yordamchi ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish va boshqarish bilan bilvosita bog‘liq bo‘lgan xarajatlar jamlanadi.Mazkur schyotning krediti bo‘yicha yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarining iste’molchilar o‘rtasida taqsimoti aks ettiriladi.
Yordamchi ishlab chiqarish maxsulotlari tannarhining xisobi va kalkulatsiyasi, aniq bir tarmoq uchun uning xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilangan xarajatlar moddalarining nomenklaturasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Bunday xarajatlar moddalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
sotib olinadigan buyumlar va yarim tayyor maxsulotlar;
yoqilg‘i;
elektr quvvat;
ishlab chiqarishdagi ishchilarga ish xaqi;
ish xaqidan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar.
Yordamchi ishlab chiqarish sexlari xarajatlarini xisobga olish bo‘yicha asosiy birlamchi xujjatlar quyidagilar: asboblar, moslamalar, modellar, press-shakllar, ehtiyot qismlar, idishlarni topshirganligi to‘g‘risida yuk xatlar; ta’mirlangan obyektlar bo‘yicha qabul qilish topshirish dalolatnomalari; avtomobillar ishlaganligini tasdiqlovchi yo‘l varaqlari; yordamchi sexlar xodimlariga ish xaqini xisoblash qaydnomalari; shuningdek turli xisob-kitoblar, ma’lumotnomalar va izohlar kiradi. Yordamchi ishlab chiqarishda kalkulyatsiya obyektlari bo‘lib tannarh xisoblanadigan maxsulotlar, ishlar va xizmatlarning turlari xisoblanadi.
VCHD-1 korxonasida yana mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlarni hisobga olishda quyidagi 8-jadvaldagi hisob-kitoblar schyotlarida amalga oshiriladi.