8-jadval
VCHD-1 korxonasining asosiy ishlab chiqarish xarajatlarini buhgalteriya hisobida aks ettirish18
Xo‘jalik operatsiya mazmuni
|
Debet
|
Kredit
|
Summa, ming so‘m
|
1.Bo‘yoqlar kirimi
|
2015
|
1051
|
423444
|
2.Pilomaterial obreznoy
|
2311
|
1070
|
14315791,29
|
3.Piloles obreznoy
|
2311
|
1050
|
10 640 000
|
4.Extiyot qismlar
|
2015
|
1040
|
7 222 532,64
|
5.Elektr-energiya
|
2013
|
1010
|
1 012 400
|
Moddiy xarajatlar tannarxga o‘tkazilayotganda avval ular bo‘yicha xarajatlar paydo bo‘lish joylarida hisobga olinadi, keyin tannarxga o‘tkaziladi.
VCHD-1 ma’lumotlaridan foydalangan holda quyidagicha hulosaga kelish mumkin, korxonaning asosiy ishlab chiqarish xarajatlar tarkibini 2013 hisob-kitoblar schyotida aks ettirish mumkin.
Korxonaning asosiy ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatadigan yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarini xisobga olish uchun, yordamchi ishlab chiqarishning xar bir turi bo‘yicha alohida xisob yuritiladigan 2310 - “yordamchi ishlab chiqarish” aktiv kalkulyatsiya schootidan foydalanish mumkin.
Mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlar ham bir xil rasmiylashtiriladi.
Bunda quyidagicha xo‘jalik o‘tkazmalari amalga oshiriladi:
Material xarajatlari mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatishga hisobdan chiqarildi:
Dt 2010 ―Asosiy ishlab chiqarish
Kt 1010―Materiallar schyoti
Material xarajatlari (kislorod propan) mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatishga hisobdan chiqarildi:
Dt 2013-Asosiy ishlab chiqarish
Kt 1017-Materiallar schyoti (kislorod propan)
Yoqilg‘i xarajatlari xisobdan chiqarildi:
Dt 2013-Asosiy ishlab chiqarish
Kt 1035- Yoqilg‘i xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar
Elektr-yenergiya xarajatlari xisobdan chiqarildi:
Dt 2010-Asosiy ishlab chiqarish
Kt 6010-Elektr-energiya xarajatlarini oluvchi schyotlar
|
|
D-t 2010 K-t
|
|
|
D-t 1000 K-t
|
|
|
D-t 9130 K-t
|
|
102 336 984
|
|
|
D-t 6710 K-t
|
|
341 327 625
|
|
|
|
|
|
|
|
|
87 562 451
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
D-t 6520 K-t
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2 653 486
D-t Boshqa K-t
|
|
|
50 214 691
|
341 327 625
11-rasm. VCHD-1 korxonasida ishlab chiqarish xarajatlarining sintetik hisobi sxemasi19
III Bob. VCHD-1 korxonada mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlar hisobi va tahlilini takomillashtirish yo‘nalishlari.
3.1 Moddiy boyliklardan samarali foydalanish yo‘llari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday korxona asosiy maqsadiga erishish uchun ishlab chiqarish xarajatlarini jumladan mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlardan tejab-tergab foydalanishga alohida e’tibor beradilar.Chunki shuning natijasida ular o‘z foydalarini ko‘paytirishga oqibat natijada foydalilik darajasini oshirishga erishadilar.Mahsulot ishlab chikarishda mexnat predmetlarining axamiyati ulkan.Ularsiz ayrim hollarda mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati cheklanadi ayrim hollarda esa umuman mumkin emas.
12-rasm.Mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlar20
Mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yishda iqtisodiy taxlilning ahamiyati kattadir. Korxonada mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlardan qay darajada foydalanilayotganligini tahlil etish natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga sarflanayotgan xarajatlarni tejash maqsadida foydalanilmay qolgan ichki imkoniyatlarni topish mumkin.
Ishlab chiqarish samaradorligi korxona bo‘ylab iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy dasturlar va tadbirlarning ma’lum qiymatdagi resurslardan foydalangan holda ishlab chiqarishning eng katta hajmiga erishishga olib keladigan ishlab chiqarish omillari va resurs xarajatlariga nisbati bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish samaradorligi korxona faoliyatining yakuniy natijasini ko‘rsatadi.Miqdoriy jihatdan ishlab chiqarish samaradorligini mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan mehnat miqdori bilan o‘lchash mumkin, ammo mehnat sarfini aniq o‘lchash ancha qiyinroq. Demak, ishlab chiqarish samaradorligi mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi; ishlab chiqarish vositalari va kapitaldan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichlari bilan belgilanadi.
Korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligining umumiy ko‘rsatkichi mahsulot ishlab chiqarish sur’atlarining ortishi, unga qo‘shimcha ravishda pul xarajatlari birligiga to‘g'ri keladigan mahsulot hajmi, balans foydasining asosiy va aylanma mablag'lar yig'indisiga nisbati, to‘liq qiymat ko‘rsatkichlari muhim ahamiyatga ega.Shuningdek, mehnat unumdorligining o‘sish sur’ati, mehnatni tejash, mehnat unumdorligining mahsulot ishlab chiqarish o‘sishiga qo‘shgan hissasi kabi ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi. Ishlab chiqarish samaradorligi texnik samaradorlik (ishlab chiqarish hajmi), iqtisodiy samaradorlik (mehnat unumdorligi, mehnat resurslari, asosiy fondlar, aylanma mablag’lar), ijtimoiy samaradorlik (moddiy resurslar, foyda) hisobiga shakllanadi.
Korxonalarning mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlar bilan ta’minlanganligini va ulardan samarali foydalanishni taxlil etishda iqtisodiy taxlilining eng asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
korxona,birlashmalarning zaruriy moddiy resurslari bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlash;
moddiy texnika ta’minoti belgilangan rejasining haqiqatga yaqinligini tekshirish;
moddiy resurslarni korxonaga yetkazib berish hajmini, kompleksliligini, sifatliligini, so‘rtliligini hamda maromiyligining darajasini belgilash;
moddiy resurslarni yetkazib berish borasida korxonalararo tuziladigan shartnomalarning o‘z vaqtida tuzilganligini aniqlash;
materialllardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularni mahsulot hajmiga hamda uning tannarxiga ta’sirini mikdor jixatdan hisoblash;
xom ashyo, yoqilg‘i va materiallarga baho berishda foydalanilmay qolgan ichki imkoniyatlarini aniqlash, tahlil etish va boshqalar.
Mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlardan to‘liq, bir meyorda hamda samarali foydalanganlik darajasini tahlil etish uchun shu holatlarni ifodalaydigan ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish zarur.
Bularga quyidagilar kiradi:
Asosiy fondlar bilan ta’minlanganlik hamda aylanma fondlar va mablag‘lar bilan ta’minlanganlik darajasi hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichlarni moddiy resurslarni alohida alohida turlari bo‘yicha ham hisoblash mumkin. Masalan stanoklar bilan, xom ashyo bilan, elektr energiya bilan, yoqilg‘i bilan va boshqa moddiy resurslar bilan ta’minlanganligini aniqlash mumkin.
Moddiy resurslardan foydalanishning to‘liqliligini asosan korxonaning ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish darajasi isbotlaydi.
Sanoat korxonalarida mehnatni moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi. Uni jami moddiy resurslar qiymatini korxonada mavjud bo‘lgan ishchi va xizmatchilar soniga taqsimlash natijasida aniqlash mumkin. Bu ko‘rsatkichni yanada aniqlashtirish maqsadida moddiy resurslar qiymatini faqatgina ishchilar soniga taqsimlash natijasida ham aniqlash mumkin. Uni alohida asosiy fondlar bilan qurollanganlik hamda aylanma fondlar bilan ta’minganlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ham aniqlash mumkin.
Mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlardan foydalanishni iqtisodiy samaradorligini korxonalardagi fondlar qaytimi hamda fondlar sig‘imi isbotlaydi. Fondlar qaytimini aniqlash uchun korxonada yil davomida ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hamda tovar mahsuloti qiymatini asosiy fondlarning o‘rtacha yillik qiymatiga taqsimlash lozim. Fondlar qaytimining iqtisodiy moxiyati bo‘lib korxonaning har ming so‘mlik asosiy fondlariga to‘g‘ri keladigan yalpi mahsulot yoki tovar mahsulotini ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Korxonalarning mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlar bilan o‘z vaqtida, zaruriy miqdorlarda, belgilangan sifatda hamda bir ma’romda ta’minlanishi shu bilan birgalikda ulardan ratsional foydalanish, pirovardida uning iqtisodiy rivojlanishi va taraqqiy etishi uchun har tamonlama ta’sir etadi.
Mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlardan samarali foydalanish natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning o‘rtacha xarajatlari va tannarxlari pasayadi. Buning natijasida korxonaning sof foydasi ortadi. Shu bilan birgalikda, ishlatilayotgan moddiy boyliklar o‘rnini qoplaydigan ortiqcha moddiy boyliklar korxonada bor bo‘lishi mahsulotning sifatini yaxshilaydi, xizmat muddatini uzaytiradi.
Mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yishda iqtisodiy tahlilning ahamiyati katta xisoblanadi. Korxonada moddiy boyliklardan qay darajada foydanilayotganligini tahlil qilishda mahsulot, ish (xizmat)larga sarflanayotgan xarajatlarni tejash maqsadida foydanilmay qolgan ichki imkoniyatlarni topish mumkin.
Quyidagi 8-jadval ma’lumotlari asosida korxonaning mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlarini tahlil qilib, mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlardan qay darajada foydanilayotganligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Tahlil natijalaridan shuni bilishimiz mumkinki, jami mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlar ichida material, yoqilg‘i, elektr-energiya xarajatlarining 2020-2022-yillar oralig‘idagi tutgan ulushi qaysi biriniki yuqori ekanligini bilishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |