Moliyaviy globallashuv sharoitida moliya bozorini xalqaro miqyosda rivojlantirish, investitsiyalardan samarali foydalanishga qaratilgan masalalarning echimiga erishish bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Tadqiqot natijalari asosida moliya bozorining milliy va xalqaro tizimlarini rivojlantirishga urg’u berilmoqda hamda uzluksiz ravishda takomillashtirilmoqda.1 Ammo, yirik kompaniyalarning aktsiyadorlik kapitali tuzilmasida davlat ulushining yuqoriligi, moliya bozori orqali investitsiya jalb etishni takomillashtirish, moliyaviy instrumentlar likvidliligini oshirish, jahon kapital bozoriga integratsiyalashuvini ta’minlash orqali moliyaviy resurslar jalb qilishni kengaytirish, qimmatli qog’ozlarning ikkilamchi bozorini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar olib borish dolzarb ahamiyatga ega. Ma’lumki, O’zbеkiston iqtisodiyotda hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan tuzilmaviy o’zgarishlar, eng avvalo fond bozori bilan bеvosita bog’liq bo’lib kеlmoqda. Chunki Rеspublikada rеjalashtirilgan invеstitsiya programmasini amalga oshirishda o’tish davriga xos bo’lgan moliyaviy rеsurslarning chеgaralanganligi sеzilmokda. Shuning uchun ham fond bozorining qimmatli qog’ozlaridan samarali foydalanish, ularning eng qulay shakllaridan foydalanish muxim masalalardan biri bo’lib kolmoqda. Hozirgi globallashuv sharotida fond bozorlari iqtisodiyatning asosiy tarmog’i bo’lib kelmoqda. Bundan ko’rinib turbdiki, qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish iqtisodiyotni rivojlantirish demakdir. Hozir jahon fond bozorlari bir qancha muammoli holatlar vujudga kelmoqda. Prеzidеntimiz bu muammolar haqida quyidagi fikrlarini bildirganlar: - “Muhim masala - yurtimizda fond bozori, fond birjasini yanada rivojlantirish uchun Qimmatli qog’ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi ishini tubdan qayta tashkil etish lozim. Biz bo’sh turgan davlat mulki obyektlarini o’zaro sheriklik asosida xususiy sektorga o’tkazish bo’yicha ishlarni davom ettiramiz. Internet tarmog’ida elektron savdolar va auksionlar orqali yer uchastkalarini, jumladan, tadbirkorlar uchun ajratishning yagona tartibini o’rnatish zarur. Shu maqsadda 2018-yildan boshlab elektron savdo maydonlari orqali davlat aktivlarini sotish bo’yicha elektron tizim tashkil etiladi. 2018-yilda bank tizimi faoliyatini rivojlantirish bo’yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirishda banklar bilan tadbirkorlik subyektlari o’rtasida samarali va o’zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini ta’minlash masalalariga asosiy e’tiborni qaratish zarur. Valyuta bozorini isloh qilishga qarshi bo’lgan ayrim “ekspertlar”ning ikkilanishi va “maslahat”lariga qaramasdan, biz qisqa muddatda xalqaro standartlar asosida valyutani liberallashtirish jarayonini boshladik. Lekin biz yaxshi tushunamizki, bu ish ushbu sohadagi islohotlarning boshlanishi, xolos. Valyuta siyosati biznes va iqtisodiyotni rivojlantirish manfaatlariga to’liq xizmat qilishi, investitsiya faoliyatiga ijobiy turtki berishi lozim”.2 Shu boisdan, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan «2020-2025-yillarda moliya bozorini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va erkin muomaladagi jami qimmatli qog’ozlarning yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatini 2025-yil oxiriga qadar kamida 10-15 foizga yetkazish kun tartibidagi asosiy masala ekanligi ta’kidlandi»3 . Bunday ustuvor va dolzarb vazifalarning samarali amalga oshirilishi mamlakatimizda moliya bozorining xususiyatlari va rivojlanish tendentsiyalarini tadqiq etish hamda moliya bozorini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni faollashtirish lozimligini ko’rsatmoqda. Iqtisodiyotning rivojlanishi tarixiga nazar tashlansa, moliya bozorini avvalambor insoniyat jamiyatida pulning paydo bo’lishi va u bilan bog’liq bozor munosabatlarini amalga oshirila boshlashidan shakllanishini ko’rish mumkin. Asrlar davomida moliya bozori, uning mazmuni va unga oid tushunchalar shakllanib va uzluksiz rivojlanib kelmoqda. Bunga sabab, inson tsivilizatsiyasining moliya sohasidagi tajribasini boyishi, unda shaxslarning (yuridik va jismoniy) moliyaviy munosabatlari va qiziqishlari kengayib, maqsadlari va faoliyat turlari ortib, manfaatlari tobora o’sib, ularning xaq-xuquqlari borgan sari mustahkamlanib va ta’minlanib borishidadir. Bozorning eng yuqori darajada rivojlangan turi moliya bozori hisoblanadi. Hozirda moliya bozori yuqori darajada tashkillashgan va uzluksiz rivojlanayotgan, borgan sari jahon miqyosida globallashib borayotgan alohida bir butun va o’z muhitiga ega munosabatlar va institutlar (qatnashchilar) majmuasi sifatida namoyon bo’luvchi murakkab tizim ekanligi aniq bo’lmoqda. Bunda moliya bozorlari nafaqat milliy iqtisodiyot, balki global iqtisodiyot rivojini belgilamoqda. Uning mazmun-mohiyati quyidagi kontseptual tushuncha va qonuniyatlar asosida belgilanadi. Moliya bozorini, umuman olganda, quyidagicha ta’riflash mumkin.“2020-2025-yillarda fond bozorini rivojlantirish strategiyasi” ishlab chiqish borasida mas’ul davlat organi va tashkilotlari tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, uyushgan qimmatli qog’ozlar bozorining qimmatli qog’ozlar bozoridagi umumiy savdo hajmidagi ulushi sezilarli darajada past ekanligini hisobga olsak, uyushgan qimmatli qog’ozlar bozorini institutitsional va infratuzilmaviy jihatdan yanada rivojlantirish, fond birjasi listing talablarini qayta koʻrib chiqish, fond birjasi va elektron savdo tizimlaridagi komission yig’imlar tarifini engillashtirish, xususiylashtirish jarayonlarida AJlaridagi davlat ulushining fond birjalaridagi erkin savdosini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Moliya bozorini samarali tashkil etish kapital bozorining tuzilmasi, fond birjasi hamda markaziy depozitariyning funktsiyalari, birja savdolari texnologiyasi, listing xususiyatlari, korporativ boshqaruv asoslari, investorlar bilan munosabatlar, marketing vositalari, loyihani boshqarish bo’yicha xorij tajribasi va amaliyotiga jiddiy e’tibor qaratish, shuningdek, bu boradagi muammolarni hal etish bilan chambarchas bog’liqdir. Tahlillar ko’rsatishicha, barcha rivojlanayotgan mamlakatlarda kuzatilayotgan o’xshash jihatlardan biri likvidlilikning etishmasligidir. Vaholanki, likvidlilik har qanday iqtisodiyot taraqqiyotida hal qiluvchi omil bo’lib, bunda bir-biri bilan bog’liq shunday jarayon kuzatiladiki, chet ellik sarmoyador kompaniya likvidli bo’lsa, unga investitsiya jalb qiladi, ayni paytda korxonaga sarmoya kiritmay turib, likvidlilikni oshirish mushkul. Aynan shu o’zaro bog’liqlikni ta’minlash yoki boshqarish professional yondashuvni talab etadi. Moliya bozorini samarali tashkil etish va boshqarishda tartibga solish jarayoni juda muhim, ammo u haddan tashqari qat’iylashtirilmasligi zarur. Ushbu bozor rivojlanishi uchun uning ishtirokchilari ko’lamini kengaytirish va bu jarayon listing talabiga javob bermaydigan korxonalar hisobiga amalga oshirilmasligi darkor. Birjada emitentlar ortib, ular tomonidan obligatsiya va aktsiyalar muomalaga chiqarilsa va daromadli bo’lsa, ularni sotib olishga qiziqish kuchayadi. Natijada YaIM hajmida banklar va birja ulushlarining balanslashuvi ta’minlanadi. eng yangi texnologiyani qo’llash asosida ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligiga erishish, aksariyat hollarda ko‘p miqdordagi mayda firmalar emas, uncha ko‘p bo‘lmagan yirik ishlab chiqamvchilar mavjud bo’lishini taqozo qiladi.
Bozor tizimi jamiyatning yuqori ehtiyoji tovarlar bilan ta’minlanishiga ham kafolat bermaydi. Raqobatning kuchsizlanib borishi iste’molchining erkinligiga