Kirish. Neft maxsulotlarini olinish texnologiyasi Reja



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə29/43
tarix24.12.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#191967
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43
Ma\'ruza

Metallarni cho‘zish Cho’zish zagotovkani asta torayib boruvchi asbob teshigidan tortib o„tkazib, deformatsiyalab shaklini o’zgartirish jarayonidir. Plastik deformatsiyalab shaklini o’zgartirish operatsiyasi bo’yicha cho„zishda zagotovkani ko„ndalang kesimi kichrayib, uzunligi esa uzayadi. Bunda buyumni o„lchamlari aniq berilgan geometrik shaklli, toza yuzali bo’lib chiqadi Davriy prokatni yoyish Cho’zish asosan sovuq holda bajariladi. Rangli metallar va ularning qotishmalari, past va yuqori uglerodli po„latlar hamda legirlangan po„latlar sovuqlayin cho„zib ishlash mumkin. Issiq holda cho„zish juda kam hollarda bajariladi. Cho’zish yo„li bilan har xil kesimdagi simlar va trubalar olinadi.
Cho’zish quyidagi hollarda bajariladi: 1. Ingichka, diametri 0.002-5 mm gacha bo„lgan simlarni prokat usuli bilan olib bo„lmaganli tufayli ularni cho„zish orqali olinadi;
2. Cho„zish yo„li bilan yupqa devorli trubalar olinadi;
3. Diametri 100 mm gacha bo„lgan har xil profili prokat usuli bilan olingan buyumlarni o„lchamlari normallash va tozalash uchun cho’zish qo’llaniladi; Fason kesimni buyumlar olish uchun ham cho„zish dan foydalaniladi. Cho’zish uchun boshlang„ich material bo’lib prokat yo„l bilan olingan har xil kesimli prokat mahsuloti xizmat qiladi. Cho’zishda material asta-sekin torayib boruvchi teshikdan o’tishi natijasida deformatsiyalanadi.
I.Kirish zonasi.
II.Deformatsiyalash zonasi.
III.Kalibrlash zonasi.
IV.Chiqish zonasi Cho’zish kuchi ishlayotgan materialning holati va xususiyati, shakli, asbobning turi, ishqalanish shartiga va boshqalarga bog„liq bo„lib, uning miqdori Р=К*F1*G, кг Bunda : К-koeffitsiyent bo„lib, uning qiymati 0.5-0.7 ga teng; F1-buyumni volokadan chiqqanidan ko„ndalang kesimi yuzi; G- buyumni cho„zilgandan keyingi mustahkamlik chegarasi, kg/mm2 . Cho‘zish uchun asbob va mashinalar. Cho„zishda asbob sifatida volonka(ko„z)dan foydalaniladi. U juda sodda asbob bo„lib, teshikli halqa. Buyumni volokadan o„tkazish usuliga qarab, cho„zish stanlari to„rt xil bo„ladi: 1. Barabanli cho„zish stanlari; 2. Zanjirli cho„zish stanlari (truba va murakkab profilli zagotovkalarni cho„zish uchun); 3. Reykali cho„zish stanlari; 4. Vintli cho„zish stanlari. Voloka tayyorlashda yuqori sifatli asbobsozlik legirlangan po„latlardan foydalaniladi yoki qattiq qotishmalardan tayyorlanadi. Juda ingichka simlarni cho„zishda olmosdan tayyorlangan volonkalardan o„tkaziladi Bundan tashqari yig„ma va rolikli volokalar ham mavjud. Bir barabanli stan va voloka sxemasi 1-O‘ram uchun baraban 2- Voloka 3-Tortuvchi baraban barabanli va ko„p barabanli stanlarga (buyum birin- ketin bir necha volokadan o„tib barabanlarga o„raladi) bo„linadi. Tortuvchi baraban diametri 120-1000 mmgacha bo„ladi. Bir barabanli stanlarning quvvati 15 kvt, tezligi 240 m/min, ko„p barabanli stanlarning quvvat 150 kvt ga, va tezligi 250 mm/s ga teng bo„ladi. Bir barabanli cho„zish stanni boshlang„ich materiali o„rovchi barabanga solinib, uchi esa tortuvchi barabanga bog„lanadi. Elektrodvigatel tortuvchi barabanni harakatga keltiradi va boshlang„ich zagotovka asta sekin tortilib, tortuvchi barabanga o„raladi. Bir barabanli cho„zish stanlarida diametri d=4-25 mm simlar olinadi. Ko„p barabanli stanlarda esa 4-6 mmli simlarni bir necha marta volokalardan qayta- qayta o„tkazilib, ingichka simlar olinadi. 1, 2, 3, 4, 5, 6- cho„zish ko„zlari; 7, 8, 9- tortuvchi barabanlar; 10- uzatma; 11- elektrodvigatel; 12 –sim. Cho„zishdan oldin cho„ziladigan materiallar yaxshilab kuyindi va changlardan tozalanadi va kavsharlanadi. Shundan so„ng metalning ustki yuzi kislota va ishqorlar bilan yuviladi. Materialni 1000 С gacha qizdirib quritiladi quruq metalni yuziga ishqalanishini kamaytirish uchun moy surtiladi. Moylagan vaqtda kuch kamroq, yuza toza, mustahkamligi yuqori bo„ladi. Moy sifatida har xil mineral va o„simlik moylari, grafit, sovun va boshqa emulsiyalar ishlatiladi. Cho„zish stanlari 4/600, 4/550 markalar bilan belgilanadi. Markadagi 4 raqami ko„zlarning soni, 600 va 550 raqamlari esa tortuvchi barabanning diametrini (mm larda) ifodalaydi. Har bir cho„zish stanining harakat marshruti, ya‟ni zagotovka volokadan o„tib, uni o„lchamini qabul qiladi. Misol: d=4.2 mm sim 6 ta volokadan o„tganda 4.23.873.463.02.62.252.0 м. Diametri d=2.0 mmgacha cho„ziladi. Bunda tortuvchi barabanni tezligi V=400-600m/min Zanjirli cho„zish stanlari murakkab profilli zagotovkalarni va trubalarni cho„zishi mumkin. Stan boshlovchi (chervyak reduktori, yulduzcha ) va ergashtiruvchi yulduzchadan iborat bo„lib, ular bir-biri bilan zanjir bilan birlashgan. Zanjirda 3-4 ta aravachali qisqich bo„lib ular zanjir bilan birga harakat qiladi. Qisqich zagotovkani uchini ilib oladi va zanjirni harakati natijasida to„g„ri chiziqli harakat qiladi. Zagotovka zanjir chetiga kelganda mahsus ilgichlar zagotovkani stol ustidan tortib oladi.
Ko’p barabanli stan sxemasi 1. Stol; 2. Tortuvchi yulduzchalar; 3. Zanjir; 5. Ilmoq; 6. Qisqichli arava; 7. Tortiq; 8. Mexanizm; 9. Voloka; 10.Zagotovka. Vintli cho„zish stanlarida zagotovkani cho„zishda gayka bilan mahkamlangan qisqich zagotovkani qisqich va gayka bilan birga to„g„ri chiziqli harakat qilishin ta‟minlaydi. 1.Voloka; 2.Zagotovka; 3.Qisqich; 4.Reyka; 5.Yulduzcha. Zanjirli cho„zish stani 30-rasm. Vintli cho„zish sxemasi 31-rasm. Reykali cho„zish stani sxemasi 1.vint; 2.gayka; 3.qisqich; 4.zagotovka;

18-Mavzu: Elektr yoyli payvandlash. Elektrokontakt payvandlash. Gaz bilan payvandlash va kesish.





Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin