2. Naften uglevodorodlar, kimeviy formulasi: CnH2n Bu uglevodorodlar tsiklik strukturaga ega. Ular parafin uglevodorodlardan 2 ta vodorod atomi kamligi bilan farq qiladi. Naften uglevodorodlar quyidagicha strukturaga ega:
SN2
SN2
N2S
S N2
N2S
SN2
N2S
S N2
N2S
SN2
SN2
tsiklopentan tsiklogeksan
Naften uglevodorodlar parafin va aromatik uglevodorodlar oralig’ida turadi, shuning uchun ular benzin tarkibida ham qoniqarli ishlaydi. Naften uglevodorodlar normal-parafin uglevodorodlarga qaraganda yuqori temperaturada qaynaydi va yuqori temperaturada oksidlanishiga qarshi moyilligi ham kuchli. Naften uglevodorodlarning yengil fraktsiyalari qotish temperaturasi past bo’lganligidan qishki sort dizel yonilg’isi tarkibining asosiy qismini tashkil etadi. Naften uglevodorodlarning og’ir fraktsiyalarining qovushqoqligi va kimyoviy barqarorligi yuqori bo’lganligi uchun asosan (70%) motor moylarining asosini tashkil etadi.
3. Aromatik uglevodorodlar, kimeviy formulasi: CnH2n-6, CnH2n-12 Aromatik uglevodorodlar neft tarkibida parafin va naften ug-levodorodlarga nisbatan oz miqdorda (5-20%) uchraydi.
SN
SN
SN
NS
SN
NS
SN
SN
SN
SN
Benzol Naftalin
Ularning asosiy vakili benzol S6N6 bo’lib, uning benzin tarkibida bo’lishi oktan sonini oshiradi. Lekin bu uglevodorodlarning miqdori chegaralanadi, chunki ular yuqori temperaturada detallarga yopishib, nagar qotishmalar hosil qiladi.
4
3
2
1
Қурум ҳосил қилиш миқдори
1
2
10 30 50 70
Aromatik uglevodorodlar miqdori %
1-rasm. Aromatik uglevodorodlarning benzin tarkibida bo’lishining dvigatel yonish kamerasida nagar qotishmalar hosil bo’lishiga bog’liqligi.
etillingan benzin;
etillanmagan benzin.
Aromatik uglevodorodlarning dizel yonilg’isida kam bo’lgani yaxshi, chunki ular dizel yonilg’isida qiyin oksidlanib, alangalanish vaqtini uzaytirib yuboradi, natijada dvigatel qattiq ishlaydi. Moylarda esa, bu uglevodorodlar ko’p qurum hosil bo’lishiga olib keladi, shuningdek, temperatura pasayganda moylarning qovushqoqligini oshirib yuboradi. SHuning uchun bu uglevodorodlar moylash materiallariga kam qo’shiladi.
To’yinmagan uglevodorodlar, kimeviy formulasi: CnH2n, CnH2n-2 Neftni qayta ishlash jarayonida ko’pgina to’yinmagan uglevodorodlar hosil bo’ladi.
To’yinmagan uglevodorodlar juda bo’sh bo’ladi, ular uchun qo’shbog’li bog’lanish uzilgan joyda biriktirib olish reaktsiyasi xosdir. Ular osongina oksidlanib smolalar, organik kislotalar va boshqa birikmalar hosil qiladi. To’yinmagan uglevodorodlar har qanday neft mahsulotlarining hossalarini yomonlashtiradi, shuning uchun ular yonilg’ida ham moyda ham bo’lishi maqsadga muvofiq emas. To’yinmagan uglevodorodlar tarkibida qo’sh bog’ soniga qarab quyidagicha bo’ladi:
bitta qo’shbog’li-olefinlar: CnH2n ikkita qo’shbog’li-diolefinlar: CnH2n-2 Masalan: C4H18 buten
N
N
N
N
N
S
S
S
S
N
N
N
C4H16 butadien
N
N
N
N
N
S
S
S
S
N
Bundan tashqari, neftq maxsulotlari tarkibida:
- oltingugurtli birikmalar;
- kislorodli birikmalar;
- azotli birikmalar bo’ladi.
Bu birikmalar avtomobil yonilg’ilari va moylari sifatini yomonlashtiradi.
Oltingugurtli birikmalar - detallarni korroziyalanishini oshiradi:
benzinda - 0.15 0.2%;
dizel yonilg’isida - 0.2 0.4% bo’ladi.
Х%
100
80
60
Dvigatel detallarining yeyilish tezligi yonilg’idagi oltingugurt miqdoriga bog’liq. Oltingugurt miqdori 0.2 dan 0.5 gacha ko’payganda yeyoilish 25-30% ortadi.
0.2 0.4 0.6 0.8 1.0 1.2
oltingugurt, %
Yonilg’i tarkibidagi oltingugurt miqdorini porshen
xalqalari yeyilishiga ta’siri
Kislorodli birikmalar - neftq mahsulotlarining yuqori fraktsiyalarida (kerosindan boshlab) bo’ladi. Ularning miqdori 10 % dan oshmaydi (0.1-1.3). Bu birikmalar asosan har xil kislotalar ko’rinishida bo’ladi. Ular detallarning korroziyalanishini oshiradi. Neftda smolali-asfalt moddalarning hosil bo’lishiga olib keladi.
Azotli birikmalar - neftq mahsulotlari tarkibida deyarli juda kam miqdorda, asosan smolali-asfalt moddalari ko’rinishida (0.3 %) uchraydi. Bu moddalar issiq detallarda qurum va lak paydo bo’lishini ko’paytiradi.
Yonilg’i va moylarning olinishi haqida tushuncha. Neftni qayta ishlashning fizik va kimyoviy usullari mavjud. Neftni birlamchi qayta ishlash usuli (haydash usuli) fizik usul bo’lib, neft tarkibidagi uglevodorodlar qaynash temperaturasiga qarab ajratiladi. Undan neft pechda 300-3500S da qizdirilib ajratkich kolonkasidan o’tkaziladi. Natijada uning tarkibidagi uglevodorodlar qaynash temperaturasiga qarab fraktsiyalarga ajratiladi. Fraktsiya deb, ma’lum temperatura oralig’ida neftni qaynaydigan bo’lagiga aytiladi.
Ustanovka 2 ta asosiy apparatdan - neft qizdiriladigan naysimon pech va rektifikatsiyalash kolonkasidan iborat, bu kolonkada neft fraktsiyalarga ajraladi. Naysimon pechning ichida zmeevik shaklidagi uzun truboprovod joylashgan. Pech mazut yoki gaz yordamida qizdiriladi. Truboprovoddan neft to’xtovsiz o’tib turadi. Truboprovodda neft 320-3500S gacha isib bug’ va suyuqlik aralashmasi holida rektifikatsiyalash kolonnasiga tushadi. Rektifikatsiyalash kolonnasi balandligi 40 m bo’lib, uning ichida bir necha qator gorizontal joylashgan teshikli to’siqlar - tarelkalari bo’ladi. Neft bug’lari kolonnaga tarelka teshiklaridan o’tib yuqoriga ko’tariladi. Ular yuqoriga ko’tarilgan sari asta-sekin sovib, qaynash temperaturasiga qarab tarelkalarning birortasida suyuqlikka aylanadi.
Qolgan qoldiq mazut deyiladi. Neftni 3600S dan ortiq qizdirib bo’lmaydi, chunki uning tarkibidagi uglevodorodlar parchalana boshlaydi.
Mazutni moy olish uchun qayta ishlash uni truba pechda vakuum ostida qizdirishdan iborat. Vakuum uglevodorodning parchalanmasligi uchun zarur. Mazut bug’lari vakuum kolonkasiga tushadi, bu yerdan ular distillyatlarga ajraladi. Bu distillyatlar turli surkov moylari (transformator, separator, industrial, motor, kompressor moylari) olish uchun ishlatiladi.
Haydash usulida juda kam miqdorda 20-30% benzin olinadi va sifati past bo’ladi (oktan soni 40-50). Neftni haydab olingan benzin miqdori xalq xo’jaligining o’sib borayotgan ehtiyojlarini qondira olmaydi. Benzin miqdori va sifatini oshirish maqsadida hozirgi vaqtda qayta ishlashning 2 usuli kimyoviy usul qo’llaniladi. Kimyoviy usul 2 xil yo’nalishdan iborat: