Reja:
Transmission moylarning vazifasi va ularga qo’yiladigan
asosiy talablar.
2. Transmission moylarning asosiy hossalari.
3. Transmission moylarning klassifikatsiyasi va markalari.
4. Transmission moylarning almashtirish muddatlari.
Dvigatel erishgan quvvat yetakchi g’ildiraklarga transmissiyaning bir necha agregat va mexanizmlari orqali uzatiladi. Uzatish vaqtida burovchi momentning bir qismi transmissiyani tashkil etuvchi agregat va mexanizmlar qarshiliklarini yengishga sarflanadi. Qarshiliklar asosan shesternyalarning ishqalanishidan kelib chiqadi. Transmissiyaning bunday zararli qarshiliklarini yengishga dvigatelning 10-15% gacha quvvati sarflanadi.
Transmission moylar transport vositalarining uzatkichlaridagi, ya’ni uzatmalar qutisi, yetakchi ko’priklari, bort uzatmalari, tarqatish qutilari, rul va boshqarish mexanizmlarining tishli uzatmalarini moylash uchun ishlatiladi. Transmission moylarning asosiy vazifasi - shesternya tishlari ish sirtlarining yeyilishini va transmissiya agregatlarida ishqalanishga bo’ladigan sarflarni kamaytirish, detallarni sovitish va ularni korroziyadan saqlashdan iboratdir. Bundan tashqari transmission moylar zarbiy nagruzkalar ta’sirini, shesternyalardan chiqadigan shovqinni va ularning titrashini pasaytirishi, salqniklar va turli birikmalardagi zazorlarni zichlashi lozim. Transmission moylar asosan neftni qayta ishlashda hosil bo’ladigan qoldiq mahsulotlardan gudron chala gudrondan olinadi.
Transmission moylarning zichligi 900-935 g/sm3 bo’lgan juda qovushqoq va yopishqoq qora rangli suyuqliklardir.
Transmission moylarning ish sharoiti motor moylari ish sharoitidan keskin farq qiladi. Avvalo, tishli, konussimon, tsilindrik, chervyakli uzatmalar detallarining ishqalanuvchi sirtlariga dvigateldagiga qaraganda ancha katta 1500-200 MPa gacha, gippoid uzatmalarda hatto 4000 MPa gacha solishtirma yuklanish tushadi. Dvigateldagi ishqalanuvchi juftlar orasida sirpanish tezligi katta, lekin transmissiyaning shesternyali uzatmalarida nisbiy sirpanish tezligi unchalik katta emas (2,5-3,0 m/s dan katta emas) va ish temperaturasi (80-1000S). Dvigatelning quvvati oshishi va mashinalarni ishlatish tufayli transmissiya agregatlarida ish temperaturasi ko’tariladi, shuning uchun ba’zan 125-1400S gacha ko’tariladi. Tishli ilashmalar bir-biriga tegadigan joylarda esa qisqa vaqtli mahalliy qizish natijasida bu temperatura 2500S gacha ko’tariladi. Bunda intensiv oksidlanishdan tashqari, moydagi Uvlar termik parchalanadi.
Transmission moylarning xili ko’p bo’lishiga qaramasdan, ularga umumiy ekspluatatsion talablar qo’yiladi. Ularga qo’yila-digan 1-asosiy talab - tishli va chervyakli g’ildiraklarning yedirilib shikastlanishiga yo’l qo’ymaslikdir. Bu talab moyning moylash xususiyati bilan belgilanadi. Bunda moyning moylash qobiliyati yuqori bo’lib, tishli ilashmalarda mustahkam parda hosil qila olishi kerak. Moylarning moylash xususiyati quyidagi ko’rsatkichlar bilan xarakterlanadi: tirnalish indeksi, kritik yuklanish, payvandlash yuklanishi va yedirilish ko’rsatkichi.
Tirnalish indeksi surkov moyining ishqalanuvchi sirtlar yarim quruq holatda bo’lganida shikastlanish darajasini kamaytirish xususiyatini xarakterlaydi.
Kritik yuklanish surkov moyining tirnalishning oldini olish xususiyatini xarakterlaydi.
Payvandlash yuklanishi surkov moyining chegaraviy ishqalanish xususiyatini xarakterlaydi. Agar payvandlash yuklanishi ortib ketsa, shesternyalar tezda ishdan chiqadi.
Edirilish ko’rsatkichi surkov materialining ishqalanuvchi jismlarning kritik qiymatdan kichik o’zgarmas yuklanishdagi yedirilishiga ta’sirini xarakterlaydi.
Avtomobillarda, ayniqsa murakkab sharoitlarda ishlaganda, gippoidli bosh uzatmadagi ishqalanuvchi juftlarga zo’r keladi. TSilindrik va konussimon (spiralq-konussimon ham) tishli uzatmalardan farqli ravishda gippoidli uzatmalarda shesternyalarning kontaktlashish chizig’i bo’yicha siljish xodisasi sodir bo’lib turadi. Bu hol tinch ishlab turganda ham ishqalanuvchi sirtlarning yedirilishiga sabab bo’lsada, kontakt sohasida intensiv issiqlik ajralishi tufayli uzatmaning eltuvchanlik xususiyatini cheklab qo’yadi.
Transmission moylarga qo’yiladigan ikkinchi talab - quvvatni minimal yo’qotish bilan uzatishni ta’minlashdir, bu esa tishlarning ishqalanish koeffitsientiga va moyning qovushqoqligiga bog’liq.
Transmission moyga qo’yiladigan qolgan talablar motor moyiga qo’yiladigan talablar bilan bir xil.
Transmission moylarning qovushqoqlik - temperatura xossalari yaxshi, qotish temperaturasi kerakli darajada bo’lishi (manfiy temperaturada dvigatelning osongina yurgizib yuborilishini, agregatning ish rejimiga tez o’tishini va ishqalanuvchi juftlarning ishonchli moylanishini ta’minlashi), temperatura ta’sirida hamda vaqt o’tishi bilan xossalarini kam o’zgartirishi, tarkibda abraziv mexanik aralashmalar va suv, shuningdek, korroziyalovchi aktiv birikmalar bo’lmasligi (detallarning mexanik va kimyoviy yeyilishini kamaytirishi), nihoyat, rezina zichlamalarini yemirmasligi lozim.
0.9
0.8
0.6
0.4
0.2
0
0.9
0.8
0.6
0.4
0.2
0
Bu talablardan eng muhimi tirnalishga va yeyilishga qarshi xossalar hisoblanadi. Bu xossalarni yaxshilash uchun moylarga prisadkalar qo’shiladi. Kontakt temperaturasi yuqori bo’lganda, prisadkalarning aktiv elementlari ishqalanuvchi sirtlarda asosiy metallga qaraganda plastikroq va yeyilishga chidamliroq pardalar hosil qiladi.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
10 30 50 70 90
|
-40 -20 0 20 40 60
|
moy harorati, 0S
|
havo harorati, 0S
|
13-rasm. Moy harorati va havo haroratining tishli ilashmalar yeyilishiga ta’siri.
Ishlatilish sharoitiga ko’ra transmission moylarni 5 ta katta guruhga bo’lish mumkin:
- Traktor va avtomobillar transmissiyasining kontakt kuchlanishi 1000 MPa gacha, temperaturasi 900S gacha bo’lgan sharoitda ishlovchi kam nagruzkali tsilindrik hamda konussimon tishli uzatmalar, tezliklar qutisi, ketingi ko’priklari, bort uzatmalari va boshqa agregatlarida ishlatiladigan moylar bo’lib, bu moylarga odatda prisadkalar qo’shilmaydi;
- Yeyilishga qarshi prisadkalar qo’shilgan moylar bo’lib, ular 2000 MPa gacha solishtirma bosim ostida va 1200S gacha bo’lgan temperaturada ishlaydigan konussimon tishli uzatmalar uchun tavsiya etiladi;
- Og’ir yuk ko’taradigan avtomobillar transmissiyasining katta nagruzkali spiral-konussimon, chervyakli uzatmalari va boshqa agregatlari uchun chiqariladigan temperatura 1200S dan yuqori, nagruzka 2000 MPa dan ortiq tirnalishga qarshi prisadkalar qo’shilgan moylar;
- Yuk avtomobillari va yengil avtommashinalarning gippoid uzatmalari uchun mo’ljallangan, tirnalishga qarshi samarali prisadkalar qo’shilgan maxsus moylar;
- ob-havo sharoitiga qarab, transmission moylarning yozgi, qishki, shimoliy va barcha mavsumbop sortlari ishlab chiqariladi. Traktor va avtomobillar transmissiyalari uchun yozda 1000S dagi 14-20 sSt, qishda esa 10-14 sSt bo’lgan moylar ishlatiladi.
Transmission moyning temperatura intervali atrof-muhitning temperaturasiga qarab (uzoq vaqt turgandan keyin qo’zg’alishda) va og’ir sharoitda uzoq ishlagandagi temperaturasiga qarab belgilanadi.
Issiq kunlarda moyning temperaturasi 80-1000S ga, og’ir ishlash sharoitlarida ishlatilganda 1500S ga yetishi mumkin. Ishqalanuvchi sirtlarning kontaktlashish joylarida temperatura 300-10000S ga yetishi mumkin, to’g’ri, bu qisqa muddatli bo’ladi.
Temperatura pasayganda moyning qovushqoqligi ortishi sababli ishqalanish tufayli isroflar va moyning ko’chishiga qarshiliklarni yengishga sarflanadigan isroflar ortadi.
Transmission moy qovushqoqligining chegaraviy qiymatlari belgilangan: quyi chegarasi 5, yuqori chegarasi 50000 sSt.
Quyi chegara ishqaluvchi juftlarning ko’tarib turish xususiyatinigina emas, balki zichlagichlarning ishlash xususiyati bilan ham belgilanadi: juda suyuq moy manjet zichlagichdan tez sizib o’tib ketgan bo’lar edi.
Yuqori chegara avtomobilni joyidan moy qizimagan holda kuzatish mumkinligi va birinchi uzatmada 10 km/soat tezlik bilan yurgazish mumkin-ligi bilan belgilanadi. Boshqacha aytganda, agar moyning qovushqoqligi ko’rsatilgan qiymatdan yuqori bo’lmasa, joyidan qo’zg’alishda hech qanday muammo bo’lmaydi. Baribir moyning quyi temperatura chegarasi qovushqoq-likning yuqori chegarasiga emas, balki sovigan moyning mustahkamlik chega-rasiga bog’liqdir. Avval moydagi og’ir fraktsiyalar qotadi, keyin tempe-ratura pasayishi bilan yengil fraktsiyalar muzlaydi. SHuning uchun qotgan moyning temperaturasi - ma’lum darajada shartli o’lchovdir. Qotish tempe-raturasida yengil fraktsiyalarning bir qismi xali suyuq holatda bo’ladi, xolbuki, sovuq moy deyarli qattiq jism deb hisoblanadi, uning mustah-kamlik chegarasi ungcha katta bo’lmaydi. Demak, moy qotib qolganda, shester-nyalarni xavfli darajada katta kuch qo’ymasdan aylantirish mumkin. SHu sababli, transmission moyning qo’llanish temperaturasi uning qotish temperaturasidan past bo’ladi. Moyning temperaturasi bundan ham pasay-ganda, u shunchalik mustahkam bo’ladiki, uni isitmasdan turib rulni burish ham, joyidan qo’zg’alish ham mumkin bo’lmay qoladi.
Sovuq juda kuchli bo’lganda avtomobilni shatakka olib o’t oldirishga urinishlar yarim o’qlarning sinishi bilan tugagan voqealar ham bo’ladi.
Transmission moylarning ko’pi distillyat (ya’ni, haydash yo’li bilan olingan) va oltingugurtli neft moylari qoldig’ining (shuning uchun noxush oltingugurt xidi keladi) aralashmasidan tayerlanadi. Moylash xususiyatini (moylilik) yaxshilash uchun moy tarkibida asfalt-smola moddasidan oz miq-dorda qoldiriladi (bunday moylar qora bo’ladi). Moy tarkibida oltin-gugurtning bo’lishi yedirilishni kamaytiradi, biroq bundan tashqari, moyga tirnalishga qarshi va antifraktsion (ishqalanishni kamaytiruvchi) qo’shil-malar qo’shiladi, ular motor moylariga qo’shiladigan qo’shilmalardan farq qiladi. Bu holda oltingugurtli, fosforli va azotli birikmalar, qo’rg’oshin, ruh, alyuminiy, molibdenli metall-organik birikmalar, hayvonot va o’sim-lik yog’lari, yog’li kislotalar, ularning efirlari, smolali va neftli kislo-talar va hokazolar qo’llaniladi. Transmission moy tarkibida oksidlanishga qarshi, yedirilishga qarshi va depressatorli qo’shilmalar bo’lishi mumkin.
Hozirgi kunda eng yaxshi transmission moy TAD-17I. Undan transmissiyaning hamma agregatlarida, shu jumladan, rul mexa-nizmida ham foydalanish mumkin.
Bu moy yedirilishga qarshi sifatlari bilan birga antikorrozion va antioksidlanish xossalariga ham ega, u suvga chidamli. U payvandlanish nagruzkasiga chidamliligi bo’yicha gippoidli moydan keyin tursa hamki, hozirgi ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning transmissiyasida TAD-17I dan foydalanish mumkin, chunki hozirgi vaqtda bosh uzatmaning shesternyasi fosfatlangan bo’ladi. Ketingi ko’prikning fosfatlangan shesternyalariga ma’lum muddat ishlagandan so’ng, ya’ni 10-12 ming km yurgandan keyin TAD-17I ni qo’llash mumkin.
TAD-17I ni boshqa transmission moylardan oson ajratish mumkin, u tiniq yangi asalga o’xshab oltin rangda bo’ladi. Bu rang agregatning qanchalik yedirilayotganini baholashga imkon beradi. Yedirilish mahsulotlari bilan ifloslanganda moy kul rang tusda bo’ladi va tiniqligini yo’qotadi, demak moyni almashtirish lozim. Biroq, afsuski, TAD-17I ni ishlab chiqarish iste’mol talabini to’la qondirmaydi, shuning uchun uning o’rnini bosadigan boshqa moy tanlashga to’g’ri keladi.
Ularning hammasida yedirilishga yoki tirnalishga qarshi va depressator qo’shilmalar, ba’zilarida esa, bundan tashqari, ko’pirishga qarshi (Tsm-14,5 va Tsp-10) va oksidlanishga qarshi (Tsm-14 gip) qo’shilmalar bo’ladi.*
Transmission moylar 2 xil guruhga bo’linadi:
1. Faqat avtomobillar uchun ishlatiladigan transmission moy.
2. Umumiy ishlarga mo’ljallangan transmission moylar.
Bundan tashqari, transmission moylar tishli uzatmalarni tuzilishiga qarab bir necha xil guruhga bo’linadi:
1) Konussimon va tsilindrik uzatmalarni moylash uchun ishlatiladigan moylar.
2) Gippoid ilashmaviy faqat konussimon uzatmalarni moylash uchun.
3) Gidromexanik transmissiyalarga va rulq mexanizmini gidrokuchaytirgich sistemalarga qo’shiladigan maxsus moylar.
Transmission moylar ishlatilishi sharoitiga qarab quyidagilarga bo’linadi:
1. Umumiy ishlarga mo’ljallangan moylar.
Bularga TS harflari bilan belgilanadi. Masalan, TS-10-OTP dagi harf va raqamlar transmission moyning 1000S dagi qovushqoqligi 10 mm2/s.
OTP - tirnalishga va yeyilishga qarshi OTP qo’shilmasi borli-gini bildiradi.
TSP - 15K. “P” harfi transmission moy tarkibida qo’shil-ma borligini, K harfi KaMAZ avtomobillarining transmissiya-larining ko’p nagruzka tushadigan agregatlari uchun ishlab chiqaril-ganini bildiradi.
TSZ - 9. “Z» harfi - moy tarkibida uni quyuqlashtiruvchi qo’shilma borligini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: |