3.1-jadval. Kauchuklarning asosiy xususiyatlari va ishlatilish sohasi
Kauchuk
Asosiy xususiyatlari
Ishlatilish sohasi
Tabiiy (TK)
o’zilishda yuqori mustahkamlik va elastiklikka ega. 60oS dan 100oS gacha haroratlarda ishlatishga yaroqli.
3,6,8,10,12
Butadienstirolli (SKS)
o’zilishda yuqori mustahkamlikka ega va eskirishga chidamli. 100oS gacha haroratda ishlatishga yaroqli. Yuqori haroratdagi sovuq ta’siriga chidamli (75oS gacha).
11,12,13
Butadienmetil- stirolli (SKMS)
3,6,10,12,14
Izoprenli (SKI)
2,6,8,12,14
Butadienli (SKD)
Juda yuqori mexanik mustahkamlikka ega, yemirilish va sovuq ta’siriga chidamli.
6,8
Xlorprenli (niatrit)
Yuqori elastiklikka ega, eskirishga chidamli. 120-130oS gacha haroratda neft mahsulotlari muhitida ishlatishga yaroqli. Xom ashyosiz vulkanizatsiyalanadi.
1,4,5,7,9,11
Butadiennitrilli (SKN)
Nairitga o’xshash. Issiqlik ta’siriga
chidamliligi yaxshilangan.
4,5,7,9,11,13
Dimetilsiloksanli (SKT)
Issiqlik ta’siriga chidamli, 600S dan 3000S gacha haroratldarda uzoq muddat ishlatish mumkin. Yuqori dielektirik xususiyatga ega. Neft mahsulotlarida tez eriydi.
3
Ftorkauchuk (SKF)
SKT ga o’xshash, ammo neft mahsulotlarida erimaydi.
4,5
Etilenpropilenli (SKEP)
500S dan 130oS gacha haroratlarda ishlatishga yaroqli, yuqori elektroizolyatsion xususiyatga ega.
1
Rezina materiallar olish. Tabiiy va sintetik kauchuklardan toza holda foydalanish chegaralangandir (elimlar tayyorlashda, izolyatsiyalovchi lentalar, zichlovchi qistirmalar tayyorlashda qo’llaniladi). chunki ular bir qator kamchiliklarga ega: jumladan mustahkamligini yetarli emasligi. TK larning mustahkamligi 1,0-1,5 MPa, SKB va stirolli SK lar uchun 0,5 MPa dan ortmaydi. Kauchuklarning mustahkamligini oshirishning samarali usullaridan biri vulkanizatsiyalashdir.
Vulkanizatsiya - kauchuk molekulalarini oltingugurt atomlari bilan bog’lash. Vulkanizatsiya natijasida (masalan, TK) uzilish mustahkamligi 25 MPa atrofida bo’lgan vulkanizatsiyalangan kauchuk olinadi, bu jarayon 140-150 oS haroratda nisbatan samarali bo’ladi. Vulkanizatsiya jarayonida kauchuk mustahkamligini oshirishga asosiy sabab, kauchuk molekulalari orasida valent bog’lanish («oltingugurt ko’priklari») hosil bo’lishidir.
Yuqorida keltirilgan komponentlardan tashqari, rezina tarkibiga ko’p bo’lmagan miqdorda pigmentlar (rang berish uchun), plastifikatorlar (unga ishlov berishni yengillatuvchi va uning sovuqqa chidamliligini oshiruvchi), antioksidlovchilar (eskirishga qarshi), g’ovak hosil qiluvchilar (g’ovaksimon rezinalar olishda) va boshqalar qo’shiladi.
Vulkanizatsiyalanmagan kauchuk, oltingugurt, to’ldirgichlar va boshqa ingredientlar (umumiy soni 15 tagacha bo’lishi mumkin) aralashmasi xom rezina yoki rezina aralashmasi deyiladi. Xom rezinadan turli xil usullar asosida turli-tuman shakldagi buyumlar ishlab chiqariladi va bu rezinalar uchun oxirgi ishlov berish operatsiyasi bo’lib vulkanizatsiyalash xizmat qiladi. Bubuyumlar vulkanizatsiyalangandan so’ngina ishlatishga yaroqli bo’ladi. Xom rezina vulkanizatsiyalangandan keyin oddiygina qilib, rezina deb yuritiladi.
Vulkanizatsiyalash jarayoni qaytmas jarayondir, shuning uchun rezina tarkibidagi kauchukni sof holda ajratib olish mumkin emas. Ish muddatini o’tab bo’lgan rezinalarni regeneratga aylantirish, ya'ni devulkanizatsiya jarayoniga to’xtalamiz. Rezina regenratlarini olish uchun eski rezina buyumlar turli xil Suyuqliklar muhitida 150-1900S haroratgacha qizdiriladi. Bunda rezina tarkibidagi uglerod atomlarining valent bog’lanishlari uziladi va oltingugurt ko’priklari buziladi. Natijada molekulyar massasi past bo’lgan (6000-12000) plastik material olinadi. Bu materialni qayta vulkanizatsiyalash va tarkibiga ingredientlar qo’shish mumkin bo’ladi. Regenerat tarkibiga xom rezina qo’shish mumkin bo’ladi, bunda kauchukni tejashga imkon yaratiladi. Bu regeneratlar asosida shinalarning to’g’in lentalari va rezinala to’shamalar ishlab chiqariladi.
Regenerat sifatida eski rezina buyumlarini qayta ishlash mahsulotlari va rezina ishlab chiqaradigan korxonalarning chiqindilaridan foydalanish mumkin. Ular rezinani arzonlashtiribgina qolmasdan, uning eskirishga moyilligini kamaytiradi, shuningdek neft mahsulotlari ta’siriga chidamliligini oshiradi.
Ishlatish sohasiga ko’ra rezinalar umumiy ishlarga mo’ljallangan va maxsus turlarga bo’linadi. Birinchi guruhga kiruvchi rezinalar havoda, suvda, kislota va ishqorlarning kuchsiz eritmalarida ishlay oladi. Ularni tabiiy kauchukdan ham, sintetik kauchukdan ham olinishi mumkin. Ulardan shinalar, tasmalar, transportyor lentalari va hakozolar tayyorlanadi. Alohida xossalarga ega bo’lgan (nefu mahsulotlari ta’siriga chidamli juda yuqori va juda past haroratda ishlay oladigan va hokazo) rezinalar maxsus rezinalar deb ataladi.
Rezina buyumlarni sinchlash. Rezina detallarni mustahkamligini oshirish uchun ularni boshqa puxtaroq (gazlama, simli karkas, metall tolalari) elementlar (armaturalar) bilan sinchlanadi. Buning natijasida olinadigan rezina buyumning mustahkamligi asosan rezina tarkibidagi armirlovchi elementning mustahkamligiga asosan aniqlanadi. Sinchlangan rezina detallarning cho’zilishdagi elastikligi sof rezinaning elastikligidan sezilarli darajada kam bo’ladi, ammo ularni egilish va siqilishdagi talab etilgan chegaradagi deformatsiyalanish xususiyatlarini saqlab qoladi.
Avtomobillarda ishlatiladigan muhim armirlangan rezina buyumlar jumlasiga rezina-gazlamali shlanglar, uzatish tasmalari va boshqalar kiradi.
Avtomobil pokrishkalari avtomobillarda ishlatiladigan qimmatbaho va juda katta talablar qo’yiladigan armirlangan buyum bo’lib, ularni tayyorlashda maxsus gazlamalar - kord, chefer va boshqalardan foydalaniladi.
Karkasning, pokrishkalar bortining shikastlangan joylarini ta’mirlash, karkasning shikastlangan joylarni kuchaytirish uchun rezina qo’shilgan kort, rezina qo’shilgan chefer va plastirlar kabi materiallardan (rezina qo’shilgan korddan tayyorlangan krestsimon yamoqlardan) foydalaniladi. Ta’mirlanadigan pokrishka karkasi tayyorlangan korddan foydalanish tavsiya etiladi. Eng yaxshisi kapron tolalardan tayyorlangan korddan foydalangan ma’qul, chunki u mustahkam bo’lgani uchun yamoqni qalinligi va massasini kamaytirish mumkin bo’ladi, g’ildiraklarning titrashi kamayadi.