Kirish. Neft maxsulotlarini olinish texnologiyasi Reja


Guruh Qattiqlik darajasi



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə20/43
tarix24.12.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#191967
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43
Ma\'ruza

Guruh

Qattiqlik darajasi

Shor A qattiqlik o’lchagichiga binoan qattiqlik chegarasi

I

Quyi qattiqlik

35-50

II

O’rtacha qattiqlik

50-70

III

Yuqori qattiqlik

70-90

Xom rezinadan buyumlar tayyorlashni osonlashtirish maqsadida unga maxsus ishlov beriladi, ya'ni kauchuk zarur miqdorgacha yumshatiladi. Bunday rezinani qattiqligini o’lchashda qattiqlik o’lchagich asbobi ignasi namunaga uzluksiz ko’rinishda botadi, natijada asbob ko’rsatkichi pasayib boradi va bir-necha minut vaqt o’tgach nolga yaqinlashadi. Vulkanizatsiyalash jarayonida rezinaning plastikligi kamaya boradi va so’nggi bosqichda butunlay yo’qoladi, rezinaning qattiqligi va elastikligi yangi oltingugurt portsiyalari reaktsiyaga kirishishi natijasida ortib boradi va tayyor vulkanizatsiyalangan rezinada ma'lum miqdorga erishadi.


Avtomobillarni qish mavsumida ishlatishda benzin va moy ta'siriga chidamli rezinalardan tayyorlangan detallarga Yuqori ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish lozim. Chunki bunday rezinalarning sovuq ta'siriga chidamliligi juda past bo’lib, minus 200C haroratdayoq mo’rt bo’lib qoladi.
Bitta avtomobilga sovuqqa chidamli va chidamsiz bo’lgan shinalar o’rnatish taqiqlanadi (hatto belgisi bir xil bo’lsa ham), chunki shinalarning qizish muddati turlichidir.
Haroratni 110-1200 C gacha ko’tarilishi natijasida rezinaning nisbiy uzayishi ortadi, harorat 1200 C dan ortganda esa rezinaning nisbiy uzayishi kamayadi. Rezinaning nisbiy uzayishini ortib borishdan kamayishga o’tishi 110-1200 C haroratda kauchuk makromolekulalari orasidagi oltingugurt ko’priklari qisman uzilishi bilan tushuntiriladi. Buning natijasida rezinaning elastikligi birdaniga kamayishi bilan birga plastiklik xususiyati ortadi.
Harorat ortishi bilan rezinaning ekspluatatsion xususiyatlari faqat yomon tomonga o’zgaradi - rezinaning mustahkamligi, yemirilishga qarshi turg’unligi va qattiqligi pasayadi, qoldiq uzayishi va umuman deformatsiyalanishi ortadi. Rezinani 200 C dan 1000 C gacha qizdirilganda uning uzilishdagi mustahkamligi ikki va hatto uch barobarga pasayadi. Shuningdek harorat 200C dan 1000C ga o’tkazilganda rezinaning yemirilishga qarshi turg’unligi va qattiqligi yanada ko’proq darajada yomonlashadi.
Natijada, harorat ortishi bilan avtomobil shinalarining bosib o’tadigan masofasi kamayadi (3.5-rasm).
Bundan tashqari, rezinaning qattiqligi va mustahkamligini juda ham kamayib ketishi natijasida avtomobil notekisliklardan Yurganda avtomobil pokrishkasi protektorida yoriqlar paydo bo’lishi va protektor bo’laklari Yulinib chiqishi mumkin.
Yuqoridagi fikrlardan xulosa qilib quyidagilarni aytish mumkin: barcha rezina detallarni, ayniqsa ish jarayonida deformatsiyalanadigan detallarni ko’pchilik hollarda qish mavsumida qizdirish, yozda esa sovitish, shuningdek ularni qizishini kamaytirish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish lozim. Avtomobil shinalarini yaxshi holda saqlash uchun birinchi navbatda yuqorida keltirilgan chora tadbirlarga amal qilish lozim. Shuningdek, avtomobil shinasidagi havo bosimini me'yorda bo’lishini va ortiqcha yuklanmasligini ta'minlash lozim.
Shinalarni ishlatishda bu oddiy qoidaga rioya qilmaslik, ularni juda ham qizib ketishiga olib keladi va buning natijasida zararli oqibatlar kelib chiqadi.
Yozning issiq vaqtlarida ortiqcha yuklanmagan va havo bosimi me'yorda bo’lgan shinalar sezilarli darajada qizishi mumkin. Bunday hollarda shinalarni sovitish uchun yo’lda davriy to’xtash, ba'zan, pokrishkalarni haddan tashqari qizib ketishi oqibatida avariya holatini kelib chiqamasligini ta'minlash uchun harakat tezligini kamaytirish lozim. Chunki bu ko’rsatkichlar shinaning ish rejimiga bevosita kuchli ta'sir etadi.
Eskirish jarayonida rezinaning xususiyatlarini o’zgarishi. Kauchuk molekulasida mustahkam bo’lmagan bog’lanishlar borligi tufayli havodagi kislorod xona haroratida ham polimer bilan reaktsiyaga kirishib, uning eskirishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun vaqt o’tishi bilan rezina xossalarini yo’qotadi, mo’rt bo’lib qoladi va buyumlarda yoriqlar paydo bo’ladi. Eskirish jarayoni qizdirilganda, yorug’likda, kislotada, ishqor, neft mahsulotlari ta’sirida tezlashadi.
Kauchuk va vulkanizatlar, barcha to’yinmagan birikmalar kabi, turli xil kimyoviy o’zgarishlarga moyil bo’ladi. Rezina buyumlar ishlatish va saqlash jarayonida uzluksiz ravishda oksidlanadi. Buning natijasida rezinalarning kimyoviy, fizikaviy va mexanik xususiyatlari o’zgaradi. Faqat ebonit kauchuk makromolekulalariga mumkin bo’lgan miqdorda oltingugurtni biriktirishi natijasida to’la to’yingan birikmaga aylanadi. Uzoq muddat oksidlanish jarayonida rezinadagi barcha o’zgarishlar yig’indisiga rezinaning eskirishi deyiladi.
Eskirish murakkab ko’p bosqichli o’zgarish toifasiga kiradi, bunda ma'lum bosqichlarda rezinaning elastikligi yemirilishga qarshi turg’unligi va mustahkamligi sezilarli darajada kamayadi. Boshqacha aytganda, vaqt o’tishi bilan rezina buyumlarning ish qobiliyati, shuning bilan birga, avtomobilni ishlatish ishonchliligi kamayadi. Rezinani eskirishidagi vujudga keladigan o’zgarishlar jumlasiga rezina elastikligining yo’qolishini tiklanmasligi kiradi. Natijada rezina yuqori darajadagi mo’rtlik xususiyatiga ega bo’lib qoladi, buning natijasida uning sirtqi qatlamlarida asta-sekin chuqurlashadigan yoriqlar paydo bo’ladi va oqibat natijada buyum to’la ishdan chiqadi.
Rezinalarning eskirishini oldini olish turli xil uslublar asosida amalga oshiriladi. Rezinalarning eskirishini sekinlashtirish rezina tarkibiga eskirishga qarshi qo’shilmalar (ingibitorlar) qo’shish juda samarali hisoblanadi. Eskirishga qarshi qo’shilmalar rezina tarkibidagi kauchukka nisbatan 1-2 foiz miqdorda aralashtiriladi, buning natijasida rezinaning oksidlanish jarayoni bir necha yuz va hatto ming barobar sekinlashadi. Shu maqsadda ba'zi bir rezina buyumlar germetik polietilen g’iloflarga joylab ishlab chiqarilmoqda.
Yuqorida keltirilgan sharoitlar bo’lmaganda hech bo’lmaganda shina va rezina detallarni quyosh nuri tushishidan saqlash lozim. Bunda ular oq rangdagi g’ilof bilan o’ralishi yoki to’siq bilan to’silishi lozim.
Rezina buyumlarni 5-20o C haroratida, yorug’lik kam tushadigan, suv va neft mahsulotlari tegmaydigan joyda saqlash kerak.
Rezinalarning xususiyatlarini Suyuqliklar ta'sirida o’zgarishi. Avtomobillarni ishlatishda va rezina buyumlarni saqlashda ularga suv va neft mahsulotlarini tegish ehtimoli bor. Suv uzoq vaqt davomida rezinaning xususiyatlariga kuchli ta'sir ko’rsatmaydi. Suv sinchlangan detallarga kuchli ta'sir ko'rsatadi, metall armaturalar nam muhitda jadal korroziyalanadi, paxta-qog’oz tolali gazlamalar esa mustahkamligini yo’qotadi va tezda chiriydi. Shuning uchun sinchlangan rezina buyumlarni (metall karkasli, simli va gazlamali) imkoniyat qadar quruq holda saqlash zarur, majburiy hollarda suv tekkanda esa rezina buyumlarni albatta quritish kerak.
TK, SKB, SKS, SKI va boshqa kauchuklar asosidagi rezinalar neft mahsulotlari ta'sirida o’z xususiyatlarini juda ham sezilarli darajada o’zgartiradi. Bu kauchuklar va ular asosidagi xom rezinalar Yuqorida aytib o’tilganidek benzinda oson eriydi, ularning bu xususiyatidan rezina yelimlari tayyorlashda foydalaniladi. Rezinalarni vulkanizatsiyalash ularni neft mahsulotlari ta'sirida erishiga barham beradi, ammo rezinalar benzin, dizel yonilg’isi, moylar va boshqa Suyuq organik birikmalar ta'sirida shishish xususiyatini saqlab qoladi. Rezina buyumlarni uzoq muddat neft mahsulotlari ta'sirida bo’lishi natijasida ularni hajmi ortadi, mustahkamligi, elastikligi va qattiqligi kamayadi. Shuning uchun rezinani yonilg’i, moy va boshqa surkov materiallari ta'siridan saqlash lozim. Neft mahsulotlari rezinaga bexosdan tushgan hollarda esa uni tezlik bilan artib tozalash lozim.
Avtomobil shinalarini ta'mirlash uchun materiallar. Olis masofalarga ishga chiqariladigan avtomobillar ichida zarur materiallar va moslamalar bo’lgan maxsus aptechka bilan ta'minlanishi kerak. Avtomobillar uchun quyidagi turdagi aptechkalar ishlab chiqariladi: ARK - kamerani ta'mirlash uchun; ARSh - pokrishka va kameralar uchun; ARB - yengil avtomobillarning kamerasiz shinalari uchun. Har bir aptechka ichida turli o’lchamli vulkanizatsiya qilingan dumaloq va to’g’ri burchak shaklidagi rezinadan bir komplekt yamoq (plastirlar), o’zi vulkanizatsiyalaydigan 50 g rezina yelimi, kameraning shikastlangan qismini tozalash uchun metall qirg’ich va jilvir qog’oz, kameraning shikastlangan qismiga plastirni yopishtirish uchun (ustidan bosish uchun) rolik, ikkitadan qopqoqcha va zolotnik, yelim surtish uchun mo’yqalam va pakki pichoq bo’ladi. ARSh aptechkasida bundan tashqari vulkanizatsiya qilingan rezina-kord plastirdan to’rt qatlam qilib qirqib olingan ikkita yamoq, pokrishka bortlarini ta'mirlash uchun chefer lenta, teshilgan pokrishkani ta'mirlash uchun turli o’lchamli oltita gribok va griboklarni qo’yish uchun moslama bor. ARB aptechkasida ARSh aptechkasidan farqli ravishda pokrishkalarning karkasini ta'mirlash uchun plastirlar bo’lmaydi. Ular o’rniga rezina pastasi bo’lgan shprits, tiqinlar to’plami va kameradagi teshikni shinalarni to’g’indan olmay turib ta'mir qilishda ularni shina ichiga qo’yish uchun moslama bor.
Aptechka bo’lmaganda avtomobilda quyidagilar bo’lishi tavsiya etiladi: rezina yelim (yaxshisi alYuminiy tubikda); tselofandan qilingan himoya qatlami bo’lgan 2 mm qalinlikdagi vulkanizatsiya qilinmagan kamera rezinasi (200-300 mm li bo’lak); yamoq qirqib olish uchun eski kamera bo’lagi (200-300 mm); eski pokrishkadan qirqib olingan 2-4 qatlamli 2-3 ta manjet (250-400 mm); elektr-vulkanizator; kameralar va yamoqning sirtini g’adir-budir qilish uchun yirik tishli egov; rashpil yoki metall cho’tka; zahiradagi zolotnik va qalpoqchalar; shinalarni montaj qilishda kameralarga sepish uchun tal k kukuni.
Rezina ishlab chiqarishdagi asosiy jarayonlar. Ko'p rezina buyumlar, ularning konstruksiyasi murakkabligidan qat'i nazar, odatda, umumiy texnologiya bo'yicha, ya'ni yarim fabrikatni tayyorlash; vulkanizatsiya qilish yo'li bilan ishlab chiqariladi.
Yarimfabrikatlar parallel potoklarda tayyorlanadi; bular kauchuk va
ingrediyentlarni tayyorlash, tortish, qorishma tayyorlashdan iborat.
Ayrim texnologik operatsiyalar mexanizatsiyalashtirilgan potoklarda yoki avtomatlashtirilgan sxema bo'yicha amalga oshiriladi. Umumiy texnologik ishlab chiqarish quyidagi jarayonlardan iborat:
xomashyoni qabul qilish va uni saqlash;
kauchuk va ingrediyentlarni tayyorlash va ularga ishlov berish;
xomashyoni tortib olish va ularni dozalash (me'yorlash);
rezina aralashmasini qorish;
rezina aralashmasini shakllash;
kalandrlash, matolarga kalandr yordamida rezina qoplash;
shprislash;
rezina zagotovkalarni va matolarni bichish;
rezina yelimini tayyorlash va matolarni rezina qo'shib to'qish;
murakkab buyumlarni yig'ish;
rezina aralashmasini vulkanlash.
Rezina ishlab chiqarish zavodlari og'ir uskunalar bilan jihozlangan bo'lib, ko'p miqdorda elektroenergiya, issiqlik, gidravlik energiya talab qiladi. Shu sababli ishlab chiqarishni shunday tashkil qilish kerakki, ekspluatatsiya xarajatlari minimumga kelsin.
Kauchuklarni plastikatsiyalash. Rezina buyumni tayyorlashda tabiiy va sintetik kauchuklar hamma vaqt plastoelastiklik xossasi bo'yicha talabga javob berol-maydi.
Kauchuklarning elastik xossasi rezina buyumlar uchun juda muhim, lekin bu ko'rsatkich rezina aralashmasini tayyorlashda, ya'ni qayta ishlash jarayonida ishlov berishda salbiy rol o'ynaydi, chunki sarflanayotgan mexanik kuchning unumdorligi qaytar deformatsiya hisobiga kamayadi. Mexanik va issiqlik ta'sirida kauchukning plastikligi ko'payishi mumkin.
Texnologik jarayon va bu hodisa natijasida kauchukning plastikligi oshishi, qovushqoqligi kamayishi va elastikligining tiklanishi (elasticheskoe vostanovlenie) plastikatsiya deb ataladi. Shuning uchun, rezina aralashmasini tayyorlash kauchuklarning aniq bir plastik xossaga ega bo'lgan ko'rsatkichidan foydalanishni taqozo qiladi.
Rezina aralashmasi (qorishmasi)ni tayyorlash. Oldin aytilganidek, rezina aralashmasi murakkab ko'p komponentli sistema va uning tarkibiga kauchuk va har xil ingrediyentlar kiradi va ular kauchuk massasida bir tekisda taqsimlangan bo'ladi. Rezina aralashmasini olish uchun kauchuk va ingrediyentlar bir jinsli aralashma hosil qilguncha aralashtiriladi.

10- rasm. Rezina aralashmasini tayyorlash texnologik sxemasi: 1, 12, 16, 20, 24, 26, 27, 28, 33, 34, 38, 39, 44 - har xil materiallar uchun taqsimlash bunkerlari; 3, 7, 22, 25, 32, 37, 41, 46 — ingrediyent-lar uchun avtomatik tarozilar; 5 — rezina aralashtirgich; 6 — sirkulatsion sistema; 10 - shesternyali nasos; 13, 17 — tebranma shnekli ta'minlagich; 35, 36, 40, 45- vintli ta'minlagich; 42 — granula holatidagi kauchuk uchun idish; 49 — valslar.


Aralashtirish jarayoni bir necha bosqichdan iborat bo'lishi mumkin:
qattiq komponentlarni maydalash;
komponentlarni kauchukka kiritish;
aglomeratlarni disperslash;
qorishtirish.
Komponentlarni aralashtirish mexanizmiga ko'p komponentli sistemaning deformatsiyalanishi deb qarash mumkin. Bu deformatsiya natijasida aralashayotgan materiallarning qalinligi tobora kamayib borishi komponentlararo yuza ta'sirining oshib borishiga olib keladi. Natijada, shunday holatga erishish mumkinki, qatlam qalinligi disperslanayotgan faza zarracha o'lchamiga yaqinlashadi.
Rezina aralashmasining sifati komponenlarning hajmda bir tekisda taqsimlanishi bilan belgilanadi.
Rezina aralashmasini tayyorlash 10-rasmda keltirilgan.
Rezina aralashmasini shakllash. Rezina buyum olish uchun rezina qorishmasiga aniq bir shakl berish kerak, ya'ni shakllantirish zarur (11-rasm).

11-rasm. Rezina buyumlarni vulkanlash
Shakllanish asosan: kalandrlash, ekstruziya (shpritsovanie), presslash, bosim ostida quyish usullari bilan amalga oshiriladi. Rezina ishlab chiqarishda ko'pincha shakllash jarayoni vulkanlash jarayoni bilan birga olib boriladi.
Nazorat savollari.

  1. Rezinaning va kauchukning texnologik, fizik-kimyoviy va fizik-mexanik xossalarini tushuntirib bering.

  2. Rezina aralashmasining ingrediyentlari va ularning vazifalari nimalardan iborat?

  3. Rezina olishda vulkanlashning roli qanday, tushuntirib bering.

  4. Nima uchun rezina yuqori elastik materiallar turkumiga kiradi?

  5. Rezina tayyorlashda eskirishdan saqlovchi qanday moddalar ishlatiladi?

  6. Oltingugurt rezina aralashmasida qanday vazifani bajaradi?

  7. Maxsus ishlatiladigan kauchuklar deb qanday kauchuklarga aytiladi?

10-Mavzu: Cho’yan va po’lat ishlab chiqarish.


Reja .

  1. Po’lat ishlab chiqarishning qisqacha tarixi haqida umumiy ma’lumot.

  2. Po’lat ishlab chiqarishning fizika - kimyoviy jarayoni.

  3. Konvertor usulida po’lat ishlab chiqarish. Konvertorlarning tuzilishi va ishlash printsipi.

Tayanch iboralar:
Qayta ishlanadigan cho’yan, leSatel printsipi, Shihtani suyultirish, uglerodning oksidlanishi, temir oksididan temirning qaytarilishi, Bessemer qonvyontori, Tomas qonvyontori, qonvyontorni iS unumi, futyorovka.

Po’lat asosiy konstruksion material bo’lib, u cho’yanga nisbatan puxta, plastik, yuqori oquvchanlikka ega va qoliplarni bir tekisda ravon tuldiradi, prokatlash, bog’lalash bosim bilan va kesuvchi asboblar bilan kesib ishlash, yaxshi payvandlanuvchanlik xususiyatiga egadir.


Mamlakatimizning Xalq xo’jaligini turli tarmoqlarida (mashinasozlikda, transportda, samolyotsozlikda, va hokazo) sohalarida po’latga nisbatan talab kundan - kunga ortib bormoqda.
Po’latning olinishi usullari 1740 yilda Angliyada birinchi marta tigellarda po’lat tayyorlana boshlandi, bu usul ancha ilgari Sharqda qo’llanilgan edi.1784 yildan boshhlab po’lat olishning pudlinglaS usulidan - cho’yan tarkibidagi turli xil qo’shimchaalarni alangali pech tubida oksidlantiriS yo’li bilan cho’yandan butka (hamir) holatidagi jarayondan foydalanildi.
Bu usullar kam unumli bo’lib, ko’p yoqilg’i va mehnat sarf qilinar edi. H1H asrning ikkinchi yarmida sanoat va transport Shuningdek, temir yo’l transporti barq urib rivojlanishi g’oyat ko’p miqdordi po’lat talab qilina boshladi, po’lat ishlab chiqarishning eski usullari bu talabni qondira olmadi. Po’lat suyuqlantirib olishning yangi, ancha unumdor usullari yaratiladi.1856 yilda konvertorlarda suyuq cho’yandan quyma po’lat olishning Bessemer usuli,1878 yilda tomas usuli paydo bo’ldi.1857 yilda rus metallurgi P.M.Obuxov o’zi kashf yotgan usulga cho’yan bilan yumshoq po’latni qo’shib suyuqlantirish orqali zambarak po’lati hosil qildi. P.M.Obuxovning zambarak po’lati sifat jihatidan chyot el po’latlaridan ustun turardi.
1864 yilda alangali pechlarda po’lat ishlab chiqarishning Marten usuli, 1899 yildan boshhlab po’lat olishning elektrik pechlarda usuli qo’llanila boshlandi. Po’lat ishlab chiqarishning elektrik usuli 1802 yilda akad. V.V.Pyotrov kashf yotgan elektr yeyi hodisasidan foydalanishga asoshlangan.
Cho’yanni po’latga aylantiriS uchun cho’yandan ortiqcha uglerod, kremniy, marganes va Ayniqsa zararli qo’shimchaalar S bilan R chiqarib yuboriladi.
2. Kimyoviy reaksiya tezligi qayta ishlanuvchi cho’yanlarning tarkibiga konsentrasiyasiga va temperaturasiga bog’liq bo’ladi. Qayta ishlanuvchi cho’yanlardan kimyoviy tarkibining o’zgarishi quyidagi 1jadvalda % hisobida keltirilgan.



Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin