Kirish. Neft maxsulotlarini olinish texnologiyasi Reja


Uzilishdagi nisbiy uzayishi, %



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə19/43
tarix24.12.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#191967
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43
Ma\'ruza

Uzilishdagi nisbiy uzayishi, %,
kamida

Uzilishdagi qoldiq uzayish, %, kamida

Shor bo’yicha qattiqligi

Protektor

14

450

-

55-65

Kamera

9

550

40

-

Ta' mirlash uchun qatlamli rezina

20

500-850

40

kamida 45

Kauchuk va rezinalarda qaytar deformatsiya bilan bir qatorda qaytmas deformatsiya ham mavjud. U qoldiq deformatsiya deb ham yuritiladi. Qoldiq deformatsiyaning paydo bo’lishi kauchuk molekulasida ayrim qismlarning bir-biriga nisbatan o’z joyni o’zgartirishi bilan tushuntiriladi. Kauchuk vulkanizatsiya qilinganda (rezina hosil bo’lishi) polimerning chiziqli uzun molekulalari bir-biri bilan mustahkam kimyoviy bog’lar orqali birikadi va o’zaro erkin harakat qilish xususiyatini yo’qotadi. Shuning uchun rezinada qoldiq deformatsiya keskin kamayadi. Shu sababli ko’rsatilgan materiallarda qaytar va qaytmas deformatsiyalar nisbati har xil bo’ladi: kauchukda qaytmas deformatsiya ustunlik qilsa, rezinada qaytar Yuqori elastik deformatsiya ustunlik qiladi.


Avtomobillarda ishlatilayotgan pokrishkalarni yaxshi saqlanishini ta'minlash uchun Yuklanmagan avtomobilni bir joyda to’xtab turish muddati 10 kundan ortiq bo’lmasligi (to’la Yuklangan avtomobil uchun 2 kun) lozim. Yuqorida keltirilgan muddatlardan ortiq vaqt davomida avtomobil harakatsiz turadigan hollarda avtomobilni pokrishkalari yerga tegmaydigan holatda bo’lishi ta'minlanadigan qilib maxsus tayanchlarga ko’tarib qo’yish lozim.
Avtomobil ochiq havoda uzoq muddat turib qolganda uni 20-25 min davomida ko’pi bilan 15 km/soat tezlik bilan yurgizish, keyin asta-sekin tezlikni oshirish zarur.
Shinalarni texnik ekspluatatsiya qilishda ularni ortiq yuklanishiga yo’l qo’ymaslik va ulardagi havo bosimini me'yorda bo’lishini ta'minlash lozim. Bu talablar nafaqat shinaning shakli va o’lchamlarini saqlashga qaratilgan, balki ularni ish muddatini kamaytirmaslikka, ulardan juda ko’p miqdorda issiqlik ajralib chiqishiga va yonilg’i sarfini ortib ketishiga yo’l qo’ymaslikni ta'minlashga ham qaratilgan.
Rezinaning qattiqligi. Qattiqlik rezina buyumlarning asosiy fizikaviy va ekspluatatsion xossalaridan biri bo’lib, u davlat standartlari va texnik shartlarda har bir material (metall, mineral, plastmassa va boshqalar) uchun ko’rsatilgan.
Qattiqlik deganda - materialning sirtiga boshqa qattiq materialni botish yoki tirnashiga ko’rsatiladigan qarshilik tushuniladi.
Qattiqlikni aniqlash bilan tayyorlangan rezina sifati to’g’risida fikr yuritish mumkin. Chunki bu ko’rsatkich vulkanizatsiyalovchi modda, to’ldirgich va plastifikator qanday miqdorda olingani va aralashtirilgannini tavsiflovchi asosiy ko’rsatkichlardan biridir. Qattiqlik vulkanizatsiya qilingan rezina materiallari uchun aniqlanadi, uning miqdoriga qarab esa rezinaning elastikligi haqida ham ma'lum tushuncha olish mumkin.
Rezina buyumlarning qattiqligi ularga juda qattiq har xil shakldagi boshqa bir (o’tkir) materialning botish chuqurligi bilan o’lchanadi.
Rezinaning qattiqligi rezina aralashmasi tarkibiga kiruvchi kauchuk, vulkanizatsiyalovchi modda, to’ldirgich va plastifikatorlarning miqdori va xossalariga bog’liq. Rezina aralashmasi tarkibiga aktiv tezlatkich moddalar (tiazol, tiuram, sul fenamid) qo’shish va ular miqdorini oshirish bilan rezinaning vulkanizatsiya darajasini ko’paytirish mumkin. Bu o’z navbatida rezina qattiqligini oshirishga olib keladi. Plastifikatorlar esa rezina qattiqligini kamaytiradi.
Rezinalar qattiqlik darajasiga binoan uch guruhga bo’linadi (3.3- jadval).
Qattiqligiga binoan rezinalarning guruhlarga bo’linishi


Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin