Antifriz markalari: A-40 - och sariq rangda bo’lib, tarkibi: 53-55% etilenglikolq, qolgani suv - 350S da ishlatiladi, muzlash harorati -40 oS.
A-65 - to’q sariq rangda bo’lib, tarkibi: 66% etilenglikolq, 33% suv. U sovuq shimoliy rayonlarda ishlatiladi.
Bunday antifrizlarning 40, 40M, 65, 65M markalari ishlab chiqarilmoqda. M - molibdenli natriy qo’shilmalari qo’shilgan.
Hozirgi vaqtda ishlatiladigan antifrizlar, «TOSOL» larga korrozion ta’sirini kamaytirish maqsadida korroziyaga qarshi dinatriy fosfat - 2.5-3.5 g/l va dekstrin (kraxmal) 1 g/l shuningdek, ko’piklanishga qarshi prisadkalar qo’shiladi.
Dinatriy fosfat - cho’yan va po’latni, ba’zida misli qoplamalarni saqlaydi.
Dekstrin - alyuminiy va misli detallarni korroziyadan saqlaydi.
Dekstrin antifriz tarkibida to’liq erimaydi, shuning uchun ba’zida antifrizlar xira bo’ladi.
Antifrizlar qimmat bo’lganligi uchun ularni tejab sarflanadi. Antifrizga neft maxsulotlari tushishi natijasida ko’piklanish hosil bo’ladi. Buning natijasida antifriz ko’piklari olib tashlansa, sarfi ko’payadi. Antifrizlar yuqori temperaturada hajmi suvga nisbatan tez ortadi. SHuning uchun antifriz qo’shilayotganda, 6-8% kamroq qo’shish kerak.
SHuningdek, TOSOL-40M antifrizlari ishlab chiqariladi. Bu yerda «M» - Molibdenli natriy (8%) prisadkasi qo’shilganini bildiradi..
TOSOL-60M - bu antifrizlar rux va xromli qoplamalarni korroziyadan saqlaydi.
Tosol -A - antifriz tarkibida kontsentrlangan etilenglikolq bo’lib, uni ishlatishdan oldin 1:1 nisbatda distrlanga suv aralashtirilib, so’ngra ishlatiladi. Bu antifrizlar -35 0S da muzlaydi.
Antifrizlarning zichligi: TOSOL -A - 1.12-1.14 g/sm3 TOSOL-A-40 -1.075-1.085 g/sm3 TOSOL-A-65 -1.085-1.095 g/sm3 Afzalliklari:qotish temperaturasi past, qaynash temperaturasi yuqori, qovushqoqligi yaxshi, yenmaydi, issiqlik sig’imi va o’tkazuvchanligi yuqori, muzlaganda hajmi kattalashmaydi, shuning uchun sovitish sistemasini ishdan chiqarmaydi.
Etilenglikolqning suvdagi eritmalari metallarni korroziyalamaydi. Buning oldini olish uchun antifrizlarga 0,4% maxsus prisadkalar qo’shiladi.