Kirish. Neft maxsulotlarini olinish texnologiyasi Reja


Ayrim transmission moylarning turlari



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə11/43
tarix24.12.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#191967
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43
Ma\'ruza

Ayrim transmission moylarning turlari.
Sastrol SAFq-XI
Sun’iy moy.
Transmissiyani yemirilishdan juda yaxshi ximoyalaydi va shovqinni kamaytiradi. Past haroratlarda oquvchanligi yaxshi va yonilg’i tejamkorligini oshiradi.
SAE 75W-140, Api GL-5
To’liq uzatmali avtomobillardagi blokirovkasi bor differentsiallar uchun blokirovkasiz orqa ko’priklar uchun maxsus moy.
Sastrol SMX-B
Turli mavsumda ishlatish mumkin bo’lgan sun’iy moy.
Pog’anadan pog’anaga o’tganda qattiq shovqin chiqaradigan transmissiyalar uchun maxsus tayyorlangan. Kam oksidlanadi, juda yaxshi moylash sifatlariga ega.
SAE 75W-30 Api GL-4
To’rt tsilindrli dvigatellar va to’rt pog’anali uzatmalarda ishlaydigan barcha BMW avtomobillari uchun tavsiya etiladi.
Moy almashtirish muddatlari haqida.
Transmission moyning avtomobilning turli agregatlaridan ish sharoitlarining muhim shartlarini ta’kidlab o’tish kerak. Rul boshqarmasi reduktoridagi moy deyarli ishlamaydi, shuning uchun undagi moy avtomobil hayoti davomida almashtirilmaydi. Uzatmalar qutisidagi moy bevosita uzatmadan tashqari hamma uzatmalarda o’zining «quvvat yo’naltiruvchanlik» vazifasini bajaradi. Moy bevosita (to’g’ri) uzatmada aralashib turadi xolos, u yuqori temperatura ta’siriga duch kelmaydi, yedirilish mahsullari bilan ifloslanmaydi. Qutining temperaturasi bu holda baland bo’lmaydi, chunki unda ishqalanish tufayli isroflar bo’lmaydi. Bosh uzatmada moy doimo ishlab turadi, bunda shesternyalar ko’p sirpanadi. SHuning uchun avtomobil shahardan tashqaridagi tekis asfalt yo’lda harakatlanganda uzatmalar qutisidagi moyni almashtirish muddati, ketingi ko’prikdagi moyga nisbatan ikki marta uzayadi (ya’ni, 40-60 ming km yurgandan keyin) almashtirish mumkin.
TAD-17I ning o’rniga boshqa moy quyilganda moy almashtirish muddati 1/3...1/4 marta qisqaradi.

7-Mavzu: Plastik surkov moylari




Reja:

  1. Surkov moylarining vazifasi va ularga qo’yiladigan

talablar.
2. Surkov moylarining asosiy xossalari.
3. Surkov moylarining turlari va markalari.
4. Surkov moylarining ishlatilishi.

Plastik surkov moylari tarkibiga moy (asos), quyultirgich (sovun), qattiq uglevodorodlar, bir jipsliligini saqlash maqsadida qo’shilgan stalibizator, ba’zan to’ldirgich (masalan, grafit) kiruvchi murakkab birikmalardir. Ish sharoitiga qaraq qattiq yoki suyuq moddalar xossalariga ega bo’lishi plastik moylarning o’ziga xos xususiyatidir. Ular uzluksiz moy berib turish imkoni bo’lmagan ishqalanish uzellarida, shuningdek katta solishtirma nagruzka tushadigan hamda kichik tezliklarda ishlaydigan, germetiklash qiyin bo’lgan uzellarda ishlatiladi. Bu moylar sirtlarning ishqalanishi va yeyilishini kamaytiradi, shuningdek, ularni korroziyalashdan saqlaydi.


Plastik moylar och sariq rangdan to’q jigar ranggacha bo’lgan, ba’zan qora rangli (grafitli) yoki ko’k rangli (№158) mazsimon mahsulotdir. Ular bir jinsli bo’lishi, tarkibida erimay qolgan qismlar, abraziv aralashmalar va suv bo’lmasligi, yaxshi barqarorlikka ega bo’lishi, ya’ni qatlamlanmasligi lozim.
Asosiy xossalari:
1. Yetarli mustaxkamlik xossasi.
Harakatlanuvchi detallardan sachrab ketmasligi uchun, ishqalanuvchi qismlar orasidan chiqib oqib ketmasligi uchun, yetarli mustahkamlikka ega bo’lishi kerak.
Mustahkamligi juda yuqori bo’lishi ham yomon, chunki ishqalanuvchi juftlar orasiga moy yetib bormaydi, natijada detallar yediriladi. Masalan, eshiklar, qulflar tez yediriladi. Mustahkamlik chegarasi kichik bo’lsa, surkov moy shuncha yumshoq bo’ladi.
2. Qovushqoqlik xossasi.
Surkov moylarining qovushqoqligi deformatsiya tezligiga bog’liq bo’lib, deformatsiya tezligi ortishi bilan qovushqoqlik kamayadi.
3. Issiqbardoshlik va sovuqbardoshlik hossalari.
Temperatura ko’tarila boshlashi bilan surkov moylari suyuqlana boradi, natijada moy - moy va quyultiruvchiga parchalana boshlaydi. Ba’zi moylar qizib soviganda - kimyoviy o’zgarish: oksidlanish va bug’lanish tufayli termomustahkamlik (mustahkamlik chegarasi juda oshib ketishi) natijasida moylash xususiyatini yo’qotadi. Sovuqbardoshlik - past temperaturada qotib qolmaslik xususiyatidir.
4. Mexanik stabillik - surkov moyining deformatsiyadan keyin o’z hossalarini saqlash xususiyatidir. Intensiv deformatsiyadan keyin moyning hossalari o’zgaradi. Mustahkamlik chegarasi pasayadi yoki oshadi.
5. Suvga chidamlilik hossasi - o’ziga suv yuqtirmaydi, suv bilan reaktsiyaga kirishmaydi.
6. Tirnalish va yedirilishga qarshi hossalari.
Edirilishdan saqlash hossalariga - dispersion muhit ta’sir ko’rsatadi. Tirnalishdan saqlash hossasiga - moyning tarkibi, asosan qo’shilmalar borligiga bog’liq.
Surkov moylarining ishlatilish hossalari asosan moyning nomida beriladigan quyultiruvchining tipiga qarab aniqlanadi. Ishqalanuvchi qismlarga surtish uchun mo’ljallangan moylarning ko’pi sovun bilan quyultiriladi. Sovun turli yuqori molekulali yog’li kislotalarning tuzlaridan iborat bo’lib ular quyidagicha olinadi. Asosan, kaltsiyli, litiyli, natriyli, bariyli va alyuminiyli sovunlar ishlatiladi. Quyultirgich sifatida sovundan tashqari uglevodorodlardan foydalaniladi.
Surkov moylari vazifasiga (ishlatish sharoitiga) qarab quyidagilarga bo’linadi:
1) Antifriktsion surkov moylari - ishqalanishni kamaytirish va yedirilishni oldini olish uchun ishlatiladi.
2) Konservatsion surkov moylari - metallarni korroziyadan saqlash uchun (himoya moylari) mashina va mexanizmlarni saqlash va ishlatish vaqtida korroziyadan saqlash uchun ishlatiladi.
3) Germetiklash uchun ishlatiladigan - zichlovchi surkov moylari.
Antifriktsion moylarga:
1. Kaltsiyli surkov moylari (Ka) - quyultirgich - sovun tarkibiga kiradigan metallning dastlabki 2 ta harfi bilan belgilanadi.
Bularga asosan, solidollar kiradi. Bu moylar arzon va ishlatish xarakteristikalari qoniqarli bo’lgani uchun mamlakatimizda keng tarqalgan. Solidoldan ishqalanuvchi qismlarni moylashda ham, himoya moyi sifatida ham foydalanish mumkin. Solidollar sun’iy va yog’li bo’lishi mumkin. Yog’li solidollar uzoq saqlanganda qotib qolmaydi. SHuning uchun ular ko’proq ishlatiladi. Sun’iy va yog’li solidollarni tashqi ko’rinishiga qarab ajratish qiyin. Ular och jigar rangdan to’q jigar ranggacha bo’ladi. Ularning ekspluatatsion xossalari taxminan bir xil bo’lib, bir-birini o’rnida ishlatilishi mumkin.
Solidollar 2 xil ko’rinishda ishlab chiqariladi: oddiy solidol va press solidollar. Presssolidollar yumshoqroq bo’lib, past temperaturada moydonga (moy solinadigan idishga) to’ldirish oson bo’ladi. Solidollar 800S gacha qiziganda, parchalanib ketadi va tiklanmaydi. Bunday solidollar g’ildirak gupchagida, suv nasosining podshipnigida, o’t oldirish taqsimlagichda ishlatishi mumkin emas. Solidollarning suvga chidamliligi va kolloid barqarorligi yaxshi.
2. Natriy va natriy-kaltsiyli moylarga: Uniol-1, 1-13, YaNZ-2, Uniol-3, Uniol-3M moylari kiradi. Bu moylar solidollarga nisbatan termik stabilq, tirnalishdan saqlash hossasi yuqori, issiqlik ta’sirida kuyuqlashadigan hossaga ega.
Bu moylar suyuqlanish temperaturasi ancha yuqori bo’lganligi uchun keng tarqalgan bo’ladi. Biroq ularning qullanish sohasi cheklangan, chunki ular suv ta’siriga chidamsiz - suvda eriydi, suv bilan yuvilib ketadi.
3. Litiyli surkov moylarini ishlatilish sifati yaxshi bo’l-ganligi tufayli dune miqyosida yildan yilga keng qo’llanilmoqda. Ular orasida Litol-24 birinchi o’rinda turadi. U yagona universal moy bo’lib, avtomobillarning asosiy ishqalanuvchi qismlariga surtiladigan barcha turdagi moylarning o’rnini bosishi mumkin.
Fiol-3 - yumshoq yashil moy bo’lib, Litol-24 bilan deyarli bir xil, uni Litol-24 ga aralashtirib surtish mumkin.
TSiatim-201 - yumshoq, sariq yoki och jigar rangdagi moy bo’lib, past temperaturada ishlatiladigan yagona, asosiy moy hisoblanadi. Solishtirma yuklanish kam tushadigan va siljish zo’riqishi kichik bo’lgan (masalan spidometrning elastik valida) barcha tipdagi uzellarda ishlatiladi.
158 - nomerli moy - yumshoq, silliq, ko’k rangda, u avtotraktor-larning uzoq muddat ishlaydigan podshipniklariga surtiladi.
4. Bariyli moylar - temperatura xarakteristikalari bo’yicha ham, suvga chidamliligi bo’yicha ham litiyli moylardan keyin turadi. SHRB-4 - bariyli surkov moyi bo’lib, u sariq, yepishqoq moy, korroziyadan yaxshi himoya qiladi. Suv tushganda ham o’zining ishlash xususiyatini yuqori darajada saqlaydi. SHu hossalari tufayli bu surkov moyi avtomobilning zoldirli sharnirlari uchun eng yaxshi moy hisoblanadi. Uni 100000 km yurguncha almashtirmasa ham bo’ladi. SHRUS-4 - sariq yoki jigar rang moy bo’lib, avtomobillarning bir xil burchak tezliklarida ishlaydigan sharnirlarga surtish uchun ishlatiladi.
Alyuminiyli kompleks moylar - chet ellarda ham ishlatiladigan surkov moylarini progressiv tipi hisoblanadi. Ularning narxi solidolnikidan qimmat emas, shu bilan birga bu tipdagi moylar yuqori mexanik, termik va fizik-ximik turg’unlikka ega, suvga chidamliligi yuqori.
Uglevodorodli surkov moylari - juda yuqori suvga chidamlilikka va konservatsion hossaga ega, shuning uchun konservatsion moy sifatida ishlatiladi.
Avtomobillarning metall sirtlarini atmosfera ta’sirida korroziyalashdan saqlash uchun himoyalovchi plastik surkov moylari va suyuq konservatsion moylar ishlatiladi. Konservatsion material sifatida PVK moyi keng ishlatiladi. Unga korroziyaga qarshi prisadkalar qo’shilgani uchun himoyalash xossalari yaxshilangan. Bu moylar oldindan yuvib, quritilgan sirtlarga cho’tka bilan, botirish yoki to’zitish yo’li bilan surtiladi. Texnika ochiq holda saqlanganda surtilgan moylarning himoyalash muddati 12 oy. Bu moylardan dvigatellar, transmissiya agregatlarini uzoq muddatga mo’ljallab, konservatsiyalashdagina emas, balki ishlayotganda hamda turli muddatlarga to’xtatib qo’yishda korroziya ta’sirida yemirilishining oldini olishda ham foydalanish maqsadga muvofiqdir.
VTV-1 - texnik vazelin bo’lib, VAZ avtomobillarining akkumulyator klemmalariga surtish uchun ishlatiladi, + 450S da eriydi. Sovuqqa chidamli, suvda erimaydi.
8-Mavzu: Texnik suyuqliklar


Reja:
1. Gidravlik sistemalar uchun moylar.
2. Tormoz va amortizator suyuqliklari.
3. Yurgizib yuborish suyuqliklari.
4. Sovitish suyuqliklari.

Qishloq xo’jalik sanoatida gidravlik sistemalardan foydalaniladi. Gidravlik sistemalar quvvatni uzatish va agregat va mexanizmlarining harakatga keltirish uchun ishlatiladi. Ular traktor va kombaynlarga o’rnatilgan gidroko’targichlarda ishlatiladi. Masalan, bulqdozer, ekskavatorlar gidravlik uzatmalar bilan ta’minlangan.


Ish suyuqligi sifatida moylar ishlatiladi. Bu suyuqlik kuchlarning ravon, silkinishsiz (turtkisiz, zarbsiz) uzatish imkonini beradi.
Moylarning gidravlik sistemalarda ishlash sharoiti juda og’ir: bu yerda temperaturalar farqi juda katta 800-10000 gacha bo’lib, ish temperaturasi 60-800S ga yetadi. Qishda - 300 400S ga yetadi. Bosim esa 10 MPa ga yetadi. Katta bosim va yuqori ish temperaturasida moylar oksidlanadi. Gidrosistema ishonchli va uzoq ishlashi uchun moylarga quyidagi talablar qo’yiladi:
1) Avvalo ularning qotish temperaturasi past bo’lishi kerak.
2) Sistemada bug’ tiqinlari hosil bo’lmasligi uchun moyning (qovushqoqligi) bug’lanish temperaturasi ish rejimlari temperaturasidan 20-300S yuqori bo’lishi kerak.
Gidrosistemalar uchun motor moylarining “V” guruhidan ma’lum darajada foydalaniladi. MGE-10A markali yagona gidravlik moy ham ishlatiladi. U - 600 Sdan +900S gacha temperatura intervalida ishlatiladi. VMGZ moyi - 500S dan +900S gacha ishlatiladi, 500S dagi qovushqoqligi 10 santiStoksga teng.



Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin