2. Avtomobillar uchun transmission moylar Bu moylar markasi TA harvi bilan boshlanadi.
TAD - 17I. “D” harfi moy tarkibida faqat qoldiq moy emas, distillyat (mazutni haydab olinadi) moyi ham borligini bildiradi. “I” harfi - moyga yeyilishga qarshilik ko’rsatish va ko’pirishga qarshi hossalarini ta’minlovchi kompleks qo’shilmalar borligini bildiradi.
TAP - 15V. “P” harfi - moy tarkibida qo’shilmalar borligini bildiradi. “V” harfi - oldin ishlab chiqilgan TAP-15 moyiga qaraganda tarkibi yaxshiroq ekanligini bildiradi.
AQSH va G’arbiy Yevropa mamlakatlarida avtotraktor transmision moylarining klassifikatsiyasi ikki tizimga bo’linadi:
1. Qovushqoqlik - harorat ko’rsatgichlari bo’yicha SAE J306 C (Amerika avtomobil muxandislar jamiyati) klassifikatsiyasi;
2. Ekspluatatsiya xususiyatlari bo’yicha API (Amerika neftq instituti) klassfikatsiyasi.
Bu klassifikatsiyalar bir-birini to’ldiradi va ularni birga ishlatish - moy turini to’g’ri tanlashga yordam beradi.
Qishki transmission moylar: SAE-70W, 75W, 80W, 85W.
Yozgi moylar: SAE-70, 75, 80,85 kiradi.
Hamma iqlim sharoitlarida ishlatish mumkin bo’lgan moylar: SAE 75W-90,80W-90, 85W-140 moylar kiradi.
Transmissiya agregatlari turiga va ularni ishlatish sharoitlariga qarab API klassifikiatsiyasi bo’yicha transmission moylar olti guruxga bo’linadi:
L-1 guruxi - mexanik uzatmalar qutisidagi spiral-konussimon va chervyakli tishli uzatmalarda nisbatan yumshoq sharoitlarda ishlatiladi;
GL-2 guruhi og’ir sharoitlarda ishlaydigan yuk avtomobillarining asosiy uzatmalarining chervyakli tishli uzatmalarida ishlatildi. Bu moylarga yedirilishga qarshi qo’shilmalar qo’shilgan.
GL-3 guruhi o’rtacha sharoitlarda ishlaydigan avtomobillarning yetakchi ko’priklarida ishlatiladi. Bu moylarga tirnalishga qarshi qo’shilmalar qo’shilgan.
GL-4 guruhi yengil avtomobillardagi uzatmalar qutisi va gippoidli uzatmalarda ishlatiladi. Bu moylarning ish sharoitlari og’ir bo’lib, ularga tirnalishga qarshi qo’shilmalar qo’shilgan.
GL-5 guruhi yuk va yengml avtomobillarining uzatmalar qutisi va gippoidli uzatmalarida ishlatiladi. Bu moylarga tirnalish va yeyilishga qarshi qo’shilmalar qo’shilgan.
GL-6 guruxi zarbiy yuklanish sharoitlari juda og’ir bo’lgan uzatmalarda ishlatiladi.