Kirish. Neft maxsulotlarini olinish texnologiyasi Reja



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə8/43
tarix24.12.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#191967
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43
Ma\'ruza

Siqilgan gaz
Siqilgan gaz suyultirilgan gazdan farqli ravishda normal temperatura va istalgan yuqori bosimda o’zining gazsimon holatini saqlab qoladi. Gaz faqat o’ta sovutilgandan keyingina suyuqlikka aylanadi. Avtomobillarda yonilg’i sifatida 20 MPa gacha siqilgan tabiiy gazdan foydalaniladi. Tabiiy gaz, gaz konlaridan olinadi. Uning asosiy komponenti - metan. Siqilgan gaz yonganda katta massa birligida issiqlik 49,9 MJ/kg ajralib chiqadi, biroq zichligi juda kam bo’lganligidan, xattoki 20 MPa gacha siqilgan gaz yonganda chiqadigan hajmiy issiqligi 7000MJ/kg dan oshmaydi, ya’ni suyultirilgan gazning hajmiy issiqligidan kamida 3 marta kam. Yonganda chiqadigan hajmiy issiqlik miqdorining kam bo’lishi avtomobilda xattoki yuqori bosimda ham yetarli miqdorda gaz saqlanishiga imkon bermaydi. SHu sababli siqilgan tabiiy gaz bilan ishlaydigan, gaz ballonli avtomobillarda zapas yo’l - benzin yoki suyultirilgan uglevodorod gazi bilan ishlaydigan avtomobillarga nisbatan ikki barobar kichik.
Metanning tadqiqot yo’li bilan aniqlangan oktan soni 110 atrofida. Siqilgan tabiiy gazning zapas miqdori ko’p va u arzon bo’lganligidan benzin o’rniga bu gazdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Avtomobillar uchun yonilg’i sifatida siqilgan gazdan foydalanilganda, bu ko’rsatkichlarga siqilgan gazning komponent tarkibi va gaz ballon apparatning ishiga zararli ta’sir ko’rsatuvchi hamda dvigatellarning yoqilishini tezlashtiruvchi moddalar miqdori kiradi.


Gazning komponent tarkibi. Avtomobillarda barcha mavsumlarda ishlatilishga mo’ljallangan siqilgan gaz tarkibida kamida 90% metan, ko’pi bilan 4% etan, oz miqdorda yonuvchi boshqa uglevodorod gazlari: uglerod oksidi 1% gacha, kislorod 1% gacha, azot ko’pi bilan 5% bo’lishi kerak. Gaz tarkibidagi zararli aralashmalarning miqdori siqilgan havo tarkibida bunday aralashmalar cheklangan miqdorda bo’ladi: vodorod sulqfidi 2 g/100m3 dan, mexanik aralashmalar 0,1 g/100 m3 dan ortiq bo’lmasligi kerak, juda oz miqdorda nam bo’lishiga ruxsat etiladi.

5-Mavzu: Ichki yonuv dvigatellari uchun moylar




Reja:
1. Moylarga qo’yiladigan ekspluatatsion talablar.
2. Dizel dvigatellari uchun moylar.
3. Karbyuratorli dvigatellar uchun moylar.

  1. Motor moylarini almashtirish muddatlari va ular sarfini

kamaytirish.

Har qanday moyning asosiy vazifasi belgilangan motoresurs davomida dvigatelning ishonchli va tejamli ishlashini ta’minlash bo’lgani sababli, motor moylari quyidagi ekspluatatsion talablarga javob berishi kerak:


1. Dvigatel detallarining yeyilishini, ishqalanishni yengishga kam quvvat sarflanishini, shuningdek detallarning tozaligini ta’minlashi kerak;
2. Ishqalanuvchi sirtlarni korroziyalanishdan saqlashi;
3. Ishqalanish joylaridagi zazorlar va tutashmalardan oson o’tishi, sovuq vaqtda dvigatelning oson yurgizilib yuborilishini ta’minlashi kerak;
4. Quyishga bo’ladigan sarf minimal darajada bo’lishini ta’minlaydigan optimal tarkibga ega bo’lishi kerak;
5. Tashish va uzoq vaqt saqlash davomida ekspluatatsion hossalarini saqlab qolishi kerak.
Ichki yenuv dvigatellarining moylash sistemalarida foydalaniladigan moylar - motor moylari deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi, ishqalanuvchi detallar sirtida mustahkam moy pardasi hosil qilish hisobiga dvigatel detallarining yeyilishini kamaytirishdir.
Normalanadigan sifat ko’rsatkichlari. Motor moylari, dvigatellarning belgilangan quvvat va tejamkorligini, sifat ko’rsatkichlarini yo’qotmasdan, ishonchli va uzoq vaqt ishlashini ta’minlashi uchun, ular stan-dartlar va texnik shartlarda belgilangan talablarga javob berishi lozim.
Kinematik qovushqoqlik. Motor moyining suyuq ishqalanishini ishonchli ta’minlay olish xususiyatini xarakterlovchi muhim sifat ko’rsatkichi, uning kinematik qovushqoqligidir. Bu ko’rsatkich qancha yuqori bo’lsa, ishqalanuvchi sirtlardagi moy pardasi ham shuncha mustahkam bo’lib, tsilindrlardagi xalqalar zichligi shuncha yaxshi va moy ham shuncha kam kuyadi. Moyning qovushqoqligi temperatura pasayishi bilan keskin ortadi, shuning uchun uning qiymati qizigan dvigatel uzoq muddat ishlaganda ham past temperaturalarda sovuq holatdagi dvigatelni ishga tushirganda ham suyuq ishqalanishni ta’minlaydigan darajada optimal bo’lishi kerak. Avtomobil dvigatellarining moylash sistemalarida qo’llaniladigan motor moylarining kinematik qovushqoqligi 1000S da 6-14 mm2/s ga teng. Temperatura pasayishi bilan, bu ko’rsatkich tez kattalashadi, minus 200S da 1000 mm2/s ga yetishi va undan ham oshib ketishi mumkin. Kinematik qovushqoqligi 6-3 mm2/s bo’lgan moy qishda, qovushqoqligi 10-14 mm2/s bo’lganlari yozda ishlatiladi.
Qotish temperaturasi. Bu, moy oquvchanligini yo’qotadigan temperatu-radir. Bu ko’rsatkich, ma’lum darajada moyning haydaluvchanligini va dviga-telni ishga tushirish hossalarini, uning ta’sirini xarakterlaydi. Yezgi moylarda qotish temperaturasi minus 150S dan minus 200S gacha, qishki moy-larniki minus 25 dan minus 300S gacha, barcha mavsumda foydalaniladigan moylarning qotish temperaturasi minus 450S gacha yetadi.

,
мм2
5000

3000 1000


70
50
30
0
10






















































































1




























2



































































-18 0 50 100 120 t0S

12-rasm. Motor moylari qovushqoqligining temperaturaga
bog’liqligi

  1. qovushqoqlik indeksi -90.

  2. qovushqoqlik indeksi -140



Korrozionlik. Avtomobil dvigatellarining korroziya ta’siridan yeyilishga sabab bo’luvchi moyning potentsial hossasi korrozionlik bilan xarakterlanadi. KaMAZ va VAZ avtomobillarida ishlatiladigan motor moylarining yuqori sifatli markalarida korrozionlik yo’q, boshqa markadagi moylarda 20 g/m2 dan oshmasligi lozim.
Moy tarkibidagi mexanik aralashmalar va suvning miqdori. Prisad-kalar qo’shilmagan moy tarkibida mexanik aralashmalar bo’lmasligi kerak, prisadkali moylar tarkibida esa, massasi bo’yicha 0,15% dan oshmasligi lozim. Bunda mexanik aralashmalar ishqalanib ishlovchi detallar sirtiga abraziv ta’sir ko’rsatmasligi kerak. Motor moyi tarkibida suv bo’lmasligi zarur. Tarkibida juda oz miqdorda suv bo’lganda ham maydamayda ko’pik va emulqsiya paydo bo’ladi va bu detallar sirtidagi moy pardasinining mustahkamligini yomonlashtiradi.
Qo’shilmalar (prisadkalar). Bular moylar sifatini yaxshilash uchun qo’shiladigan maxsus moddalardir. Moyning qandaydir bitta xususiyatini yaxshilaydigan qo’shilmalar bir funktsional, birdaniga bir qancha xususiyatini yaxshilaydiganlari kompleks qo’shilmalar deb ataladi.
Moyning qovushqoqligini oshiradigan qo’shilmalar. Bu qo’shilmalar qovushqoqligi kam bo’lgan moylarga qo’shiladi. Bunday qo’shil-malar motor moylarining indeksini oshiradi, ya’ni yuqori temperaturalarda moyning qovushqoqligini oshiradi va temperatura pasayganda qovushqoqligini kamroq oshirish xususiyatini beradi.
Depressor qo’shilmalar. Ular parafin kristallarining o’sishini to’x-tatib turadi, buning natijasida moyning qotish temperaturasi 15-200S ga pasayadi.
Oksidlanishga qarshi qo’shilmalar. Bu qo’shilmalar ish bajarayotgan detallarning korroziyalanishga sabab bo’luvchi kislota va kimyoviy birikmalarning hosil bo’lishiga to’sqinlik qiladi.
Yuvuvchi qo’shilmalar. Bu qo’shilmalardan moy, ish bajarayotgan paytda uni ifloslantiruvchi muallaq zarrachalarni tutib qolish uchun foydalani-ladi. Bunday qo’shilmalar qo’shilganda dvigatel detallarining sirtida va moy o’tkazgichlarda lak hamda cho’kindilar o’tirishi kamayadi.
Korroziyalanishga qarshi qo’shilmalar. Ular detallar sirtida korroziya-lanishdan saqlaydigan himoya pardasi hosil qiladi.
Klassifikatsiyasi. Ishlatilish sharoitiga va ekspluatatsion hossalari darajasiga ko’ra motor moylari A, B, V, G, D, Ye guruhlarga bo’linadi. Zamonaviy avtomobil dvigatellarida asosan B, V, G, D guruhlardagi moylar ishlatiladi. B guruhdagi moy - kichik tezlikdagi, V - o’rtacha tezlikdagi, G - yuqori tezlikdagi karbyuratorli va dizelli dvigatellar uchun, D - yuqori tezlikdagi havo turbina yordamida bosim bilan kiritiladigan dizellar uchun mo’ljallangan. B, V, G guruhdagi moylar yana kichik guruhlarga bo’linadi. Birinchi kichik guruhdagi moylar (1 indeksli) karbyuratorli dvigatellar uchun, ikkinchi kichik guruhdagi moylar (2 indeksli) dizellar uchun mo’ljallangan, uchinchi kichik guruhdagi moylar (indekssiz) universal bo’lib, karbyuratorli dvigatellarda ham, dizelli dvigatellarda ham ishlatiladi. Har bir guruh chegarasida 1000S da moy yettita kinematik qovushqoqlik klassiga ega bo’lishi mumkin: 6, 8, 10, 12, 14, 16 va 20 mm2/s.
Markalash. Motor moyi har bir markasining shartli belgisi harflar va raqamlardan iborat. Ular qabul qilingan klassifikatsiyaga muvofiq, moyning vazifasini va guruhsini, uning kinematik qovushqoqligini ko’rsatadi.
A - guruhdagi moylarga prisadkalar qo’shilmaydi yeki kam qo’shiladi, faqat siqish darajasi kichik bo’lgan karbyuratorli dvigatellarda ishlatiladi.
B, V, G - 6-16% gacha prisadkalar kompozitsiyasi qo’shiladi. Siqish darajasi o’rtacha bo’lgan dvigatellar uchun B, V, siqish darajasi yuqori - G guruhdagi moylar ham karbyuratorli, ham dizellar uchun ishlatiladi.
E - guruhdagi moylar sekin yurar dizellarda.
D - guruhdagi moylar tezyurar dizellarda ishlatiladi, 15-18% prisadkalar kompozitsiyasi qo’shiladi.
M-10G2 - moyning 1000S dagi qovushqoqligi 10 sSt ga teng. Ekspluatatsion hossasiga ko’ra, yuqori darajada kuchaytirilgan dizel dvigatellariga G(2) guruhdagi moylar ishlatiladi.
Dizel dvigatellarida:
yozda 1000S dagi qovushqoqligi 10-12 sSt; qishda 1000S dagi qovushqoqligi 8 sSt bo’lgan moylar ishlatiladi.
Karbyuratorli dvigatellarda:
yozda 1000S dagi qovushqoqligi 8-10 sSt; qishda 1000S dagi qovushqoqligi 6-8 sSt bo’lgan moylar ishlatiladi.
Hozirgi vaqtda dizellarda ishlaydigan traktorlar, kombaynlar, og’ir yuk ko’taradigan avtomobillarda ishlatiladigan moylarga prisadkalar miqdori ko’proq qo’shiladi. Bu dvigatellar yuqori temperaturada, katta nagruzka va katta tezlikda ishlaydi. SHuning uchun bularga ishlatiladigan moylar yuqori sifatli bo’lishi kerak.
Dvigatel ishlaganda moyning sifati asta-sekin yemonlashib boradi. SHuning uchun, ma’lum vaqtdan so’ng, uni yangisi bilan almashtirish zarur. Qishloq xo’jaligida mashinalarga texnik xizmat ko’rsatishning belgilangan sistemasi qabul qilingan. Motor moylari, ma’lum vaqt o’tgandan keyin shu sistemaga muvofiq almashtiriladi.
Moyni uning ekspluatatsion hossalarini hisobga olgan holda almashtirish uchun, ma’lum vaqt o’tgandan keyin karterdan namuna olib, uning sifati aniqlanadi. Sifati yemonlashgan moy yangisi bilan almashtiriladi.
Zamonaviy kuchaytirilgan traktorlar, og’ir yuk ko’taradigan avtomobillar dizellarida moy juda qiyin sharoitlarda ishlatiladi. SHuning uchun ular neftni bevosita haydash yo’li bilan olingan yuqori sifatli va yaxshilab tozalangan mahsulotlarga prisadkalar qo’shib tayyorlanadi.
Dizel dvigatellarida V2 guruhdagi moylar eng ko’p tarqalgan. Ularda yuvish - disperslash prisadkalari, oksidlanish va yeyilishga qarshi prisadkalar kompozitsiyasi bor.
Yuqori darajada kuchaytirilgan dizel dvigatellarida temperatura yuqori, nagruzka katta, shuning uchun ularda moylash materiallarining ish sharoiti ham og’ir. SHu sababli, ularda ishlatiladigan G guruhdagi motor moylariga 14% gacha prisadkalar kompozitsiyasi qo’shiladi.
Neft sanoati G guruhdagi moylarning asosiy 2 xil markasini chiqaradi: yezgi M-10G2 va qishki M-8G2.
Qishki moylar - 100S gacha dizellarni sovuqda yurgizib yuborishni ta’minlaydi. Bunday past temperaturada quyultirilgan moylardan foydalaniladi.
Bundan tashqari, klassifikatsiyasiga ko’ra quyultirilgan qishki va qovushqoqlik temperatura hossalari yaxshilangan moylar ham chiqariladi. Masalan, M-4z/8V2, 4 raqami - qovushqoqlik klassini (-180Sda u 2600 sStdan yuqori bo’lmasligi kerak), “z” harfi - moy tarkibida quyultiruvchi prisadkalar borligini bildiradi.
Karbyuratorli dvigatellarda: VAZ, Volga GAZ-24, Moskvich va boshqa yengil avtomashinalardagi yuqori darajala kuchaytirilgan dvigatellarning ishonchli ishlashi uchun G1 guruhdagi moylar (qishki M-8G1 va yezgi M-12G1) barcha mavsumbop quyultirilgan M-6z/10G1 moylari ishlatiladi. Moylar 1-TXK vaqtida almashtirilib turiladi. CHet mamlakatlardan keltiriladigan prisadkalar asosida oz miqdorda chiqariladigan M-8GI, M-10GI, M-12GI moylari ham oz miqdorda chiqariladi. Ozgina vaqt ishlagan dvigatel karteridan olingan moy tashqi ko’rinishi va hossalari jihatidan yangi moydan ayncha farq qiladi.
Dvigatel ishlaganda moyning sifati asta-sekin yemonlashib boradi, shuning uchun ma’lum vaqtdan so’ng, uni yangisi bilan almashtiriladi.
Bu muddat yuk va yengil avtomashinalari uchun bosib o’tilgan yo’lning uzunligi (TXK davriyligi) bilan belgilanadi. Traktor va qurilish mashinalari uchun esa, ishlagan vaqt motosoat/soni bilan belgilanadi.
Mamlakatimizning ayrim rayonlarida xorijiy moylar ham sotiladi.


Xorijiy motor moylarining klassifikatsiyasi
Xorijiy motor moylari qovushqoqlik va ekspluatatsion xarakteristikalari bilan klassifikatsilanadi. Qovushqoqlik klassifikatsiyasi asosida SAE J 300 «Motor moylarining qovushqoqlik sinflari» standarti yotibdi. SHu standart bo’yicha 100 0S dagi va past temperaturadagi moy qovushqoqligi mos xolda belgilanishi kiritiladi.
Yozgi moylar quyidagicha belgilanadi: SAE 20, SAE 30, SAE 40, SAE 50.
Qishki moylar quyidagicha belgilanadi: SAE OW, SAE 5W, SAE 10W, SAE15W, SAE20W.
Hamma mavsumda ishlatiladigan moylar quyidagicha belgilanadi: SAE 10W/40, SAE 15W/50, SAE 20W/50, SAE 15W/40.
SHuni eslatish kerakki, SAE sinfi faqat moyning qovushqoqligini xarakterlaydi, uning vazifasi to’g’risida ma’lumot bermaydi.
Moyning ekspluatatsion xossa kategoriyasi uni qo’llanish miqyosi bo’yicha anqlanadi. Ko’p tarqalgan ARJ moy klassifikatsiyasi benzin dvigatellari uchun quyidagi kategoriyalarni belgilaydi: SA, SB, SC, SD, SE, SG, SH, SJ.
Dizel dvigatellari uchun:
SA, SV, SS, SE, SF-4, CF-2, CF-6.
Universal moylar ikkita ko’rinishda belgilanadi: SF/CD, CG/CE, SH/CC, SJ/CE, PS.
Avtomobillarning ekspluatatsion ko’rsatmasida va boshqa texnika vositalarida ARJ sifat kategoriyasi va SAE qovushqoqlik sinflari bo’yicha qo’llanishi ko’rsatiladi.
APJ bo’yicha karbyuratorli dvigatellarning ishlash kategoriya shartlari.
SA - ekspluatatsiyani anglatib, yengil sharoitda ishlaydigan va moy qo’shilmalari bilan foydalanishni talab qilmaydigan, odatdagi, eski dvigatellar uchun (bekor qilinadigan).
SÑ - ýêñïëóàòàöèÿni anglatib, u 1964-67 yillarda ishlab chiqarilgan karbyuratorli yengil avtomobillar va bir necha yuk avtomobillari uchundir.
SD - ýêñïëóàòàöèÿni anglatib, u 1968-70 yillarda ishlab chiqarilgan benzin dvigatelli yengil avtomobillar va bir necha yuk avtomobillari uchun bo’lib, ishlab chiqargan zavod tomonidan berilgan kafolat davrigachadir.
SD kategoriyali moylar yuqori va past temperaturalarda to’planishdan, yeyilishdan, zanglashdan va korroziyadan juda yaxshi ximoya qiladi. (1968 yilda bekor qilingan).
SE - ýêñïëóàòàöèÿni anglatib, u 1970-79 yillarda ishlab chiqarilgan benzi dvigatelli yengil avtomobillar va bir necha yuk avtomobillari uchun bo’lib, ishlab chiqargan zavod tomonidan berilgan kafolat davrigachadir.
SE kategoriyali moylar xususiyatlari, yuqori temperaturalarda oqib ketishdan yaxshi ximoyalanish, yeyilishdan, zanglish va benzin dvigatellarida korroziyadan saqlash xususiyatlarini mujassamlashtirgan. (1972 yilda bekor qilingan).
SF - ýêñïëóàòàöèÿni anglatib, u 1980-88 yillarda ishlab chiqarilgan benzin dvigatelli avtomobillar uchundir. SF kategoriyali moylar oksidlanishga qarshiligi va SE kategoriyali moylarga nisbatan yeyilishga qarshiligi yaxshiroqdir. Ular bundan tashqari oqib ketishdan, zanglashdan va korroziyadan saqlashni ta’minlaydi (1980 yilda bekor qilingan).
SG- ýêñïëóàòàöèÿni anglatib, benzin dvigatelli yengil va yengil-yuk avtomobillar uchun bo’lib, ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan kafolat davrigachadir. Bu kategoriyali moylar SS kategoriyali dizel moylari xosslarini o’zida mujassamlashtirgan. SG moyi oqishdan yaxshi saqlashni ta’minlaydi, oksidlanishdan va yeyilishdan yuqorida ko’rib o’tilgan moylardan yaxshiroq saqlaydi. Bundan tashqari zanglashdan va korroziyadan saqlashni juda yaxshi ta’minlaydi.
SH kategoriyali moylar 1992 yilda motor moylari xarakteristikasi uchun qabul qilindi. 1993 yilda chiqa boshladi. Bu moylar zamonaviy benzin dvigatellari va oldin chiqarilgan yengil avtomobillari, mikroavtobuslar va yengil-yuk avtomobillari uchun ishlab chiqaruvchi zavod orqali ekspluatatsiyaga chiqariladi. Bu kategoriyali moylar zanglash, yeyilish, oksidlanish natijasida hosil bo’lgan moylarni almashtirishda ishlatiladi.
PS kategoriyali moylar 1994 yil qabul qilingan. Bu turdagi moylar benzin dvigatelli va dizelli yengil avtomobillar, yengil-yuk avtomobillari va mikroavtobuslari uchundir.
SJ - kategoriyali motor moylari 1996 yil oxirida qabul qilingan. Kelajakda SG -kategoriyali motor moylarining o’rnini bosadi.
APJ bo’yicha dizel avtomobillarining ishlash kategoriya shartlari.
CA - yuqori sifatli yonilg’ining yengil yoki o’rtacha sharoitda ishlaydigan dizel dvigatellari ekspluatatsiyasini anglitib, porshen barmoqlarining yeyilishini va podshipniklarni korroziyadan saqlashni ta’minlaydi. Ular 1940 va 1950 yillarda keng qo’llanilgan, lekin hozirgi eamonaviy dvigatellarda ishlatish mumkin emas.
CB - past sifatli yonilg’ilarning yengil va o’rtacha sharoitda ishlaydigan dizel dvigatellari ekspluatatsiyasini anglatib, yeyilishdan va tirnalishdan yaxshi ximoyalanishni ta’minlaydi. Bu turdagi moylar ekspluatatsiyada 1949 yildan boshlab paydo bo’ldi (bekor qilangan).
SS - o’rtacha va og’ir sharoitda ishlaydigan nadduvsiz va trubonadduvli dizellar uchundir. Bu turdagi moylar yuqori temperaturada kuyishdan, podshipniklar korroziyasidan va zanlashdan ximoyalashni ta’minlaydi. Bu moy turi 1961 yilda paydo bo’lgan (bekor qilangan).
SD - yeyilishdan va kuyishdan o’ta effektiv ximoyalanishni talab qiluvchi yoki sifati bo’yicha oson farq qiladigan hamda qovushqoqligi past yonilg’i ishlatiladigan trubonadduvli va nadduvsiz dizellar uchun ishlab chiqarilgan. Bu moy turi 1995 yilda paydo bo’ldi va dizelarda yuqori temperaturada kuyish va podshipnikni korroziyalanishdan saqlaydi.
SE - 1983 yilda chiqa boshlagan va past tezliklarda va yuqori kuchlanishda hamda yuqori tezlikda va yuqori kuchlanishda ishlovchi forsunkali trubonadduvli dizellarda qo’llaniladi.
CF -4 to’rt taktli tez xarakatlanadigan dizallarda foydalaniladigan moylarni xarakterlaydi. CF-4 moyi xam porshenda kam kuyishni va moy xarajatlarini kamayishini ta’minlagan xolda SE kategoriyasiga talabni oshiradi. Trassalarda o’ta yuklangan va yuk avtomobillarida ishlatiladi.
CF-2 - yeyilishdan va kuyishdan effektiv ximoyalanishni talab qiluvchi og’ir sharoitda ishlaydigan ikki taktli dizellar ekspluatatsiyasida qo’llaniladi. Bu ekspluatatsiya sharoiti uchun bu moy SD moyiga nisbatan yaxshi xarakteristikalarga ega. Bu 1996 yildan chiqa boshlagan.
RS - kategoriyasidagi moy yeyilishiga va kuyishiga qarshi xususiyati bo’yicha talablarni qoniqarli ravishda qondirish uchun yo’naltirilgan. Dvigatel konstruktsiyasi va yonilg’i spetsifikatsiyasi o’zgarishlar YeRA ga bog’liq talablarga asoslangan. RS-6 moyi SF-4 kategoriya talabidan ustun bo’lganida va hamma kiritilganlardan so’ng SF-4 ni almashtiriladi. Bu moylar asosan trassalarda ishlaydigan yuklangan xolatdagi yuk avtomobillariga mos keladi.
Har xil rangli idishlardagi SAE 15W-40 nimani anglatadi. Ma’lumki, motor moylari katta guruxlarga bo’linadi (sun’iy, polusintetik, mineral) va SAE qovushqoqlik sinfi yoki APJ bo’yicha klasifikatsiyalanadi.
Evropa, AQSH, Yaponiya va boshqa davlatlarda SAE (avtomobil injenerlari jamiyati) klassifikatsiyasidagi yozgi, qishki va hamma mavsumdagi moylar mavjuddir. Qishki moy W harfi bilan ifodalanadi. Qovushqoqlik temperatura bo’yicha SAE klassifikatsiyasidagi 10 tur moyi mavjud. Qishki moylar quyidagicha belgilanadi: OW, 5W, 10W, 15W, 20W. Yozgilari esa: 20, 30,40, 50. Qishki moyning sinfini ko’rsatadigan son qanchalik kichik bo’lsa, shunchalik temperatura kichik bo’ladi. ya’ni, moy o’zining ishlash qobiliyatini shu temperaturada saqlaydi. Yozgi moyniing sinfini ko’rsatadigan son qanchalik katta bo’lsa, moy yuqori temperaturada o’zining qovushqoqligini shunchalik yaxshi saqlaydi va ishqalanib ishlaydigan detallar orasida mustaxkam moy pardasini saqlaydi. Hamma mavsumli moy sinfini qovushqoqligi tire orqali belgilanadi. Masalan, 10W-40. Bunda sonlar orasidagi farq qanchalik kattalik bo’lsa, shunchalik katta temperatura diapazonida moy ishlay oladi. Bundan tashqari ko’pgina mamlakatlarda APJ (Amerika neft instituti) klassifikatsiyasidagi moylar ham mavjud. Ular dvigatelning ishlash sharoitini moyning ekspluatatsion xususiyatiga bog’laydi. Moyning ishlash sharti ikkita xarf bilan belgilanadi. Birinchisi dvigatelning tipini aniqlaydi (S-benzinli, C- dizelli). Ikkinchisi motor moylarini ekspluatatsion xususiyati darajasini belgilaydi. (A,V,S,D,F,E,G,H). SA va SA sinfidagi moylar 70 yilgacha ishlab chiqarilgan yengil yuklanishda forsunkasiz dvigatellar uchun belgilangan. SH va SD sinfidagilar esa (1989 yilda ishlab chiqarilgan). Yuqori yuklanishda va og’ir ekspluatatsion sharoitda ishlaydigan yuqori forsunkalangan, nadduvli dvigatellar uchun belgilangan.
Odatda, moylar markalanishida ikkala sistema belgilanishi ham joylashtiriladi. SHuni aytish kerakki, oxirgi qator moylari ko’pgina afzalliklarga ega. Ular yengil uchuvchi bo’lib, ishqalanishda quvvatning kam yo’qotilishini ta’minlaydi va yonilg’i sarfini kamaytiradi. Eng kam temperaturada xaydashining (prokachka), dvigatelning -30 0S temperaturada kam xolatda ishlashini ta’minlaydi. Mineral moylar arzon bo’lib, o’rtacha yuklanishdagi dvigatellarda ishlatiladi. VAZ, Moskvich, Volga markali avtomobillari uchun eng yuqori, optimal minerallar ishlatilgan. SHuni aytish kerakki, yarim sun’iy (polusintetik) moylar baxosi bo’yicha yaxshi raqobatda va ekspluatatsiyada yaxshi ko’rsatgichlari bilan ajralib turadi.
Yarim sun’iy moylar mineral va sun’iy moylar kabi yengil aralashadi.

6-Mavzu: Transmission moylar



Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin