Suyultirilgan uglevodorod gazi Atmosfera bosimi va temperatura noldan yuqori bo’lganda suyultirilgan uglevodorod gazi gaz holatida bo’ladi. Bosim bir oz oshganda (1,6MPa dan ko’p emas) u xon bug’lanadigan suyuqlikka aylanadi. Suyultirilgan gaz asosan propan (80% atrofida) va butan (20%) gazlari aralashmasidan iborat bo’ladi. Bundan tashqari, unda oz miqdorda bo’lsa ham etan, pentan, propilen, butilen va etilen gazlari bo’ladi. Bir birlik suyultirilgan gaz yonganda ajralib chiqadigan issiqlik katta - 46 mJ/kg ga teng. Zichligi taxminan 0,524 g/sm3 (200 atrofida) bo’lgan suyultirilgan gaz yonganda chiqadigan hajmiy issiqlik 2400mJ/m3 dan ham ortib ketadi. Bu ko’rsatkichni benzinga solishtirib ko’rib, shuni aytish mumkinki, suyultirilgan gaz yonilg’i sifatida benzinning o’rnini to’liq bosa oladi. 1,6MPa ish bosimiga mo’ljallangan nisbatan yupqa devorli po’lat ballonlarda avtomobilning foydali nagruzkasini kamaytirmasdan yetarli miqdorda gaz saqlash mumkin. SHuning uchun suyultirilgan gazda ishlaydigan avtomobillar kabi zapas yurish yo’liga ega. Gazsimon yonilg’i havo bilan yaxshi aralashadi va shuning uchun tsilindrlardato’laroq yonadi. SHu sababli gazsimon yonilg’ilarda ishlaydigan avtomobillardan chiqadigan gazlarga qaraganda zaharsiz. Suyultirilgan gazlarning detonatsiyaga bardoshligi yuqori bo’lganligi uchun benzinda ishlaydigan dvigatellarni suyultirilgan gazda ishlashga qayta jihozlaganda, ularning siqilish darajasini oshirishga imkon beradi. CHunonchi, ZiL-130 avtomobilining benzin bilan ishlovchi dvigatelida siqilish darajasi 6,5% bo’lsa, ZiL-138 avtomobilining gaz bilan ishlovchi dvigatelida 8; benzin bilan ishlay-digan ZMZ-53 dvigatelida 6,7 bo’lsa, gaz bilan ishlaydigan ZMZ-53-07 dvigatelida 8,5. Belgilangan darajada siqilish darajasining ortishi gaz bilan ishlovchi dvigatellar quvvatining benzin bilan ishlovchi dvigatellarga nisbatan bir oz (5-7%) kamayishini to’la kompensatsiya qilish imkonini beradi.
Normalanadigan sifat ko’rsatkichlari. Avtomobillarda yonilg’isi sifatida suyultirilgan gazning sifatini xarakterlovchi asosiy ko’rsatkichlarga komponent tarkibi, to’yingan bug’ bosimi, suyuq bug’lanmaydigan qoldiqning bo’lmasligi, zararli aralashmalar miqdori kiradi.
Gazning komponent tarkibi. Gaz ballonlari bilan ishlaydigan avtomobillar uchun to’ldirish stantsiyalarida barcha mavsumlarda tarqatiladigan suyultirilgan gazning bu ko’rsatkichi belgilangan chegarada o’zgarishi lozim. Suyultirilgan gaz tarkibida kamida 805% propan, ko’pi bilan 205% butan va ko’pi bilan 6% boshqa gazlar bo’ladi. Propan bilan butanning nisbati o’zgarsa, gaz yonganda chiqadigan issiqligi va yonuvchi aralashmaning tarkibi o’zgaradi. Oqibatda dvigatelning tsilindrlarda yonish protsessi yomonlashadi va ishlatilgan gazning zaharlilik darajasi ortadi.
To’yingan bug’ bosimi. Bu ko’rsatkichlar yilning sovuq kunlarida dvigatelning tsilindrlariga gazning ishonchli uzatilishi ta’sir qiladi. Minus 300S temperaturada bu bosim 0,07 MPa dan past bo’lmasligi lozim.Bosim bunday pasayib ketsa, gazning ballondan uzluksiz uzatilib turilishi buziladi. 450S da bug’ bosimi 1,6MPa dan oshib ham ketmasligi kerak, chunki avtomobillarda ishlatiladigan gaz ballonlari ko’pi bilan shunday bosimga hisoblanadi.
Gazda oltingugurt miqdori ortib ketsa, yonilg’i apparatiga o’tirib, u truboprovodlarning kesimini toraytiradi va rezina-texnika detallarini yemiradi. Oltingugurt dvigatelning tsilindrlarida yonib, ishlatilgan gazlarning zaharlilik darajasini oshiradi. Uning miqdori massasi bo’yicha 0,015% dan oshmasligi lozim. Ishqorlar va erkin suv umuman bo’lmasligi kerak.