Mavzu yuzasidan savollar
Benzin va dizel yonilg’isining fraktsion tarkibi qanday xarakterli nuqtalar bilan baholanadi?
Nima uchun qishki sort benzinidan, yozda, yozgi sort benzinidan esa qishda foydalanib bo’lmaydi?
Xaqiqiy smolalar deb nimaga aytiladi?
Induktsion davr nimaga aytiladi?
Qanday omillar benzinning smolalanishiga sabab bo’ladi?
Dizellarda qurum xosil bo’lishi nimalarga bog’liq?
Tayanch so’zlar
Benzin, dizel yonilg’isi, xossalari, smolali birikmalar, qurum, fraktsion tarkib, fraktsiya, zichlik, yonish issiqligi, havoning ortiqlik koeffitsienti, yonuvchi aralashma.
3-Mavzu: Dizel dvigatellari uchun yonilg’ilar.
Reja:
Dizel yonilg’isining sifatiga qo’yiladigan ekspluatatsion
talablar.
Yonilg’ining dvigatel tsilindrida yonuvchi aralashma sifatiga
ta’sir etuvchi xossalari.
3. Ekspluatatsion sifatini baholaydigan ko’rsatkichlari.
4. Dizellarda yonilg’ining yonishi.
Dizel dvigatellari ish protsessi karbyurator dvigatellarnikidan keskin farq qiladi: ularda yonilg’i havo bilan bevosita yonish kamerasida aralashadi.
Dizel dvigatellari - quvvati, porshen harakat tezligi, tirsakli vallar aylanish chastotasi, aralashma xosil bo’lish sharoitiga qarab xar xil konstruktsiyali bo’ladi.
Tezyurar dizellar siqish darajasi yuqori q1620. Ularda tsilindrda 3,05,0 MPa ga siqilgan va siqilish xisobiga 600-800 0S gacha isigan havogo yuqori bosim nasosi ostida ishlaydigan forsunka orqali yonilg’i portsiyasi purkalanadi. TSilindrda yonilg’i issiq havo bilan aralashadi. Qisqa vaqt ichida (tirsakli val 20-250 burilguncha) 0,001-0,004 s aralashma hosil bo’lib o’z-o’zidan alangalanadi. SHunday kilib, dizel dvigatellarida qisqa vaqt ichida yonilg’i yaxshilab to’zitilishi, yonish kamerasiga berilishi, issiq havo bilan aralashishi, bug’lanishi, oksidlanishi va yonishi kerak.
Dvigatellar ishonchli va tejamli ishlashi uchun yonilg’i to’g’ri tanlanishi, yonilg’i purkalishini ilgarilatish burchagi optimal bo’lishi, yonganda to’liq va batomom yonishi kerak.
Dizel dvigatelli avtomobillar xalq xo’jaligining turli sohalarida keng qo’llanilmoqda va hozir ko’p ishlab chiqarilyapti. Dizellar karbyura-torli dvigatellarga nisbatan qator afzalliklarga ega bo’lgani, yani tejam-liroq, og’irroq, demak arzonroq yonilg’ida ishlashi, yong’in chiqish xavfi kamligi, (qabul qiluvchanligi yuqoriroq) ishonchli va uzoqroq ishlashi tufayli keng tarqalgan.
Dizel yonilg’ilari nisbatan qovushqoq qiyin bug’lanadigan yonuvgan suyuqlikdir. Ularning tarkibida massasi bo’yicha taxminan 87% uglerod, 15% vodorod; 0,5% gacha oltingugurt, juda oz miqdorda kislorod va azot bor. Dizel yonilg’isining zichligi 0,78-0,86 % g/sm3, yonganda chiqadigan issiqligi o’rtaga 42,5 Mj/kg. Dizel yonilg’isi benzin bilan ishlaydigan dvigatelli avtomobillarga qaraganda 25-30% tejamli. Dizel dvigatellarda yonganda chiqqan issiqlik katta bo’lib, avtomлobillarga 600 km va undan ortiq zapas yo’l yurishga imkon beradi.
Belgilangan quvvat va tejamkorlik ko’rsatkichlarida hamda ishlatilgan gazlarni tutun bilan kam chiqarib dvigatelning ishonchli va uzoq muddat ishlashini ta’minlash uchun dizel yonilg’isining sifati davlat standartlari talablariga javob berishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |