Ekspluatatsion talablar.
Dizel dvigatellarida yonilg’i to’la va sifatli yonishi uchun ular quyidagi ekspluatatsion talablarga javob berishi kerak:
1. Yuqori bosim nasosi uzluksiz va puxta ishlashi uchun yonilg’i yaxshi so’rilishi va haydalishi (buning uchun yonilg’i optimal qovushqoqlikka, zarur past temperatura xossalariga ega bo’lishi) lozim;
2. Mayin to’ziydigan va yaxshi aralashma hosil qiladigan bo’lishi (buning uchun fraktsion tarkibi va qovushokligi optimal darajada bo’lishi) zarur;
3. Dvigatel oson yurg’izib yuborishi va «yumshoq» ishlashi uchun tutun hosil qilmasdan batamom yonishi kerak (yonilg’ining tsetan soni, qovushqoqligi va fraktsion tarkibiga bog’liq), barqaror yonishi hamda yonganda mumkin qadar ko’p issiqlik chiqarishi zarur;
4. Klapanlarda, porshenlarda va porshen halqalarida ko’p qurum hosil bo’lmasligi, ninalar osilib qolmasligi hamda forsunkalarning to’zitkichlari kokslanmasligi lozim (bular esa yonilg’ining kimyoviy hamda fraktsion tarkibiga, tozalash usuli va darajasi bog’liq);
5. Rezervuarlarni, yonilg’i trubalarini, yonilg’i berish sistemasini va dvigatel detallarini korroziyalamasligi kerak (oltingugurtli birikmalar, organik hamda mineral kislotalar, suv miqdoriga bog’liq);
6. Uzoq muddat saqlanganda hossalarini o’zgartirmasligi zarur.
Ekspluatatsion sifatini bildiruvchi fizik va kimeviy xossalari.
Fraktsion tarkibi. Bu tarkib dizel yonilg’isinining bug’lanishini ko’rsatuvchi va benzinlardagi kabi yonilg’i xajmi bilan yonilg’i temperatura orasidagi bog’liqlikni belgilab beradi. Dizel yonilg’ilari uchun haydashning boshlanishi 170-2000S; 50% qishki dizel yonilg’isi 2500S gacha, yozda esa 2800S, 96%, ya’ni haydashning oxiri 330-3600S temperaturagacha qaynab, bug’ga aylanishi lozim. Bu temperaturalar yonilg’ining yurgizib yuborish xususiyatlariga ta’sir ko’rsatadi. Dizel yonilg’isining ancha yuqori temperatura haydalishi yonilg’ida og’ir fraktsiyalar borligida darak beradi. Bu og’ir fraktsiyalar yonilg’i aralashma hosil bo’lishi protsessini yomonlashtiradi, yonilg’i ko’p sarf bo’ladi, ishlatilgan gaz tutab chiqadi va quyundi ko’p hosil bo’ladi.
Dizel yonilg’isining qovushqoqlik xossalari. Yonilg’ining tsilindrda yonuvchi aralashma ish sifatiga ta’sir etuvchi xossalaridan biri - qovushqoqlik xossasidir.
Qovushqoqlik deb, suyuqliklarning ichki ishqalanishiga qarshilik ko’rsatish xossasiga aytiladi. Suyuqliklarning bunday xossasi ularning molekulalarini harakati orqali xosil bo’ladi.
Qovushqoqlik deganda masalan oquvchanlikni ham tushunish mumkin. Mas. jumrakli (bakdan) kanistrdan benzin, moy, dizel yonilg’isini quyib vaqtni belgilasak, benzin tezroq to’ladi, dizel yonilg’isi ozgina sekinroq, moy esa yana ham kechroq oqadi.
Demak, qovushqoqlik deb, tashqi kuch ta’sirida suyuqlik zarralari harakatlanganda bir-biriga ko’rsatadigan qarshilikka aytiladi. Dizelli dvigatellari uchun yonilg’ining qovushqoqligi katta ahamiyatga ega. Suyuqlik-ning ichki xossalarini belgilaydigan absolyut qovushqoqlik va shartli (mavhum qiymatga ega bo’lgan) qovushqoqlik bo’ladi. Absolyut qovushqoqlik, o’z navbatida, dinamik va kinematik xillarga bo’linadi. Dinamik qovushqoqlik -puazda (P, o’lchamligi gsm/s) o’lchanadigan ichki ishqalanish koeffitsientidir.
Puaz-yuzi 1 sm2 bo’lgan, bir-biridan 1 sm masofada turuvchi ikkita suyuqlik qatlamining 1 dina (gsm/s2) ga teng tashqi kuch ta’si-rida 1 sm/s tezlikda o’zaro harakatlanishiga bo’ladigan qarshilik. Xalqaro o’lchov bir-liklari sistemasi SIda yuza m2 da, kuch-nqyutonda, masofa metrda o’lchanadi. Binobarin, qovushqoqlik o’lchamliligi ns/m2 bo’ladi. /Pq0,1 ns/m2.
Neft mahsulotlarining xossalarini baholashda, odatda kinematik qovushqoqlik - ichki ishqalanishning solishtirma koeffitsienti ko’rib chiqiladi. Kinematik qovushqoqlik va dinamik qovushqoqlik o’zaro bog’liq q/, ya’ni bir xil temperaturadagi dinamik qovushqoqlik ning suyuqlik zigligi () nisbatiga teng.
Kinematik qovushqoqlik stoksda (St) yoki undan 100 marta kichik bo’lgan birlik-santistoksda (s St) o’lchanadi. SI sistemasida kinematik qovushqoqlik (m2/s) o’lchanadi, chunki
qkg/ms; qkg/m3; ya’ni q kg/ms; kg/m3qkg/m3/mskgqm2/s;
1sq10-4 m2/s; 1sSGq10-6m2/s
Temperatura o’zgarishi bilan qovushqoqlik ham o’zgaradi shuning uchun qovushqoqlikning qiymatini ko’rsatishda u qanday temperaturada aniqlanganligini ham ko’rsatish zarur.
Dizel yonilg’isi uchun 20 0S temperaturadagi qovushqoqlik normalanadi, turli markadagi yonilg’ilar uchun 1,86,0 s St atrofida bo’lishi kerak. qovushqoqligi o’rtacha bo’lgan (20 0S 2,54,0 s St) dizel yonilg’isidan foydalanish ma’qul. Qovushkoqlik kamayib ketishi yoki oshib ketishi yonilg’i berish apparatlarining ishi hamda aralashma xosil bo’lish va yonilg’ining yonish protsessi buziladi.
Qovushqoqlik past bo’lganda yonilg’i yuqori bosim nasosi plunjer juftidagi zazor orqali o’tadi, bu esa purkash bosimining kamayishiga olib keladi, yonilg’i forsunka teshiklari orqali sizib chiqishi natijasida qurum xosil bulishini kamaytiradi. Yonilg’i nasosining pretsizion juftlari yonilg’i bilan moylanadi, yonilg’i qovushqoqligi pasayishi natijasida moylash xossalari yomonlashadi, bu esa yeyilishning oshishiga olib keladi. Yonilg’i sarfi ortadi, dvigatel quvvati pasayadi.
purkalish fakeli qiska bo’ladi.
Qovushqoqlik oshib ketganda yonuvchi aralashma xosil bo’lish sifati yomonlashadi, yirik tomchilar xosil bo’lib, yonilg’i bug’lanishiga ko’p vaqt kerak bo’ladi. Yonilg’i to’liq yonmaydi. Sarfi ortadi. Qurum xosil bo’lib ish bajargan gazlar qorayib chiqadi, yonilg’i porshen tubiga va kamera devorlariga o’tirib qoladi.
purkalish fakeli uzun buladi.
Qovushqoqlik o’rtacha bo’lganda yonilg’i bir xil tartibli tomchilar tarzida to’zitiladi. Bug’li aralashma yonish protsessi yaxshilanadi. Oquvchanligi yaxshi bo’ladi, trubalardan, mayin tozalash filqtri, yuqori bosim nasoslaridan yonilg’i oson o’tadi. Yilning sovuq vaqtida dizellar yaxshi ishlashini ta’minlash uchun qishki sort dizel yonilg’isining qovushqoqligi pastroq bo’ladi (chunki sovuqda og’ir harakatlanadigan bo’lib qoladi nasoslardan o’tishi qiyinlashadi).
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1
|
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
-40 -30 -20 -10 0 10 20 t, 0S
|
8-rasm. Dizel yonilg’isi qovushqoqligini - , temperaturasi - t 0C
bog’liqlik grafigi.
1- yozgi; 2-qishki; 3-shimoliy dizel yonilg’ilar.
Dostları ilə paylaş: |