Ekspluatatsion xossalari GTJ-22, GTJ-22Mdan yuqoriroq. Undan yuk avtomobillari tormozlarining yuritmalarida ham foydalanish mumkin.
BSK suyuqligi 50% moy va 50% butil spirti, kanakunjut moyi va izobutil spirtidan teng miqdorda tayyorlanadi. Unga qizil bo’yovchi modda qo’shiladi. Uni yuk va yengil avtomobillarning (Jigulidan boshqa) tormoz gidroyuritmalarida ishlatiladi.
1180S da qaynay boshlaydi, -200S da kanakunjut moyi kristallana boshlaydi, shuning uchun BSK shu temperaturagacha ishlashi mumkin. Texnik xizmat qoidalariga asosan suyuqlik almashtirilib turadi.
Kanakunjut asosidagi suyuqlik kanakunjut moyini turli spirtlar bilan aralashtirib tayyorlanadi:
qizil suyuqlik BSK: 50% moy 50% butil spirti asosida tayyorlanadi;
sariq suyuqlik ESK: 60% moy 40% etil spirti asosida tayyorlanadi;
Bu suyuqliklar -25 0S + 70 0S gacha optimal qovushqoqlikga ega. ESK suyuqligi 78 0S da u qaynaydi. SHuning uchun hozirgi vaqtda ESK ishlab chiqarilmaydi.
BSK suyuqlikligi: butil spirti bilan tozalangan kanakunjut moyining aralashmasidan (1:1 nisbatda) iborat tormoz suyuqligi yaxshi moylash xususiyatlariga ega. Minus 20 0S temperaturagacha ishga layoqatli. Ancha past temperaturalarda ham tormoz sistemalarining ishga layoqatligini saqlash uchun suyuqlikka etil yoki butil spirti (1:1 nisbatda) qo’shiladi. Qaynash temperaturasi uncha yuqori (+ 115 0S) bo’lmaganligidan BSK suyuqligini disk tormozli avtomobillarda ishlatib bo’lmaydi. Suv qo’shganda qatlamlanadi. «Neva» va GTJ-22M tormoz suyuqliklari bilan aralashmaydi. Yong’in jihatdan xavfli. Unga qizil rang berilgan (qo’shilgan). Bu suyuqlik baraban tormozli barcha yengil kish-yashil rangda bo’ladi.
Engil avtomobillarda «Neva» tormoz suyuqligi ishlatilishi mumkin. Masalan, jiguli, moskvich, volga yengil avtomobillarida gidrotormoz sistemalarida barcha mavsumlarda «Neva» tormoz suyuqligi ishlatiladi. Bunday nomdagi tormoz suyuqligi qator sun’iy kimyoviy birikmalarning murakkab kompozitsiyasidan iborat. Uni plyus 50 dan minus 50 0S gacha bo’lgan temperatura intervalida ishlatish mumkin. Plyus 190 0S da qaynaydi, qotish temperaturasi -60 0S. Zaxarli va yong’in jihatidan xavfli. Issiq suvda eriydi. Och sariq rang berilgan. Disk tormozli yengil avtomobillarda (VAZ, «Moskvich», GAZ-3102 «Volga»), albatta, ishlatiladi («CHayka», ZIL-114, -4104 kbi katta va juda yuqori klassli yengil avtomobillardan tashqari, bu avomobillar uchun maxsus tormoz suyuqliklari zarur). Baraban tormozli ZAZ-968M «Zaporojets»; IJ (barcha modellari); «Moskvich»-2136, -2137, -2138, -2140, -2733, -2734 yengil avtomobillarida; «Ural»; KrAZ-260 (ilashish muftasini ajratishning gidropnevmatik yuritmasi); GAZ-52-04, -53A, -53-12 yuk avtomobillarida KAvZ, PAZ-672 avtobuslarida ishlatish tavsiya etiladi.
Glikolli suyuqliklar asosida ishlab chiqarilgan suyuqliklar suvga chidamsiz. Ular suvni hatto germetik joylardan ham so’rib oladilar. SHuning uchun vaqt o’tishi bilan ularning qaynash temperaturasi pasayadi. (130-150 gacha yetadi). Hozirgi vaqtda qaynash temperaturasi 205 0S bo’lgan «Tomq» va 260 0S bo’lgan «Rosa» tormoz suyuqligi ishlab chiqarilmoqda.
Neftdan olingan GTN markali gidrotormoz suyuqligining temperatura xossalari yaxshi: qotish temperaturasi -63 0S, 50 0S dagi qovushqoqligi 10 sSg ga teng. Bu suyuqlik zichlama va shlanglari moy-benzinga chidamli rezinadan tayyorlangan sistemalar uchungina tavsiya etiladi.
Har qanday tormoz suyuqligiga yonilg’i va moy aralashishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi, chunki neftq maxsulotlari rezina detallarini yemiradi, oqibatda tormoz sistemasi ishlamay qoladi.