Rezinaning fizikaviy-mexanikaviy xossalari. Rezinaning cho’zilishdagi mustahkamligi, nisbiy va qoldiq uzayishi. Rezianing asosiy deformatsion va mustahkamlik xossalariga plastiklik va elastiklik xossalari, cho’zilishga qarshi mustahkamligi, cho’zilishdagi nisbiy uzayishi, cho’zilishdagi qoldiq uzayishi, berilgan uzayishdagi nisbiy kuchlanish va boshqalar kiradi.
Rezinadan tayyorlangan buyum va materiallarda cho’zuvchi kuchlar eng xavfli bo’lgani uchun, ularning mustahkamligi cho’zish orqali xarakterlanadi. Rezina buyumlar vaqt o’tishi bilan o’z mustahkamligini yo’qotib boradi (statik toliqish paydo bo’ladi) va nihoyat ular ishga yaroqsiz bo’lib qoladi.
Rezina buyumlarga o’zgarmas kuchlanish ta'sir etishdan boshlab buyumning yaroqsiz bo’lishigacha (buzilishi) ketgan vaqt uning shu vaqt ichidagi mustahkamligi yoki uzoqqa chidamliligi deyiladi. Kuchlanish miqdori ortib borishi bilan uzoqqa chidamlilik keskin kamayadi. Rezina cho’zilgan vaqtda uning o’z shaklini saqlab qolish xususiyati deformatsiya tezligi, harorat, rezina tarkibi va uning tuzilishiga bog’liq.
Cho’zish tezligi qancha yuqori bo’lsa, rezina materialni buzish uchun shunchalik kam kuch talab etiladi. Deformatsiya vaqtida haroratning o’zgarishi mustahkamlik ko’rsatkichiga ta'sir qiladi. Odatda, harorat ortishi bilan rezina mustahkamligi kamayadi va aksincha. Sinash ishlarini solishtirish mumkin bo’lgan namunalar olish uchun, Davlat standarti yoki texnik shartlarda keltirilgan ma'lum tezlik va haroratda o’tkaziladi.
Avtomobil shinalarini ta'mirlashda ishlatiladigan rezinalarning mexanik xususiyatlarini asosiy ko’rsatkichlari