Kirish. Odam organizmi to’G’risida umumiy ma’lumot


TAYANCH – HARAKATLANISH SISTEMASI



Yüklə 172,93 Kb.
səhifə9/43
tarix20.11.2023
ölçüsü172,93 Kb.
#164147
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43
8,9 kitobcha test

TAYANCH – HARAKATLANISH SISTEMASI

1. Tayanch-harakatlanish sistemasi nimadan tashlik topgan(I) va vazifasi nimalardan iborat(II) ekanligini aniqlang?


A) I –skeletdan tashkil topgan; II –harakatlanish;
B) I –skelet va muskulardan tashkil topgan; II –hujum va himoya;
C) I – skelet va muskulardan tashkil topgan; II –tayanch, himoya va harakatlanish;
D) I –muskullardan tashkil topgan; II –himoya;

2. Quyidagi qismlar qaysi organlarni himoya qilishini to’g’ri juftlab yozing.


1-umurtqa pog’onasi; 2-kalla qutisi; 3-qorin bo’shlig’i devori; 4-ko’krak qafasi skeleti va muskullari;
a-yurak; b-oshqazon; c-bosh miya; d-o’pka; e-ichak; f-orqa miya; g-buyrak;
A) 1 –c; 2 –f; 3 –b; 4 –a, d;
B) 1 –f; 2 –c; 3 –b, g; 4 –a;
C) 1 –f; 2 –c; 3 –b, d; 4 –a;
D) 1 –f; 2 –c; 3 –e, g; 4 –a, b, d;

3. Odam organizmidagi suyaklar sonini(I), shulardan qanchasi toq(II) va qanchasi juft(III) ekanligini aniqlang.


A) I –206; II –35; III –86;
B) I –206; II –86; III –35;
C) I –206; II –36; III –85;
D) I –206; II –85; III –36;

4. Odam skeleti joylashishiga ko’ra qanday qismlarga bo’linadi?


A) bosh, bo’yin, umurtqa pog’onasi, ko’krak qafasi, qo’l va oyoq hamda ularning kamar skeleti;
B) bosh, umurtqa pog’onasi, ko’krak qafasi, qorin, chanoq, qo’l va oyoq hamda ularning kamar skeleti;
C) umurtqa pog’onasi, bosh, bo’yin, tana, qo’l va oyoq hamda ularning kamar skeleti;
D) umurtqa pog’onasi, bosh, tana, qo’l va oyoq hamda ularning kamar skeleti;

5. To’g’ri ma’lumotni aniqlang.


A) suyaklarning harakatchan birikkan joylari bo’g’im deyiladi;
B) bel umurtqalari bo’g’im hosil qilib birikadi;
C) bo’g’im orqali birikkan suyaklarning ikkisining ham uchi botiq bo’ladi;
D) g’ovak suyaklar bir-biri bilan bo’gim hosil qilib birikadi;

6. Sariq ilik qaysi suyakda bo’ladi?


A) g’alvirsimon; B) g’ovak;
C) yassi; D) naysimon;

7. Yassi suyaklarning vazifasini aniqlang.


A) harakatlanish va tayanch;
B) harakatlanish va himoya;
C) qon diposi va harakatlanish;
D) tayanch va himoya;

8. Yassi(I), g’ovak(II), g’alvirsimon(III) va naysimon(IV) suyaklarni ajrating.


1-bilak; 2-to’sh; 3-kaftusti suyaklari;
4-barmoq suyaklari; 5-chanoq; 6-yuz;
7- yuqorig’i jag’; 8-peshona; 9-kurak; 10-son; 11-kaft; 12-tirsak;
A) I –5; II –3; III –11; IV –4;
B) I –2, 9; II –3; III –7; IV –1;
C) I –9; II –2; III –8; IV –4;
D) I –12; II –7; III –2; IV –9;

9. Suyaklarning yo’g’onlashuvi qanday amalga oshadi?


A) suyakusti pardasi hisobidan sodir bo’ladi;
B) suyaklar ikki uchini qoplab turadigan tog’aylarning o’sishiga bog’liq;
C) somatotrop gormoni kam ishlab chiqarilishi hisobiga;
D) sariq ilik moddasining ko’p sintezlanishi hisobiga;

10. Bosh skeleti haqida noto’g’ri ma’lumotni aniqlang.


A) 23 ta suyakning birikishidan hosil bo’lgan bo’lib, kalla va yuz qismlariga ajratiladi;
B) kalla skeleti bittadan peshana va ensa, bir juftdan tepa va chakka suyaklaridan iborat;
C) yuz skeleti bir juftdan pastki jag’ va yanoq hamda bitta yuqori jag’;
D) kalla skeleti bir juftdan tepa va chakka , bittadan peshona va ensa suyaklaridan iborat;

11. Suyaklar necha xil usullarda birikadi.


A) 2 xil; harakatli va harakatsiz;
B) 3 xil; harakatchan, yarim harakatchan va harakatsiz;
C) 2 xil; bo’g’imli va bo’g’imsiz;
D) 3 xil; uzluksiz, bo’g’imli va bo’g’imsiz;

12. Suyaklarning qayishqoqligi nimaga bog’liq.


A) anorganik moddalar hisobiga bog’liq;
B) organik moddalar hisobiga bog’liq;
C) suyakusti pardasiga bog’liq;
D) suyak iligining miqdoriga bog’liq;

13. Pay cho’zilganda birinchi yordam sifatida muz solingan xaltacha yoki sovuq suvda ho’llangan sochiq bosiladi. Bu tadbirning ahamiyati noto’g’ri ifodalangan javobni aniqlang.


A) zararlangan joyda shish paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaydi;
B) og’riqni kamaytiradi;
C) ichki qon ketishini kamaytiradi;
D) bo’g’im harakatlanmasligi uchun yordam beradi;

14. Qaysi suyak shikastlanganda bemor yuztuban yotqiziladi.


A) qo’l suyaklari singanda;
B) oyoq suyaklari singanda;
C) umurtqa pog’onasi shikastlanganda;
D) miya qutisi suyaklari shikastlanganda;

15. Noto’g’ri ma’lumotni aniqlang.


A) yarim harakatchan birikishda o’zaro birikadigan suyaklar orasida tog’ay qatlam bo’ladi;
B) bel umurtqalari o’zaro yarim harakatchan birikkan;
C) kalla suyaklari o’zaro chok orqali harakatsiz birikkan;
D) yuz chanoqsuyaklari, dumg’aza umurtqalari choksiz harakatli birikkan;

16. Odam tanasidagi muskullar qanday guruhlarga ajratiladi.


A) skelet muskullari, ko’ndalang targ’il muskullar va yurak muskullari;
B) silliq tolali muskullar, skelet muskullari va ko’ndalang targ’il muskullar;
C) silliq tolali, skelet muskullari va yurak muskullari;
D) skelet muskullari va ko’ndalang targ’il muskullar;

17. Umurtqa pog’onasi haqida to’g’ri ma’lumotni aniqlang.


A) har bir umurtqa tana, bir nechta o’simta va teshikdan iborat;
B) umurtqa pog’onasining bo’yi va dumg’azada lordoz, ko’krak va belda kifoz mavjud;
C) bel umurtqalari o’zaro haralatsiz tutashgan 5 ta umurtqalardan iborat;
D) umurtqa pog’onasi nayida bosh miya joylashgan;

18. Odam tanasidagi muskullar sonini aniqlang.


A) 800 ta; B) 600 ta;
C) 500 ta; D) 470 ta;

19. G’alvirsimon suyakni aniqlang.


A) kurak; B) chanoq;
C) peshona; D) umurtqa;

20. Qo’lni tirsakdan bukuvchi(I) va tirsakdan yozuvchi(II) muskullar qayerda joylashgan va qanday muskulligini aniqlang.


A) I – bilak suyagining oldingi sohasida joylashgan ikki boshli muskul; II – bilak suyagining orqa sohasida joylashgan uch boshli muskul;
B) I –bilak suyagining orqa sohasida joylashgan uch boshli muskul;
II –bilak suyagining oldingi sohasida joylashgan ikki boshli muskul;
C) I – yelka suyagining orqa sohasida joylashgan uch boshli muskul;
II – yelka suyagining oldingi sohasida joylashgan ikki boshli muskul;
D) I –yelka suyagining oldingi sohasida joylashgan ikki boshli muskul;
II –yelka suyagining orqa sohasida joylashgan uch boshli muskul;

21. Ko’krak qafasiga xos to’g’ri ma’lumotni aniqlang.


A) ko’krak qafasi 12 ta qovurg’a, 12 juft umurtqa va bitta to’sh suyagidan iborat;
B) barcha qovurg’alarning oldingi uchi to’sh suyagiga birikkan;
C) oxirgi 2 ta qovurg’a yetim qovurg’a deyiladi;
D) soxta qovurg’alar soni 6 ta;

22. Qaysi suyak shikastlanganda bemor orqasi bilan yotqiziladi.


A) qo’l suyaklari singanda;
B) oyoq suyaklari singanda;
C) umurtqa pog’onasi shikastlanganda;
D) miya qutisi suyaklari shikastlanganda;

23. Odam tanasidagi muskullar qanday qismga bo’lib o’rganiladi.


A) bosh, tana, qo’l va oyoq;
B) bosh, tana, qo’l va oyoq hamda ular kamar muskullari;
C) bosh, bo’yin, tana, qo’l va oyoq;
D) bosh, bo’yin, qo’l va oyoq;

24. Oyoqdagi ikki boshli(I), uch boshli(II) va to’rt boshli(III) muskullarning vazifasini aniqlang.


A) I –oyoqni chanoqdan yozish; II –oyoqni tovondan bukush; III –oyoqni chanoqdan bukush;
B) I –oyoqni chanoqdan bukush; II –oyoqni tovondan bukush; III – oyoqni chanoqdan yozish;
C) I –oyoqni chanoqdan yozish; II –oyoqni tovondan yozish; III –oyoqni chanoqdan bukush;
D) I –oyoqni chanoqdan bukush; II –oyoqni tovondan yozish; III –oyoqni chanoqdan yozish;

25. Suyaklar tarkibi haqida noto’g’ri ma’lumotni aniqlang.


A) suyaklar biriktiruvchi to’qima hisoblanadi;
B) suyaklar uzun o’simtali hujayralardan va to’shsimon qattiq hujayra oralig’i moddasidan iborat;
C) suyaklar nervlar va qon tomirlari bilan taminlangan;
D) suyaklar sirtdan suyakusti pardasi bilan qoplanmagan;

26. Qachon bukuvchi va yozuvchi muskullar bir vaqtning o’zida qisqargan(I) va bo’shashgan(II) holatda bo’ladi.


A) I – bukuvchi muskullar qisqarib, yozuvchi muskullar bo’shashganida; II –bukuvchi muskullar bo’shashib, yozuvchi muskullar qisqarganda;
B) I –qo’llar oldinga uzatilib, biron yuk ko’tarib turganida; II –bukuvchi muskullar qisqarib, yozuvchi muskullar bo’shashganida;
C) I –qo’llar oldinga uzatilib, biron yuk ko’tarib turganida; II –qo’llar tananing ikki yonida osilib turganida;
D) I – bukuvchi muskullar qisqarib, yozuvchi muskullar bo’shashganida; II –qo’llar tananing ikki yonida osilib turganida;

27. Muskullar odamning nechi yoshigacha tez o’sadi.


A) 16; B) 17; C) 18; D) 25;

28. Qad-qomat quydagi qaysi organning rivojlanishiga bog’liq emas.


A) qon aylanish; B) muskullar;
C) umurtqa pog’onasi; D) skelet;

29. umurtqa pog’onasining qaysi qismida orqaga(I) va qaysi qismida oldinga (II) egilma mavjud.


A) I –bo’yin va bel; II –ko’krak va dumg’aza;
B) I –ko’krak va dumg’aza; II –bo’yin va bel;
C) I –bo’yin va ko’krak; II –bel va dumg’aza;
D) I –bel va dumg’aza; II –bo’yin va ko’krak;

30. Odam tanasidagi ikki boshli(I), uch boshli(II) va to’rt boshli(III) muskullar qayerda joylashganini aniqlang.


A) I –boldirning orqa yuzasida; II –yelka suyagining orqa sohasida; III –sonning oldingi tomonida;
B) I –yelka suyagining oldingi sohasida; II –sonning orqa tomonida; III –sonning oldingi tomonida;
C) I –yelka suyagining oldingi sohasida; II –boldirning orqa yuzasida; III –sonning oldingi tomonida;
D) I –sonning oldingi tomonida; II –yelka suyagining orqa tomonida; III – sonning orqa tomonida;

31. Nima sababdan bolalarda va o’smirlarda umurtqa pog’onasi egikliklari yuzaga keladi.


A) umurtqa pog’onasi oraliqlaridagi tog’aylar to’liq suyakka aylanib ulgurmaganligi uchun;
B) umurtqa pog’onasini yozuvchi va bukuvchi muskullarni o’zaro ta’sirining o’zgarganligi tufayli;
C) gavda og’irligining umurtqa pog’onasiga ta’siri tufayli;
D) umurtqa pog’onasining to’liq suyakka aylanmaganligi tufayli;

32. Tovon gumbazining ahamiyatini aniqlang.


A) muvozanat vazifasini bajaradi;
B) yurganda tayanch vazifasini bajaradi;
C) tanani dast ko’tarib turadi;
D) odam sakraganda yoki yiqilganda organizmni kuchli zarbadan saqlaydi;

33. Suyak tarkilidan kalsiy ajratib olib tashlansa qanday holat yuzaga keladi.


A) mo’rtlashib qoladi;
B) egiluvchan va cho’ziluvchan bo’lib qoladi;
C) qattiqlashib ketadi;
D) maydalanib ketadi;

34. Quyidagi silliq tolali (I), skelet (II) va yurak (III) muskullari uchun xos hususiyatlarni to’g’ri juftlang.


1-qon tomirlar devorini qoplab turadi; 2-ko’ndalang chiziqli tolalardan iborat; 3-faoliyati odam ixtiyoriga bog’liq; 4-faoliyati odam ixtiyoriga bog’liq emas; 5-ko’ndalang chiziqli tolalarining ayrim qismlari yopishib, to’rga o’xshash joylashgan; 6-tez va kuchli qisqaradi; 7-sekin va kuchsiz qisqaradi; 8-tolalari ingichka va uzun; 9-tolalari duksimon kalta; 10-ichki organlar devorini qoplab turadi;
A) I –1, 4, 6; II –2, 3, 7; III –5, 6;
B) I –1, 9, 10; II –3, 5, 7; III –4, 6;
C) I –4, 9, 10; II –2, 6, 8; III –4, 6;
D) I –1, 4, 9; II –2, 6, 8; III –6, 9;

35. Suyaklarning qayerida bo’rtmalarni ko’rishimiz mumkin?


A) muskullarning suyakka birikkan joyida;
B) paylarning suyaklarga birikadigan joyida;
C) yaxshi chiniqqan suyaklarda;
D) muskullari yaxshi chiniqqan suyaklarda;

36. Qachon qo’llar bo’gimidan bukuladi.


A) qo’llar tananing ikki yonida osilib turganida;
B) bukuvchi muskullar bo’shashib, yozuvchi muskullar qisqarganda;
C) qo’llar oldinga uzatilib, biron yuk ko’tarib turganida;
D) bukuvchi muskullar qisqarib, yozuvchi muskullar bo’shashganida;

37. G’ovak suyakni aniqlang.


A) yuqorigi jag’; B) kaft;
C) kaftusti; D) kurak;

38. Bolaning yumshoq to’shak va baland yostiqda yotishi qaysi suyaklarning noto’g’ri shakllanishiga olib keladi.


A) umurtqa pog’onasi va bosh suyaklarining;
B) oyoq va qo’l suyaklarining;
C) umurtqa pog’onasi va qo’l-oyoq suyaklarining;
D) bosh suyagi va qo’l-oyoq suyaklari;

39. Qad-qomati noto’g’ri shakllangan odamlar jismoniy mehnat qilganda quyidagi qaysi holat kuzatilmaydi.


A) nafas olishi qiyinlashadi;
B) nafas olishi tezlashadi;
C) yurak urushi tezlashadi;
D) tez charchaydi;

40. To’g’ri ma’lumotni aniqlang.


A) qo’l skeleti yelka, bilak, kaftusti, kaft, panja va 2 ta yelka Kamari suyaklaridan iborat;
B) yelka kamari qo’lning erkin qo’lning erkin suyaklarini umurtqa pog’onasining bel bo’limi bilan tutashtirib turadi;
C) bitta katta yassi chanoq suyak oyoq kamarini hosil qiladi;
D) oyoq skeleti son, tizza qopqogi, katta va kichik bolder, tovon, kaft va barmoq suyaklaridan iborat;
QON

1. To’qima suyuqligi (I), limfa (II) va qon (III) haqida to’g’ri ma’lumotlarni juftlab yozing.


1-hujayralar orasidagi suyuqlik; 2-tiniq va biroz sarg’ish suyuqlik; 3-hujayralar oziq modda va kislorod oladi;
4-organizmning ichki muhitini saqlashda muhim ahamiyatga ega; 5-tarkibida juda ko’p lekotsitlar mavjud; 6-organizmni har xil mikroblardan himoya qiladi; 7-odam tana massasining 7 % ini tashkil qiladi; 8-doimo harakatlanib turadi; 9-qon tomirlari orqali yangilanib turadi;
A) I –3, 9; II –5, 7; III –1, 6;
B) I –8, 9; II –5, 6; III –3, 7;
C) I –1, 8; II –2, 6; III –4, 7;
D) I –1, 3; II –2, 8; III –4, 7;

2. Quyidagilardan qonning transport funksiyasini aniqlang?


A) Sekretsiya bezlarida sintezlangan moddalarni to’qima va organlarga yetkazish;
B) Karbonat angidridni o’pkadan to’qimaga yetkazish;
C) Suv orqali kiradigan mineral moddalarni to’qima va organga yetkazish;
D) Organizmga kirgan mikroblarni qamrab olib parchalash va zararsizlantirish;

3.Qonning (I), shaklli elementlarning(II), va qon plazmasining(III) solishtirma og’irligini toping?


A) I-1.050-1.060; II-1.025-1.034; III-1.090;
B) I-1.050-1.060; II-1.090; III-1.025-1.034;
C) I-1.025-1.034; II-7.6-8.1; III-1.090;
D) I-1.090; II-1.025-1.034; III-1.050-1.060;

4. Odam organizmida ko’p suv yo’qotilganida yuz beradigan holatni aniqlang.


A) qon quyuqlashib, yopishqoqligi kamayadi;
B) shaklli elementlar ko’payib, yopishqoqlik kamayadi;
C) qon plazmasi ko’payib, shaklli elementlar kamayadi;
D) qon quyuqlashib, yopishqoqligi ortadi;

5. Izotonik eritma nima?


A) Osmotik bosim qon plazmasi bosimiga teng;
B) Osh tuzining 0.8%li eritmasi;
C) Osmotik bosim atmosfera bosimiga teng;
D) Osmotik bosim qon plazmasidan yuqori;

6. Qonning boshqarish funksiyasini aniqlang.


A) kislorodni o’pkadan to’qimaga tashish;
B) organizmga kirgan mikroblarni qamrab olib, parchalash;
C) organizm ichki muhiti osmatik bosimini saqlash;
D) organizmdagi ortiqcha suvni chiqartish;

7. Tuzlarning past konsentratsiyali eritmasi nima deyiladi?


A) Gipertonik; B) Izotonik;
C) Gipotonik; D) Fiziologik;

8. Noto’g’ri fikrni toping.


A) qonning yopishqoqligining yuqori bo’lishi uning takibidagi oqsillar, shaklli elementlar, xususan eritrotsitlar bilan bog’liq;
B) qonning fiziologik xossalariga – osmatik bosimi, yopishqoqligi, solishtirma og’irligi misol bo’ladi;
C) suvning yopishqoqligi qonnikidan 5 marta ko’p;
D) gemoglobin qon plazmasiga chiqib, uni bo’yaydi;

9. Organizmning ichki muhitini nima (lar) tashkil qilinishini aniqlang.


A) qon va limfa;
B) to’qima suyuqligi, qon va limfa;
C) to’qima suyuqligi va qon;
D) limfa va to’qima suyuqligi;

10. Organizmga kirgan mikroblarni bir-biriga yopishtirib, eritib yuborish xususiyatiga ega bo’lgan tuzulma qayerda uchrashini aniqlang.


A) to’qima suyuqligida;
B) limfa suyuqligida;
C) qon plazmasida;
D) taloqda;

11. Qon plazmasida oqsil (I) va suv (II) necha foiz ko’rsatkichda uchrashini aniqlang.


A) I –10 %; II –90 %;
B) I –8 %; II –92 %;
C) I –7 %; II –92 %;
D) I –7 %; II –90 %;

12. Qonning ivishi qon plazmasidagi qaysi oqsilga bog’liq bo’ladi?


A) Fibrinogen; B) Tromboplastin;
C) Protrombin; D) Girudin;

13. Eritrotsit(I), lekotsit(II) va trombotsit(III)larga xos hususiyatlarni juftlab yozing.


1) qon plastinkalari; 2) 1 mm3 qonda 4-6 mln dona uchraydi; 3) yadroga ega rangsiz hujayra; 4) yadrosiz hujayra; 5) qonning ivishini taminlaydi; 6) shakli o’zgaruvchan; 7) shakli yumaloq ovalsimon; 8) ikki tomoni yupqalashgan disksimon shaklda; 9) to’rt oy yashaydi; 10) 2 – 5 kun yashaydi;
A) I –2, 4, 9; II –3, 5, 6; III –4, 5, 7;
B) I –4, 8, 9; II –5, 10; III –1, 5, 7;
C) I –2, 4, 8; II –3, 6, 10; III –1, 4, 5, 10;
D) I –4, 8, 10; II –3, 7,9; III –1, 4, 10;

14. Qon ivishining oldini oluvchi moddalar hayvonlarning qaysi tip vakillarida ham aniqlangan.


A) Molluskalar B) Yassi chuvalchanglar
C) Bir hujayralilar D) Bo’g’imoyoqlilar

15.Trombga xos bo’lmagan xususiyatlarni aniqlang?


A) Qon laxtasi;
B) Qon ivishini amalga oshiradi;
C) Iviyotgan qonlar yig’indisi;
D) Trombotsit tarkibidagi ferment;

16. Qaysi organlarda eritrotsitlar 70% dan ko’p saqlanishi mumkin.


A) teri, jigar, o’t; B) o’t, teri, buyrak;
C) teri, ichak, jigar; D) ichak, buyrak, o’t;

17. Qonning tomirlarda ivishiga to’sqinlik qiladigan modda(lar)ni aniqlang.


A) geparin; B) girudin;
C) protrombin; D) A va B

18. 1 sm3 qonda necha dona trombotsitlar bo’ladi.


A) 300-400 ming; B) 3-4 mln;
C) 350-450 ming; D) 6-8 ming;

19. Gemaglobinning oqsil qismi(a) va temir qismi(b) nima deb ataladi.


A) a-gem, b-globen; B) a-gemo, b-ben
C) a-globen, b-gem; D) a-ben, b-gemo;

20. Kislorod bilan to’yingan qon qanday rangda bo’ladi.


A) qizil; B) och qizil;
C) to’q qizil; D) pushti;

21. Rezus omil, antigen qonning qaysi qismida uchraydi.


A) ertrotsitlarda; B) leykotsitlarda;
C) trombotsitlarda; D) qon plazmasida;

22. To’g’ri fikrni aniqlang.


A) rezus omil avloddan avlodga irsiylanmaydi;
B) rezus omil odam hayoti davomida o’zgarmaydi;
C) to’q qizil qon arteriya qoni diyiladi;
D) 1sm3 qonda 6-8 ming leykotsitlar bor;

23. Qaysi qon hujayralari shakli o’zgaruvchan va faol harakatlanish xususiyatiga ega.


A) ertrotsitlar; B) trombotsitlar;
C) leykotsitlar; D) qon plazmasi;

24. Virusli immun tanqisligi davrlarini ketma-ketlikda aniqlang.


1. latentlik davri; 2. terminal davri; 3. o’tkir davri; 4. OITSdan oldingi davri; 5. inkubatsiya davri.
A) 5,1,3,4,2; B) 3,5,2,1,4;
C) 3,5,2,4,1; D) 5,3,1,4,2;

25. Qaysi oqsil mikroblar ajratadigan zaharli moddalarni parchalab neytrallaydi.


A) antitello; B) antitoksin;
C) gemoglabin; D) antigen;

26. Noto’g’ri ma’lumotni aniqlang.


A) qon ivishi trombotsitlar tarkibidagi tromboplastin oqsiliga bog’liq;
B) tromboplastin fermenti protrombin fermentini trombinga aylantiradi;
C) zuluklarning so’lak bezi ishlab chiqaradigan geparin moddasi qonning tomirlarda ivishiga to’sqinlik qiladi;
D) gemofiliya gen bilan bog’iq irsiylanadigan kasallik;

27. Virusli immune tanqisligi rivojlanishiga ko’ra nechta davrga bo’linadi.


A) 3; B) 4; C) 5; D) 6;

28. Trombotsitlarga xos hususiyatni ajrating.


1) qon plastinkalari; 2) 1 mm3 qonda 4-6 mln dona uchraydi;
3) yadroga ega rangsiz hujayra; 4) yadrosiz hujayra; 5) qonning ivishini taminlaydi; 6) shakli o’zgaruvchan; 7) shakli yumaloq ovalsimon; 8) ikki tomoni yupqalashgan disksimon shaklda; 9) to’rt oy yashaydi; 10) 2 – 5 kun yashaydi;
A) 4, 5, 6, 10; B) 1, 4, 7, 9;
C) 2, 4, 6, 10; D) 1, 4, 5, 7;

29. Immunitet xaqida nato’g’ri ma’lumotni aniqlang.


A) tug’ma immunitet ota-onadan bolaga beriladi;
B) infeksiyali kasalliklardan so’ng paydo bo’lgan immunitet hosil qilingan immunitet diyiladi;
C) tug’ma va hosil qilingan immunitet tabiiy immunitet diyiladi;
D) tug’ma tabiiy,hosil qilingqn suniiy immunitet diyiladi;

30. Limfa bezlarining og’riqsiz yiriklashuvi, virusli immune tanqisligining qaysi davrida yuzaga keladi.


A) latentlik davrida; B) o’tkir davrida;
C) inkubatsiya davrida; D) terminal davrida;

31. Qon guruhlarining plazmasi tarkibi to’g’ri juftlangan javobni aniqlang.


a-I qon guruh; b-II qon guruh; c-III qon guruh; d-IV qon guruh;
1-aggiutinin a; 2- aggiutinin b; 3-agglutinogen A; 4-agglutinogen B;
A) a – 1, 2; b – 1; c – 1; d – 3, 4;
B) a –2, 3; b –3, 4; c –1, 2; d –1, 4;
C) a –1, 2; b –2; c –1; d –0;
D) a –1, 2; b –2; c –1; d –3, 4;

32. Eritrotsitlarning qayerda yemirilishi(I) va qayerda saqlanishi(II) ni aniqlang.


1-o’t pufagida; 2-jigarda; 3-terida; 4-taloqda;
A) I –1, 2, 3; II –2, 3; B) I –2, 4; II –1, 2, 3;
C) I –1, 3; II –2, 4; D) I –1, 2, 3; II –2, 4;

33. Qanday holatda bolada gemolitik kasallik yuzaga kelishi mumkin.


A) homila rizus musbat, ona rizus manfiy bo’lganda;
B) homila rizus manfiy, ona rizus musbat bo’lganda;
C) homila rizus manfiy, ona rizus manfiy bo’lganda;
D) homila rizus musbat, ona rizus musbat bo’lganda;

34. Ikkinchi qon guruhli odamlar qaysi qon guruhli odamlar uchun retsipiyent(I) va qaysi qon guruhli odamlar uchun donor(II) bo’la oladi.


A) I –uchunchi guruhli odamlar uchun; II –ikkinchi guruhli odamlar uchun;
B) I –to’rtinchi guruhli odamlar uchun; II –uchunchi guruhli odamlar uchun;
C) I –birinchi guruhli odamlar uchun; II –to’tinchi guruhli odamlar uchun;
D) I –ikkinchi guruhli odamlar uchun; II –birinchi guruhli odamlar uchun;

35. Ayollar(I) va erkaklar(II) qonining necha foizini gemoglobin tashkil qiladi.


A) I –17; II –18; B) I –12; II –13;
C) I –13; II –14; D) I –14; II –16;

36. Echki (I), odam(II) va baqa(III) qonining o’lchamini aniqlang.


A) I –0,007 mm; II –0,004 mm; III –0,004 mm;
B) I –0,004 mm; II –0,004 mm; III –0,007 mm;
C) I –0,004 mm; II –0,007 mm; III –0,004 mm;
D) I –0,004 mm; II –0,004 mm; III –0,004 mm;

37. Hosil qilingan immunitetga xos hususiyatni aniqlang.


A) ota-onadan bolaga beriladi;
B) infeksiyali kasalliklardan kiyin hosil bo’ladigan immunitet;
C) o’ldirilgan yoki kuchsizlantirilgan kasallik qo’zg’atuvchi mikroblar yuborish orqali yuzaga keltiriladi;
D) shifobaxsh zardobdan foydalaniladi;

38. Virusli immun tanqisligi rivojlanishining qaysi davrida 5-10 yil davom etadi.


A) inkubatsiya davri; B) o’tkir davri;
C) latentlik davri; D) OITS dan oldinga davr;

39. Odam immune tanqisligi virusi (OITV) bemorning qaysi qismlarida ko’p uchraydi.


A) qon, limfa va o’t suyuqligida;
B) qon, limfa suyuqligi va jigarda;
C) limfa, qon va orqa miya suyuqligida;
D) qon plazmasi, bosh miya oq moddasi va taloqda

40. To’qima suyuqligi haqida to’g’ri ma’lumotlarni juftlab yozing.


1-hujayralar orasidagi suyuqlik; 2-tiniq va biroz sarg’ish suyuqlik; 3-hujayralar oziq modda va kislorod oladi; 4-organizmning ichki muhitini saqlashda muhim ahamiyatga ega; 5-tarkibida juda ko’p lekotsitlar mavjud; 6-organizmni har xil mikroblardan himoya qiladi; 7-odam tana massasining 7 % ini tashkil qiladi; 8-doimo harakatlanib turadi;
9-qon tomirlari orqali yangilanib turadi;
A) 1, 3, 9; B) 2, 3, 8; C) 2, 5, 6; D) 3, 6, 9;



Yüklə 172,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin