Kirish. Odam organizmi to’G’risida umumiy ma’lumot


OVQAT HAZIM QILISH SISTEMASI



Yüklə 172,93 Kb.
səhifə12/43
tarix20.11.2023
ölçüsü172,93 Kb.
#164147
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   43
8,9 kitobcha test

OVQAT HAZIM QILISH SISTEMASI

1. Til (a) va tish (b) ning vazifasini aniqlang.


1. ovqatning ta’mini aniqlash; 2. ovqatni aralashtirish; 3. ovqatni maydalash; 4. ovqatni tomoq tomonga surish;
A) a-3; b-1,2,4; B) a-1,2,4; b-3;
C) a-1,3; b-2,4; D) a-2,4; b-1,3;

2. Oshqazon-ichakning keng tarqalgan parazit chuvalchanglari noto’g’ri juftlangan qatorni aniqlang.


1-exinokokk; 2-cho’chqa tasmasimoni;
3-qoramol tasmasimoni; 4-bolalar gijjasi;
5-rishta; 6-jigar qurti; 7-odam askaridasi;
A) 2, 4, 5; B) 2, 5, 6;
C) 3, 5, 6; D) 1, 3, 4;

3. Tishning emal qavatini 96-97% ni qaysi tuzlar tashkil etadi?


A) kalsiy, fosfor, ftor;
B) kalsiy, magniy, kaliy;
C) fosfor, kaliy, ftor;
D) fosfor, magniy, kaliy;

4. Bir ildizli (a), ikki va uch (b) ildizli tishlarni aniqlang?


1. kurak; 2.katta oziq; 3.qoziq; 4.kichik oziq.
A) a-1,4; b-2,3; B) a-2,3; b-1,4;
C) a-1,3,4; b-2; D) a-2; b-1,3,4;

5. Tish ildizi tish chuqurchasiga nima orqali mustahkam birikkan?


A) pankereatit; B) periodont;
C) pilorik; D) kardiol;

6. Sut tishlari necha yoshdan doimiy tishlar bilan almashina boshlaydi?


A) 8-10; B) 6-8; C) 10-12; D) 7-8;

7. Qoziq tishlar uchun xos hususiyatlarni juftlab yozing.


1-umumiy soni 4 ta; 2-umumiy soni 8 ta; 3-umumiy soni 12 ta; 4-koronkasi ponasimon; 5-koronkasi ikki qirrali; 6-koronkasi chaynash yuzasida bo’rtiqlari bor; 7-koronkasi kubsimon; 8-bir ildizli; 9-ikki yoki uch ildizli;
A) 1, 5, 9; B) 2, 5, 8;
C) 2, 4, 8; D) 1, 5, 8;

8. K vitammini qaysi ichakda sintezlanadi?


A) ingichka ichak; B) o’n ikki barmoq ichak;
C) yo’g’on ichak; D) to’g’ri ichak;

9.To’g’ri fikrni aniqlang?


A) ingichka ichakdagi bakteriya ishtrokida K vitamin hosil bo’ladi;
B) vorsinkalar devoiri bir qavat epiteliy hujayralaridan iborat;
C) oshqozonning yuqori-pilorik, pastki-kardiol tanasi mavjud;
D) xlorid kislata oshqozon devorini mexanik shkastlanishdan va fermentlar ta’siridan saqlaydi;

10. Birinchi bor toza oshqozon shirasini olish metodini ishlab chiqgan olimni aniqlang?


A) Basov; B) Sechinov;
C) Pavlov; D) Volter;

11. Oshqozon shirasi qaysi xollarda ajralib chiqishi mumkin?


A) ovqatni ko’rganda; B) chiroq yonganda;
C) ovqat yeganda; D) barchasi to’g’ri;

12. Yoshi 20 dan oshgan sog'lom yigitning og'iz bo‘shlig‘ida tuzilishiga ko‘ra 4 xil (А, В, С, D) tishlar mavjud bo‘lib, quyidagi ma’lumotlar asosida A va C tishlarni aniqlang. (A = B), (A + C ) / ( B - D )= 5


A) A-qoziq tish; C-katta oziq tish;
B) A-katta oziq tish; C- kichik oziq tish;
C) A-kurak tish; C-qoziq tish;
D) A-kichik oziq tish; C-katta oziq tish;

13. Qaysi bezdan ajralib chiqgan garmonlar ovqat hazm qilish bezlar ishini kuchaytradi (a) va susaytradi (b).


1. qalqonsimon; 2. gpifiz; 3.qalqonoldi;
4. gipofiz;
A) a-1; b-4; B) a-4; b-1;
C) a-1; b-2; D) a-4; b-3;

14. Ingichka ichakda vorsinkalar yordamida qaysi modda limfa tomirlariga so’riladi.


A) oqsillar; B) uglevodlar;
C) yog’lar; D) kraxmal;

15. Ovqatlanish rejimining buzilishi qaysi kasalliklarga sabab bo’lishi mumkin.


A) surunkali gastrit;
B) surunkali gepatit;
C) oshqozon yarasi;
D) A va С javob to’g’ri;

16. oshqozon osti bezining yallig’lanishi nimani keltirib chiqarishi mumkin.


A) pilorik; B) periodont;
C) kardiol; D) pankereatit;

17. Nima sababdan odam ovqatdan bo’kib qoladi.


A) ovqat tarkibidagi har xil ziravorlar, tuzlangan va achchiq salatlar tufayli;
B) tashqi muhit harorati ko’tarilganda ovqatning hazm bo’lmasligi tufayli;
C) ovqatlanayotgan paytda qattiq shovqin, kitob o’qish, ko’ngilga yoqmaydigan voqea va narsalarni eslash tufayli;
D) ko’p ovqat yeyilganda ovqat yaxshi aralashmasligi tufayli;

18. Oshqozonning yuqori (a) va pastki (b) qismida qanday tanacha mavjud.


1. kardiol; 2. pilorik; 3. pankereatit;
4. periodont;
A) a-1; b-3; B) a-4; b-1;
C) a-1; b-2; D) a-2; b-1;

19. Birinchi (a), ikkinchi (b),uchinchi (c) va to’rtinchi (d) probirkadagi So’lakning kraxmalga ta’sirini aniqlang.


1. so’lak sovuq haroratda kraxmalni parchalamagani; 2. so’lak solinmaganligi sababli kraxmal parchalanmaganligi; 3. iliq haroratda so’lak kraxmalni parchalashi; 4. xlorid kislota qo’shilganligi natijasida kislotali muhitda so’lak kraxmalga ta’sir etmasligi.
A) a-2; b-1; c-4; d-3; B) a-2; b-1; c-3; d-4;
C) a-1; b-2; c-3; d-4; D) a-1; b-2; c-4; d-3;

20. Oshqazon-ichakning keng tarqalgan parazit chuvalchanglari to’g’ri juftlangan qatorni aniqlang.


1-exinokokk; 2-cho’chqa tasmasimoni;
3-qoramol tasmasimoni; 4-bolalar gijjasi;
5-rishta; 6-jigar qurti; 7-odam askaridasi;
A) 1, 2, 3, 4; B) 2, 5, 6;
C) 3, 4, 5; D) 1, 3, 4, 7;

21. Katta oziq tishlar koronkasining shaklini aniqlang.


A) ponasimon; B) ikki qirrali;
C) kubsimon; D) duksimon;

22. Jigar hujayralarning yalig’lanishi(I), oshqozon shilliq qavatining yalig’lanishi(II) va jigar hujayralarining yemirilishi(III) kasalliklari nima deb ataladi.


A) I –pankreatit; II –gastrit; III –jigar sirroz;
B) I –gepatit; II –gastrit; III –jigar sirroz;
C) I –gepatit; II –enterit; III –jigar sirroz;
D) I –jigar sirroz; II –gastrit; III –gepatit;

23. Noto’g’ri ma’lumotni aniqlang.


A) tamaki tutuni tam bilish qobiliyati va ishtahani pasaytiradi;
B) aralash ovqatlar oshqozonda to’rt soatda hazm bo’ladi;
C) botulizm eskirib qolgan go’shtli oziq-ovqatdan zaharlanish hisoblanadi;
D) oshqazon devori bezining yalig’lanishi pankreatit deb ataladi;

24. Dentin(I) va emal(II) qavatining kimyoviy tarkibini aniqlang.


A) I –96-97% fosfor va kalsiy, biroz ftor; II –28% organik modda va 72% ftor, kalsiy, magniy, ftorli kaliy;
B) I –96-97% fosfor va kalsiy, biroz ftor; II –72% organik modda va 28% ftor, kalsiy, magniy, ftorli kaliy;
C) I –28% organik modda va 72% ftor, kalsiy, magniy, ftorli kaliy; II –96-97% fosfor va kalsiy, biroz ftor;
D) I –72% organik modda va 28% ftor, kalsiy, magniy, ftorli kaliy; II –96-97% fosfor va kalsiy, biroz ftor;

25. Kurak(I), qoziq(II), kichik oziq(III) va katta oziq(IV) tishlar uchun xos hususiyatlarni juftlab yozing.


1-umumiy soni 4 ta; 2-umumiy soni 8 ta; 3-umumiy soni 12 ta; 4-koronkasi ponasimon; 5-koronkasi ikki qirrali; 6-koronkasi chaynash yuzasida bo’rtiqlari bor; 7-koronkasi kubsimon; 8-bir ildizli; 9-ikki yoki uch ildizli;
A) I –2, 4; II –1, 5; III –2, 6; IV –3, 7, 9;
B) I –1, 4; II –1, 8; III –1, 6; IV –3, 9;
C) I –2, 7; II –1, 5; III –2, 6; IV –7, 9;
D) I –2, 4; II –5, 8; III –1, 6; IV –3, 8;

26. Og’iz bo’shlig’i shilliq pardasi zararlanganida uni tiklaydigan moddani aniqlang?


A) lizotsim; B) amilaza;
C) xlorid kislata; D) lipaza;

27. Appendiks(I) va vorsinka(II) uchun xos bo’lgan hususiyatni aniqlang.


A) I –chuvalchangsimon o’simta hisoblanadi; II –unda ko’plab limfa tugunlari joylashgan;
B) I –ingichka ichakning yo’g’on ichakka o’tadigan qismida joylashgan; II –uning qon tomiriga yo’glar, limfa tomiriga oqsil va uglevodlar so’riladi;
C) I –o’n ikki barmoq ichakning ingichka ichakka o’tish qismida joylashgan; II –ingichka ichak devorida joylashgan;
D) I –ingichka ichakning yo’g’on ichakka o’tadigan qismida joylashgan; II –devori bir qavat epiteliy hujayralaridan iborat;

28. Qaysi metod yordamida hazim qilish organlari va bezlarning sekret chiqarish yo’lida paydo bo’lgan kasalliklarni aniqlab olish mumkin?


A) zondlash; B) rentgenoskopiya;
C) endoskopiya; D) ultratovush;

29. Jigarga xos to’g’ri ma’lumotni aniqlang.


A) qorin bo’shlig’ining yuqori qismida, chap qovurg’alar yoyi ostida joylashgan;
B) jigar hujayralarining yalig’lanishi – gastrit deb ataladi;
C) jigar qonni filtlab, oziq moddalar bilan qonga so’riladigan zaharli moddalardan tozalaydi;
D) tashqi sekretsiya bezi hisoblanadi;

30. Ovqat hazm qilish sistemasining ketma-ketligini aniqlang.


1- og’iz bo’shlig’i, 2- oshqazon, 3-qizil o’ngach, 4-o’nikki bamoqli ichak, 5-halqum, 6-ingichka ichak, 7-to’g’ri ichak; 8-yo’g’on ichak,
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8; B) 1, 5, 3, 2, 4, 6, 8, 7;
C) 1, 5, 2, 3, 4, 6, 7, 8; D) 1, 5, 3, 2, 4, 6, 7, 8;



Yüklə 172,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin