SIYDIK AYIRISH SISTEMASI
1. Moddalar almashinuvi natijasida organizmda hosil bo‘ladigan qoldiq moddalar va almashinuv mahsulotlari nimalar orqali chiqarib yuboriladi.
1-ichak; 2-o'pka; 3- ter bezlari; 4- yog‘ bezlari; 5-buyrak;
A) 1, 2, 3, 4, 5; B) 1, 2, 3, 4;
C) 2, 3, 4, 5; D) 1, 2, 4, 5;
2. ….. orqali hazm bo‘lmagan ovqat qoldiqlari, tuzlar, o‘t
pigmentlari va xolesterin,chiqariladi.
A) ichak; B) o'pka;
C) ter bezlari va yog‘ bezlari; D) buyrak;
3. Buyrak haqida to’g’ri ma’lumotni aniqlang.
A) buyrakning tashqi oqimtir buyrak po’stlog’i va qoramtir ichki buyrak mag’izi qavatlari mavjud;
B) buyrak darvozasi buyrak ichi bo’shlig’I bilan tutashgan;
C) buyrak darvozasi orqali buyrakka arteriya va vena qon tomirlari, nervlar va limfalar o’tadi;
D) B va C;
4. Har bir nefronning uzunligini(a) mm va barcha nefronlarning uzunligini (b) km aniqlang.
A)a-50-60 b-100; B)a-50-55; b-200;
C)a-50-55; b-100; D)a-40-55;b-100;
5. Kalavasimon kanalchalarning devori orqali birlamchi siydik tarkibining necha foizi(I) qaysi qon tomiriga(II) qayta so'riladi.
A) I –98,5-99%; II –vena qon tomiriga;
B) I –98-99%; II –vena qon tomiriga;
C) I –98,5-99%; II –arteriya qon tomiriga;
D) I –98-99%; II –arteriya qon tomiriga;
6. Juft organ larni aniqlang?
1-yurak; 2-buyrak; 3-o’pka; 4-jigar;
5-meda; 6-taloq;
A) 1, 2, 3, 4, 5; B) 2, 3;
C) 1, 4, 5, 6; D) 3, 4, 6;
7. Buyrakda siydik hosil bo'lishini boshqaruvchi nerv tolalari va ularning funksiyasini juftlab ko'rsating.
a)simpatik nerv tolalari; b)parasimpatik nerv tolalari;
1)buyrak qon tomirlarini kengaytiradi; 2)siydik ajralishini kamaytiradi; 3)buyrak qon tomirlarini toraytiradi; 4)siydik ajralishini ko'paytiradi;
A)a-2,3; b-1,4; B)a-1,4; b-2,3;
C)a-1,3; b-2,4; D)a-2,4; b-1,3;
8. Buyrakda tosh paydo bo'lishi kasalligining sababini aniqlang.
1)tomoqdagi bodomsimon bezning yallig'lanishi (angina) 2)tish kasalliklarini o'z vaqtida davolatmaslik 3)ovqat tarkibida tuzni ko'p iste'mol qilish 4)kam harakatlanish
A) 1,2; B) 3,4; C) 1,3; D) 2,4;
9. Qaysi organlar sistemasi organizmda osmotik bosim doimiyligi, suv va tuzlar balansini saqlash, ya’ni gomeostazni ta’minlash funksiyasini bajaradi.
A) ichak; B) o'pka;
C) ter bezlari va yog‘ bezlari; D) siydik ayirish organlari;
10. Buyrak jomi va kosachalarni nima o‘rab turadi.
A) yog‘ kletchatka; B) kapsula;
C) kalavasimon kanalchalar; D) buyrak jomi;
11. Buyrak to'qimasi qavatlari va ularning rangini juftlab ko'rsating. a)tashqi po'st qavat; b)ichki mag'iz qavat; d)o'rta qavat;
1)qo'ng'ir; 2)oqimtir; 3)qoramtir;
A) a-3; b-2; d-1; B) a-2; b-1; d-3;
C) a-3; b-2; D) a-2; b-3;
12. Qalqonsimon bezda sintezlanadigan tiroksin gormoni .. ?
1)filtratsiya jarayonini kuchytirib, siydik ajralishini ko'paytiradi 2)reabsorbsiya jarayonini kuchaytirib, siydik ajralishini kamaytiradi 3)filtratsiya jarayonini susaytirib, siydik ajralishini kamaytiradi 4)reabsorbsiya jarayonini pasaytirib, siydik ajralishini ko'paytiradi
A)1; B)2; C)3; D)4;
13. Buyrak to'qimasi nimalardan tashkil topgan.
A)gepototsit; B)neyron;
C)nefron; D)alveola;
14. Birlamchi kapillarlar chigali qayerda joylashgan,
A) buyrak kapsulasi ichida;
B) buyrak jomi ichida;
C) buyrak darvozasi ichida;
D) buyrak arteriyasi ichida;
15. Quyidagilardan qaysi biri buyrak darvozasidan o‘tgach, ketma-ket ko‘p marta shoxlanib, kapillarlar chigalini hosil qiladi.
A) siydik nayi;
B) kapsula;
C) kalavasimon kanalchalar;
D) buyrak arteriyasi;
16. Gipofiz bezining orqa bo'lagida sintezlanadigan antidiuretik gormoni ...
1) filtratsiya jarayonini kuchaytirib, siydik ajralishini ko'paytiradi; 2) reabsorbsiya jarayonini kuchaytirib, siydik ajralishini kamaytiradi; 3) filtratsiya jarayonini susaytirib, siydik ajralishini kamaytiradi;
4) reabsorbsiya jarayonini pasaytirib, siydik ajralishini ko'paytiradi;
A) 1; B) 2; C) 3; D) 4;
17. Qaysi organ orqali suv va karbonat angidrid chiqariladi.
A) ichak; B) o'pka;
C) ter bezlari va yog‘ bezlari; D) buyrak;
18. Ikkala buyrakning vazni o‘rtacha ….. g keladi.
A) 500; B) 300; B) 150; D) 200;
19. Siydik hosil bo'lishining filtratsiya davrida arteriya kapillyarlari orqali qonning suyuq qismi qayerga o'tadi.
A) vena tomirlariga;
B) nefron bo'shlig'iga;
C) buyrak jomi bo'shlig'iga;
D) buyrakning mag'z qismi bo'shlig'iga;
20. Qaysi organ orqali suv va karbonat angidrid, tuzlar va azotli moddalar almashinuvi mahsulotlari chiqariladi.
A) ichak; B) o'pka;
C) ter bezlari; D) buyrak;
21. Organizmda hosil bo'ladigan moddalar almashinuvi mahsulotlarining necha foizi siydik bilan chiqarilmaydi.
A) 65%; B) 25%; C) 75%; D) 80%;
22. Ikkilamchi chigal nimani o‘rab oladi.
A) buyrak kosachalarida;
B) buyrak nefron naychalarida;
C) buyrak darvozasida;
D) buyrak arteriyasida;
23. Katta odamda siydik pufagining hajmini aniqlang.
A) 1 - 1,5 l; B) 300-400 ml;
C) 500-700 ml; D) 150-200 ml;
24. Buyrakka xos xususiyatlarni aniqlang.
1)juft organ; 2)qorin bo'shlig'ining bel qismida, birinchi va ikkinchi bel umurtqasining ikki yonida joylashgan; 3)loviya shakliga o'xshash; 4)ikkalasini og’irligi 150 g keladi; 5)tashqi mag’zi va ichki po’st qismdan iborat;
A) 1, 2, 4; B) 3, 4;
C) 1, 4, 5; D) 1, 2, 3;
25. Buyrak kasalliklari orasida buyrak yallig‘lanishi (a), qovuq yallig‘lanishi (b), siydik chiqarish yo‘lining yallig'lanishi (c), buyrakda tosh hosil bolish kasalligi va prostata bezining yallig‘lanishi (d) nima deb ataladi.
A) a- nefrit; c- sistit; b- uretrit; d- prostatit;
B) a- nefrit; b- sistit; d- uretrit; c- prostatit;
C) a- nefrit; b- sistit; c- uretrit; d- prostatit;
D) b- nefrit; a- sistit; c- uretrit; d- prostatit;
26. Siydik yo’lining uzunligi katta odamda qancha sm bo’ladi ?
A) 25-30 sm; B) 25-35 sm;
C) 30-40 sm; D) 20-30 sm;
27. Moddalar almashinuvi mahsulotlarini organizmdan chiqarishda qaysi organlar sistemasi asosiy ahamiyatga ega.
A) ichak;
B) o'pka;
C) ter bezlari va yog‘ bezlari;
D) siydik ayirish sistemasi;
28. Buyrak darvozasi nima bilan tutashgan.
A) buyrak ichi bo‘shlig‘i bilan;
B) kalavasimon kanalchalar bilan;
C) buyrak jomi bilan;
D) nefronlar bilan;
29. Buyrak funksiyasini boshqaruvchi nerv markazi qayerda joylashgan.
A) orqa miyada; B) bosh miyada;
C) uzunchoq miyada; D) orqa va bosh miyada;
30. Bir sutkada ... litr birlamchi siydik hosil bo'ladi, uning ... litri kalavasimon kanalchalar devori orqali qonga qayta so'riladi, qolgan ... litri ikkilamchi siydik sifatida tashqariga chiqariladi.
A) 90; 73,5-74; 1,5-2;
B) 100; 98,5-99; 1-1,5;
C) 100; 98,5-99; 2-2,5;
D) 98; 86,5-87; 1-1,5;
31. Buyrak kesmasida uning tashqi(a) va oqish(b) qavatlariga xos hususiyatlarni aniqlang.
A) b- po’stloq; a-qoramtir;
B) a- qoramtir; b-mag’zi;
C) a- mag’iz; b-po’stloq;
D) a- oqimtir; b- mag’zi;
32. Siydik hosil bo'lishining ikkinchi davrida (reabsorbtsiya) ...
A) kalavasimon kanalchalarning devori orqali birlamchi siydik tarkibidagi qand va aminokislotalar, suv va mineral tuzlarning ko'p qismi vena tomirlariga qayta so'riladi;
B) nefrondagi arteriya kapillyarlari orqali qonning suyuq qismi filtrlanib, nefron bo'shlig'iga o'tadi;
C) birlamchi siydik nefronlar orqali qayta filtrlanadi;
D) kalavasimon kanalchalar devori orqali birlamchi siydik tarkibidagi siydik kislota, mochevina, kriatinin, qoldiq azot, tuz va suv ajratiladi;
Dostları ilə paylaş: |