Kirish. Odam organizmi to’G’risida umumiy ma’lumot


MODDALAR VA ENERGIYA ALMASHINUVI



Yüklə 172,93 Kb.
səhifə13/43
tarix20.11.2023
ölçüsü172,93 Kb.
#164147
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43
8,9 kitobcha test

MODDALAR VA ENERGIYA ALMASHINUVI

1. Assimilatsiya uchun hos xususiyatni aniqlang.


1-energiya ajralib chiqadi; 2-oddiy birikmalardan murakkab birikmalar hosil bo’ladi; 3-yirik organik moddalarning fermentlar ishtirokida parchalanishi;
4-aminokislatalardan oqsillarning sintezlanishi; 5-adinozintrifosfat kislota sintezlanishi; 6-energiya almashinuvi;
7-plastik almashinuv;
A) 1, 2, 5; B) 2, 4, 7;
C) 4, 5, 7; D) 3, 5, 6;

2. Organizmda sodir bo’ladigan moddalar va energiya almashinuvining bosqichlarini va ularning ketma-ketligini to’g’ri juftlab yozing.


1-ovqatning hazm bo’lishi, ya’ni fermentlar ishtirokida ichakda quyi molekulali moddalarni yuqori molekulali moddalarga aylanishi;
2-ovqatning hazm bo’lishi, ya’ni fermentlar ishtirokida ichakda yuqori molekulali birikmalarni quyi molekulali moddalargacha parchalanishi; 3-moddalar almashinuvi oxirgi mahsuloti organizmdan chiqarilishi;
4-moddalar parchalanib, almashinuv mahsulotlari hosil bo’lishi; 5-oziq moddalar so’rilib, to’qima va hujayralarga yetkazib berilishi; 6-so’rilgan mahsulotlardan organizm uchun zarur moddalarning sintezlanishi;
A) 2, 5, 6, 4, 3; B) 1, 5, 6, 4, 3;
C) 2, 6, 5, 4, 3; D) 2, 5, 4, 6, 3;

3. Chaqaloq tana massasining (I) va o’rta yoshdagi odamlar tana massasining (II) necha foizini suv tashkil etadi.


A) I –80; II –60-75; B) I –80; II –60-70;
C) I –70-80; II –90; D) I –60-70; II –80;

4. To’qimalardagi suvni tutib turish uchun quyidagi qaysi modda zarur.


A) kalsiy; B) kaliy;
C) osh tuzi; D) organik modda;

5. Tirik materiyani notirik materiyadan farq qiladigan asosiy belgisi nima hisoblanadi.


A) hujayralardan tuzilganligi;
B) moddalar almashinuvi;
C) yangi sifat belgisini hosil qilishi;
D) nafas olishi;

6. Moddalarning qonga o‘tishidan boshlab oxirgi parchalanish mahsulotlari hosil bo‘lishigacha sodir bo‘ladigan kimyoviy jarayonlar, asosan qayerda kechadi


A) hujayralararo suyuqlikda;
B) hujayra ichida;
C) ichki organlarda;
D) yadroda;

7. Moddalar va energiya almashinuvi asosini o‘zaro chambarchas bog‘langan, biri ikkinchisisiz sodir bo‘lmaydigan, lekin bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalgan nimalar tashkil etadi.


A) kimyoviy jarayonlar;
B) fiziologik jarayonlar;
C) fermentativ jarayonlar;
D) biofizik jarayonlar;

8. Dissimilatsiya yirik organik molekulalarning nimalar ta'sirida parchalanib, ko‘p miqdorda kimyoviy energiyaning ajralib chiqishidan iborat.


A) kislorod ta'sirida;
B) fermentlar ta'sirida;
C) kislorodsiz sharoitda;
D) fizik va mexanik parchalanish;
9. Immunitet hosil bo‘lishi, muskullaming qisqarishi va fermentli jarayonlar qaysi modda bilan bog‘liq.
A) oqsil va uglevod; B) oqsil va lipid;
C) oqsil; D) uglevod;

10. Organizmda vitamin yetishmaganida nimalar kuzatiladi?


1- moddalar almashinuvi izdan chiqadi;
2-odamning mehnat qobiliyati pasayadi;
3-yuqumli kasalliklarga chidamliligi pasayadi.
A) 1; B) 2; C) 3; D) barchasi;

11. Dissimilatsiya jarayonida ajralib chiqadigan energiya hisobidan ATF va boshqa katta energiyali birikmalar sintez bo'ladi. Bu energiya nima uchun sarf qilinadi


A) mexanik, kimyoviy, issiqlik energiyasi shaklida barcha jarayonlarda sarf qilinadi;
B) termik, issiqlik elektrik energiyasi shaklida barcha jarayonlarda sarf qilinadi;
C) mexanik, elektrik, issiqlik energiyasi shaklida barcha jarayonlarda sarf qilinadi;
D) termik, kimyoviy, issiqlik energiyasi shaklida barcha jarayonlarda sarf qilinadi;

12. O‘rta yoshli aqliy va yengil jismoniy mehnat bilan shug‘ullanadigan kishilar sutkalik ovqat ratsionining (a) % ini ertalabki nonushtada, (b) % ini tushlikda, (c) % ini ikkinchi tushlikda va (d) % ini kechki ovqatlanishda yeydi.


A) a- 25-30; b-35-40; c-15; d-20-25;
B) a- 20-30; b-35-40; c-15; d-10-25;
C) a- 25-30; b-25-40; c-15; d-20-25;
D) a- 15-30; b-35-40; c-15; d-20-25;

13. Odam organizmi vitaminlarni, asosan, nimadan oladi?


A) o`zi sintezlaydi;
B) imunitet orqali oladi;
C) o‘simlik va hayvon mahsulotlaridan;
D) barchasi;

14. Nima sababdan ovqatda hayvon yog'lari bilan bir qatorda, o‘simlik moylari ham bo'lishi lozim.


A) hayvon yog'lari va o'simlik moylari bir birini vazifasini bajara olmaydi;
B) o'simlik moylari va hayvon yog'lari bir birini to'ldirib turadi;
C) o‘simlik moylarida hayvon yog‘larida uchramaydigan, ya’ni; almashinib bo‘ladigan yog‘lar mavjud;
D) o‘simlik moylarida hayvon yog‘larida uchramaydigan, ya’ni almashinib bo‘lmaydigan yog‘lar mavjud;

15. Hozir diabet bilan og‘rigan bemor ovqatida qamday mahsulotlarning kam bo‘lishi tavsiya etiladi.


A) karbonsuvli mahsulotlarni;
B) yog'li mahsulotlarni;
C) oqilli mahsulotlarni;
D) vitaminli mahsulotlarni;

16. So‘rilgan mahsulotlardan organizm uchun zarur moddalarning sintezlangandan keyin qaysi bosqich amalga oshadi.


A) moddalar parchalanib, almashinuv mahsulotlari hosil bolishi;
B) ovqat hazm bolishi, ya’ni fermentlar ishtirokida ichakda yuqori molekulali birikmalarni quyi molekulali moddalargacha parchalanishi;
C) oziq mahsulotlari so‘rilib, to‘qima va hujayralarga yetkazib berilishi;
D) moddalar almashinuvi oxirgi mahsulotlarining organizmdan chiqarilishi;

17. Singa kasalligida qanday holat bo`lmaydi


A) odamning tish milklari qonaydi, og‘zining shilliq pardasiga mayda yaralar toshadi;
B) tishlari tushib ketadi va bo‘g‘imlari og‘riydi;
C) Kamqonlik paydo bo'ladi hamda immuniteti keskin pasayib ketadi;
D) o‘sishi va rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi;

18. Qaysi holat, moddalar almashinuvi, yurak-qon tomirlari va harakat organlari ishining buzilishi bilan bog‘liq.


A) ozish; B) Semirish;
C) kamqonlik; D) yurak o`ynashi;

19. Qaysi vitamini metall idishlarda ham tez parchalanadi.


A) A; B) B; C) C; D) D;

20. Miya, muskul va boshqa hujayralar uchun qaysi modda energiya manbai hisoblanadi.


A) oqsil; B) uglevod;
C) lipid; D) oqsil va lipid;

21. Moddalar va energiya almashinuvi natijasida ovqat bilan organizmga tushadigan oziq moddalar organizmning o‘zi uchun zarur bo’lgan moddalarga aylanadi, so‘ngra bu moddalar qurilish materiali sifatida foydalaniladi yoki . . .


A) zaxira sifatida to'planadi;
B) energiya sifatida tarqaladi;
C) ferment vazifasini bajaradi;
D) yangi modda hosil qiladi;

22. Provitaminlar nima?


A) O'simliklarda vitamin hosil qiluvchi moddalar;
B) hayvonlarda vitamin hosil qiluvchi moddalar;
C) odamda vitamin hosil qiluvchi moddalar;
D) barchasi;

23. Pishirilgan go'shtda qaysi guruh vitaminlari 15-60 %, o‘simlik mahsulotlarida to‘rtdan bir qismi saqlanib qoladi.


A) A; B) B; C) C; D) D;

24. Teri ostidagi yog‘ qatlami qanday ahamiyatga ega?


A) issiqlikni yaxshi o'tkazish;
B) tana haroratini bir xil saqlash;
C) energiya hosil qilish;
D) suv hosil qilish;

25. Dissimilatsiya uchun hos xususiyatni aniqlang.


1-energiya ajralib chiqadi; 2-oddiy birikmalardan murakkab birikmalar hosil bo’ladi; 3-yirik organik moddalarning fermentlar ishtirokida parchalanishi;
4-aminokislatalardan oqsillarning sintezlanishi; 5-adinozintrifosfat kislota sintezlanishi; 6-energiya almashinuvi;
7-plastik almashinuv;
A) 1, 2, 5; B) 2, 4, 7; C) 4, 5, 7; D) 3, 5, 6;

26. Vitaminlarni o‘rganishga asos solgan olim kim?


A) rus olimi N.I. Lunin;
B) polyak olimi N.I. Lunin;
C) polyak olimi K. Funk;
D) rus olimi K. Funk;

27. Organik birikmalar parchalanganida ulardagi kimyoviy energiya qanday energiyaga aylanadi?


A) elektr; B) mexanik;
C) issiqlik; D) barchasi;

28. Nima ta’sirida organizm ichki muhiti tarkibining turg'unligini saqlaydi.


A) qondagi gormonlar konsentratsiyasi;
B) mineral tuzlar;
C) hujayralar aro suyuqlik;
D) suv;

29. O‘sayotgan yosh organizm uchun qaysi tuz zarur bo‘ladi?


A) kaliy tuzlari; B) kalsiy tuzlari;
C) fosfor tuzlari; D) karbonat tuzlari;

30. Qandli diabedda qonda glukoza miqdori ko'payadi va…….?


A) organizmda glikogen miqdori pasayadi;
B) qonda glikogen miqdori ko'payadi;
C) glukoza siydik bilan tashqariga chiqariladi;
D) glikogen siydik bilan tashqariga chiqariladi;

31. Bolalar ovqatida A vitamini yetishmaganida ……..?


A) ularning bo'yi va sochlari yaxshi o'smaydi;
B) tishlarining shakllanishi buziladi;
C) o‘pka va ichakning jarohatlanishi kuzatiladi;
D) barchasi;

32. Qaysi energiya skelet muskullari, yurak, diafragmaning qisqarishini ta’minlaydi.


A) mexanik; B) elektr;
C) kimyoviy; D) yorug`lik;

33. Qaysi vitamin biologik o‘ta faol modda. Metionin aminokislotasi, nuklein kislotalar sintezi, qon hosil bo‘lishida ishtirok etadi.


A) B6; B) B 12; C) B1; D) PP;

34. Biriktiruvchi to‘qimada to‘planadigan yog‘larning vazifasi nimadan iborat?


A) organlarni mexanik ta’sirdan himoya qiladi;
B) issiqlikni yaxshi o'tkazish;
C) tana haroratini bir xil saqlash;
D) energiya hosil qilish;

35. C vitamin ………….. da ko`p bo`ladi.


1- na’matak, 2- qora smorodina, 3- limon,4- apelsin. 5- piyoz, 6-sarimsoq, 7-ko‘pchilik o‘simliklar mevasi 8- o‘simliklarning yashil qismi, 9-novdasida 10- ko‘katlarda mavjud. 11- qizil garmdorida
A) 1.2.3.5.11; B) 11.10.9.8;
C) 1.2.3.4.5.6; D) 1.3.5.7.8.9.11;

36. Bir kecha-kunduzda tana massasi 70 kg bo‘lgan odam taxminan qancha kkal energiya sarflaydi.


A) 2600; B) 2500; C) 2300; B) 3000;

37. Organizmda ayrim vitaminlaming hosil bo`lishida ichakda yashovchi ……… katta ahamiyatga ega.


A) parazitlar; B) infuzoriyalar;
C) mikroorganizmlar; D) gijjalar;

38. Moddalar almashinuvi mahsulotlari nima orqali tashiladi.


A) qon orqali; B) limfa orqali;
C) suv orqali; D) ferment orqali;

39. Qonda glukoza yetishmaganida glikogen nima ta’sirida glukozagacha parchalanadi.


A) glikokortikoid; B) insulin;
C) mineralakortikoid; D) glukagon;

40. A vitamini organizmning ……..


A) o‘sishi va rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi;
B) oqsillar va karbonsuvlar almashinuviga ta’sir qiladi;
C) singa kasalligi paydo bo'ladi;
D) uglevodlar almashinuviga ta’sir qiladi;


TERI

1. Terining funksiyalarini aniqlang


1. qoplab turadi; 2.himoya; 3.termoregulatsiya; 4.nafas olish; 5.ayirish; 6.tuyg‘u; 7.tana haroratining doimiyligini taminlash; 8.oziqlanish;
A) 1, 2, 3, 8; B) 1, 2, 4, 8;
C) 3, 5, 6, 8; D) 1, 2, 3, 4;

2. Mo'tadil sharoitda ter bezlari orqali bir sutkada qancha suv va unda erigan almashinuv mahsulotlari - mineral tuzlar ajraladi.


A) 400 ml; B) 500 ml;
C) 600 ml; D) 700 ml;

3. Teri ………… nurlar ta’sirida D vitaminini sintezlaydi.


A) ultrabinafsha; B) ko`rinadigan;
C) infraqizil; D) infrabinafsha;

4. Terining derma qavatiga xos xususiyatlarni aniqlang.


1) biriktiruvchi to'qimadan tashkil topgan;
2) ko'p qavatli yassi hujayralardan tashkil topgan; 3) ustki qavati har 7-11 kunda butunlay yangilanadi; 4) juda ko'p mayda qon va limfa tomirlari, nerv tolalarining uchlari, retseptorlar bo'ladi; 5) soch va yog' bezlari, mayda muskul tolalari bo'ladi; 6) asl teri qavatining tagida joylashgan; 7) epiteliy to'qimasidan tashkil topgan;
8) epidermisning tagida joylashgan;
A) 2,3,6,7; B) 1,4,5,8;
C) 1,4,5,7; D) 2,3,5,8;

5. Moddalar almashinuvida hosil bo‘ladigan karbonat angidridning necha % i teri orqali chiqib ketadi(I) va Organizm uchun zarur bo'lgan kislorodning necha % i teri orqali qabul qilinadi(II).


A) I –1; II –2; B) I –2; II –1;
C) I –2; II –2; D) I –1; II –1;

6. Katta yoshdagi odam terisining umumiy sathi ………. ga yetadi.


A) 1,5—3 m2; B) 1,5—2,5 m2;
C) 1,5—2 m2; D) 1—2 m2;

7. ….. ustki so‘rg‘ichli va ostki to'rsimon qavatlardan iborat.


A) gipo derma; B) epidermis;
C)asl teri qavati; D) A va C;

8. Teri odam tanasining ustki qismini qoplab turadi va uning ostida joylashgan barcha to'qimalarni ... himoya qiladi.


A)kimyoviy ta'sirlardan; B)fizik ta'sirlardan;
C)mexanik ta'sirlardan; D) barchasi;

9. Terida qanday retseptor xillari bor?


1)og'riqni sezuvchi; 2)issiqni sezuvchi; 3)sovuqni sezuvchi; 4)taktil (bosimni sezuvchi); 5) tam sezuvchi;
A)1,2,3,4; B)2,3,5;
C)1,2,5; D)barchasi;

10.Teri bezlari ... funksiyasini bajaradi.


A) tana haroratini bir xil saqlash;
B) himoya;
C) ayirish;
D) A va C;

11. Terining gipoderma qavatiga xos xususiyatlarni aniqlang.


1) biriktiruvchi to'qimadan va yog' moddasidan tashkil topgan; 2) ko'p qavatli yassi hujayralardan tashkil topgan; 3) ustki qavati har 7-11 kunda butunlay yangilanadi; 4) juda ko'p mayda qon va limfa tomirlari, nerv tolalarining uchlari, retseptorlar bo'ladi; 5) soch va yog' bezlari, mayda muskul tolalari bo'ladi; 6) asl teri qavatining tagida joylashgan; 7) epiteliy to'qimasidan tashkil topgan; 8) epidermisning tagida joylashgan;
A) 3,7; B) 2,8; C) 1,6; D) 4,5;

12. Qaysi qavat termoregulatsiyada katta ahamiyatga ega va u organizmning yog‘ deposi ham hisoblanadi.


A)gipo derma; B)epidermis;
C)asl teri qavati; D)yog` qavat;

13. Teri ... qavatlardan iborat.


1)epidermis; 2)derma; 3)mezoderma; 4)gipoderma;
A) 1,2,3; B) 2,3,4;
C) 1,2,4; D) barchasi;

14. Teri qavatlarini va ularga xos ma'lumotlarni juftlab ko'rsating. a)derma; b)epidermis; d)gipoderma;


1)teriosti yog' qavati; 2)asl teri qavati; 3)terining eng ustki qavati;
A) a-2; b-1; d-3; B) a-2; b-3; d-1;
C) a-3; b-2; d-1; D) a-1; b-3; d-2;

15. Qaysi qavat ayollarda nisbatan qalinroq rivojlangan.


A) gipo derma; B) epidermis;
C) asl teri qavati; D) to`rsimon;

16. Terining epidermis qavatiga xos xususiyatlarni aniqlang.


1) ko'p qavatli yassi hujayralardan tashkil topgan; 2) ustki qavati har 7-11 kunda butunlay yangilanadi; 3) juda ko'p mayda qon va limfa tomirlari, nerv tolalarining uchlari, retseptorlar, soch va yog' bezlari, mayda muskul tolalari bo'ladi; 4) asl teri qavatining tagida joylashgan; 5) epiteliy to'qimasidan tashkil topgan;
A)1,2,5; B)3,4,5;
C)1,3,4; D) barchasi;

17. Nima ayniqsa kaft, tovon, peshanada ko‘p bo‘ladi,


A)gipo derma; B)epidermis;
C)ter bezlari; D)to`rsimon;

18. Ular nayga o‘xshash bo‘lib, derma qavatida joylashgan qismi kalavasimon chigalni hosil qiladi, uchki qismi teri yuzasiga ochiladi.


A) gipo derma; B) epidermis;
C) ter bezlari; D) to`rsimon;

19. Derma qavat uchun umumiy bo’lgan hususiyatlarni aniqlang?


1-epidermisning tagida joylashgan; 2-yumshoq biriktiruvchi to’qimadan iborat; 3-retseptorlar, soch va tuk ildizlari joylashgan; 4-ter va yog’ bezlari bo’ladi; 5-asl teri qavati; 6-mayda muskul tolalari bo’ladi; 7-biriktiruvchi to’qimadan iborat; 8-uning usti ko’p qavatli yassi hujayralardan iborat; 9-qon tomirlar va limfa tomirlari, nerv tolalarining uchlari joylashgan;
A)1,2,3,4,5,6,7,9; B)1,2,3,4,5,6;
C)1,3,4,5,6,7,8,9; D)1,3,4,5,6,7,9;

20. Nima tana harorati bir me’yorda saqlanishining boshqarilishida katta ahamiyatga ega.


A) gipo derma; B) epidermis;
C) ter bezlari; D) to`rsimon;

21. ….. terining o‘rta qavatida joylashgan, ular faqat qo‘l va oyoq kaftida bo‘lmaydi. Bosh, peshana, chakka, ko‘krak va tana orqasida ko‘p bo‘ladi.


A) yog` bezlari; B) epidermis;
C) ter bezlari; D) kollagen tolalar;

22. Teri osti yog’ qavati qanday to’qimadan iborat ?


A) biriktiruvchi to’qimadan;
B) yassi epiteliy to’qimasidan;
C) epiteliy to’qimasidan;
D) yumshoq biriktiruvchi to’qimadan;

23. Bu bezlar alveolalar va kalta chiqarish nayidan iborat. Nay soch xaltasiga yoki teri sirtiga ochiladi. Bezlar sekreti soch va terini yog'lab, elastik qiladi, terini shilinishdan saqlaydi.


A)gipo derma; B)epidermis;
C)ter bezlari; D)yog` bezlari;

24. Qaysi qavatida qon va limfa tomirlari, nerv tolalari, yog‘ va ter bezlari, soch va tirnoqlarning ildizi joylashgan.


A) gipo derma; B) epidermis;
C) asl teri qavati; D) A va C;

25. Yog‘ bezlari sekreti tarkibini aniqlang.


1.xolesterin efirlari; 2.yog' kislotalari; 3.oqsil; 4.gormonlar; 5.uglevod; 6.ishqor;
7. muguz moddalar;
A) 1, 5, 6, 7; B) 2, 4, 6, 7;
C) 3, 4, 5, 7; D) 1, 2, 3, 4;

26. Teri hosilalarini aniqlang.


A) tirniqlar; B) o`simtalar;
C) soch va tirnoqlar; D) sochlar;

27. ………… qo‘l, oyoq kafti, lablarda bo‘lmaydi, bosh va yuzda qalin o'sadi.


A) tirniqlar; B) o`simtalar;
C) soch va tirnoqlar; D) sochlar;

28. Qaysi qavatda kollagen tolalar to‘r hosil qiladi. Bu qavatda soch ildizlari, ter va yog‘ bezlari joylashgan.


A) gipo derma; B) to`rsimon;
C) epidermis; D) С va B;

29. Uning bo‘lishi hamda qalinligi jins va yoshga bog'liq ikkilamchi jinsiy belgi hisoblanadi.


A) tirniqlar; B) o`simtalar;
C) soch va tirnoqlar; D) sochlar;

30. Noto’g’ri fikrni aniqlang.


A) katta odamda teri sathi 1,5-2 m2;
B) teri uch qavatdan tashkil topgan;
C) tirnoq va tuklar teri hosilalari hisoblanadi;
D) tirnoq bir sutkada 0,1-0,2 mm o’sadi;



Yüklə 172,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin