Kirish. Odam organizmi to’G’risida umumiy ma’lumot



Yüklə 172,93 Kb.
səhifə15/43
tarix20.11.2023
ölçüsü172,93 Kb.
#164147
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43
8,9 kitobcha test

NERV SISTEMASI

1. Nima orqali nerv impulslari nerv hujayrasi tanasiga uzatiladi.


A) aksonlar; B) dendridlar;
C) neyrogliya; D) neyron;
2. …. ikki qavat membranadan va ular orasidagi tirqishdan iborat.
A) akson; B) sinaps;
C) neyron; D) miyelin;

3. Nima bosh miya va orqa miyaning oqish moddasini hosil qiladi.


A) Miyelinli o‘simtalar to'plami;
B) Aksonli o‘simtalar to'plami;
C) Dendridli o‘simtalar to'plami;
D) Mediatrli o‘simtalar to'plami;

4. Nerv sistemasi funksiyasiga(I) va joylashuviga ko’ra(II) qanday turlarga bo’linadi.


A) I –markaziy va periferik; II –somatik va avtonom;
B) I –somatik va avtonom; II –simpatik va parasimpatik;
C) I –somatik va avtonom; II –markaziy va periferik;
D) I –bosh miya va orqa miya; II –simpatik va parasimpatik;

5. Quyidagilardan qaysi biri ichki organlar faoliyatini boshqaradi.


A) vegetativ; B) somatik;
C) markaziy; D) pereferik;

6. …. nerv signallarini sezgi organlaridan bosh va orqa miyaga uzatadi.


A) o`tkazuvchi neyron;
B) sezuvchi neyronlar;
C) harakatlantiruvchi neyronlar;
D) oraliq neyronlar;

7. Orqa miyaning reflektorlik funksiyasi qanday modda bilan bog‘liq.


A) kulrang va ko`k; B) kulrang va oq;
C) oq; D) kulrang;

8. Refleks yoyi 5 qismdan, ya’ni ……..


A) retseptor, sezuvchi neyron, markaziy nerv sistemasining bir qismi, harakatlantiruvchi neyron va ishchi organdan iborat;
B) sezuvchi neyron, retseptor, markaziy nerv sistemasining bir qismi, harakatlantiruvchi neyron va ishchi organdan iborat;
C) retseptor, markaziy nerv sistemasining bir qismi, sezuvchi neyron, harakatlantiruvchi neyron va ishchi organdan iborat;
D) retseptor, sezuvchi neyron, harakatlantiruvchi neyron, markaziy nerv sistemasining bir qismi, va ishchi organdan iborat;

9. Periferik nerv sistemasiga ... kiradi.


1)orqa miyadan chiqadigan 31 juft sezuvchi, harakatlantiruvchi nerv tolalari; 2)orqa miya; 3)bosh miyadan chiqadigan 12 juft nervlar; 4)bosh miya; 5)umurtqa pog'onasi atrofida va ichki organlarida joylashgan nerv tugunlari;
A) 2, 3, 4; B) 1, 2, 5;
C) 2, 4; D) 1, 3, 5;

10. Orqa miyaning oldingi va orqa yuzasi bo'ylab o'tgan chuqur egatchalar uni qanday qismlarga bo‘ladi.


A) oldingi va orqa; B) uchki va yon;
C) kulrang va oq; D) o`ng va chap;

11. Qaysi nerv sistemasi simpatik va parasimpatik qismlarga bo‘linadi.


A) vegetativ; B) somatik;
C) markaziy; D) pereferik;

12. Qo‘zg’alish ta’sirida organizmda javob reaksiya ……. hosil bo‘ladi.


A) sezuvchanlik; B) qo'zg'aluvchanlik;
C) refleks; D) tasirlanish;

13. Bitta neyron tanasida qancha sinaps boladi.


A) 1200-1800 ta; B) 1300-1800 ta;
B) 1200-1700 ta; D) 1400-1600 ta;

14. Neyronlar tuzilishi va funksiyasiga ko‘ra turlarini aniqlang.


A) sezuvchi, harakatlantiruvchi va oraliq neyronlarga ajratiladi;
B) sezuvchi, harakatlantiruvchi va o`tkazuvchi neyronlarga ajratiladi;
C) o`tkazuvchi, harakatlantiruvchi va oraliq neyronlarga ajratiladi;
D) sezuvchi, o`tkazuvchi va oraliq neyronlarga ajratiladi;

15. Nimaning ta’sirida ikkinchi hujayra tanasida qo‘zg‘alish paydo bo‘ladi.


A) mediatr; B) neyron;
C) dendrid; D) miyelin;

16. Neyronlarning o‘sishi va rivojlanishini nima ta’minlaydi.


A) akson;
B) neyrogliya hujayralar;
C) dendrid;
D) neyrogliya va ularni o‘rab turadigan mayda yo‘ldosh neyronlar;

17. Refleks hosil bo'lishida nerv qo‘zg‘alishlari o‘tadigan yo'li nima deyiladi.


A) tasir izi; B) qo`zg`aluvchanlik;
C) refleks yoyi; D) reflex;

18. Nima yordamida qozg'alish oraliq neyron orqali sezuvchi neyrondan harakatlanti­ruvchi neyronga o'tkaziladi.


A) mediatr; B) interneyron;
C) sinaps; D) oraliq neyronlar;

19. … neyronlar nerv impulslarini markaziy nerv sistemasidan organlarga va muskullarga o‘tkazadi.


A) o`tkazuvchi neyron;
B) sezuvchi neyronlar;
C) harakatlantiruvchi neyronlar;
D) oraliq neyronlar;

20. (a)tizza refleksi, (b)ko‘z qorachig‘ini kengaytiruvchi refleks va (c)siydik ajratuvchi reflekslari orqa miyaning qaysi qismida joylashgan.


A) a- dumg`za b- bel c- ko`krak;
B) a- bel b- ko`krak c- dumg`za;
C) a- ko`krak b- bel c- dumg`za;
D) a- bel b- dumg`za c- ko`krak;

21. Skelet, muskullar, sezgi organlari ishini quyidagilardan qaysi biri bosh­qaradi.


A) vegetativ; B) somatik;
C) markaziy; D) pereferik;

22. Nerv sistemasining qo‘zg‘alishni o‘tkazish xususiyati nima deyiladi.


A) sezuvchanlik; B) qo'zg'aluvchanlik;
C) totmozlanish; D) tasirlanish;

23. Oqish yog‘simon moddani aniqlang.


A) mediatr; B) interneyron;
C) miyelin qobiq; D) oraliq neyronlar;

24. Markaziy nerv sistemasiga ... kiradi.


1)orqa miyadan chiqadigan 31 juft sezuvchi, harakatlantiruvchi nerv tolalari; 2)orqa miya; 3)bosh miyadan chiqadigan 12 juft nervlar; 4)bosh miya; 5)umurtqa pog'onasi atrofida va ichki organlarida joylashgan nerv tugunlari;
A) 1, 3, 5; B) 1, 3; C) 2, 4; D) 1, 3, 4;

25. Nima orqali nerv impulslari organlarga uzatiladi.


A) akson; B) dendrid;
C) neyron; D) miyelin;

26. Katta odamda orqa miya uzunligi (a), massasi (b) va diametri (c)ni (cm) aniqlang.


A) a- 40-45 sm b- 30-40 gr c-1 sm;
B) a- 40-50 sm b- 30-40 gr c-2 sm;
C) a- 35-45 sm b- 20-40 gr c-1 sm;
D) a- 40-45 sm b- 25-40 gr c-3 sm;
27. Nerv to‘qimasi qanday hujayralardan iborat.
A) neyronlar va ularni o‘rab turadigan mayda yo‘ldosh neyrogliya;
B) neyrogliya va ularni o‘rab turadigan mayda yo‘ldosh neyronlar;
C) aksonlar va dendriddan;
D) nefronlardan;

28. Orqa miyaning oq moddasi ...


A) orqa miyaning turli segmentidagi nerv hujayralarini bir-biriga va ularni bosh miyaning nerv hujayralari bilan tutashtiradi;
B) orqa miyaning nerv hujayralarini oziqlantiradi;
C) orqa miyaning va bosh miyaning barcha nerv hujayralarini oziqlantiradi;
D) orqa miyaning turli segmentidagi nerv hujayralarini va bosh miyaning nerv hujayralarini himoya qiladi;

29. Refleks -bu ...


A) endokrin bezlari orqali yuzaga keladigan tashqi va ichki muhit ta'siriga organizmning tug'ma javob reaksiyasi;
B) nerv sistemasi orqali yuzaga keladigan tashqi va ichki muhit ta'siriga organizmning javob reaksiyasi;
C) nerv sistemasi orqali yuzaga keladigan tashqi va ichki muhit ta'siriga organizmning passiv javob reaksiyasi;
D) nerv sistemasi orqali yuzaga keladigan tashqi va ichki muhit ta'siridan himoyalanish;
30. Nervlar qanday turlarga bo`linadi.
A) sezuvchi, harakatlantiruvchi va aralashga ajratiladi;
B) sezuvchi, harakatlantiruvchi va o`tkazuvchiga ajratiladi;
C) o`tkazuvchi, harakatlantiruvchi va oraliqga ajratiladi;
D) sezuvchi, o`tkazuvchi va oraliqga ajratiladi;

31. Orqa miyaning qaysi ildizchalari harakatlantiruvchi neyronlarning aksonlaridan iborat.


A) o`ng; B) oldingi;
C) orqa; D) chap;

32. Nerv sistemasining ahamiyatini aniqlang?


A) Nerv sistemasi organizmni boshqaradi va barcha hujayralar, to‘qimalar va organlar ishini o‘zaro muvofiqlashib ishlashini ta’minlaydi;
B) Nerv sistemasining bu xususiyati tufayli organizm bir butun yaxlit sistema sifatida faoliyat ko‘rsatadi;
C) Nerv sistemasi tashqi va ichki muhit ta’sirlarini qabul qiladi va ularga javob beradi;
D) Barcha javob to`g`ri;

33. Orqa miya reflekslarini qaysi qism nazorat qilib turadi.


A) miya ko`prigi; B) uzunchoq miya;
C) bosh miya; D) bo`yin segmenti;

34. Orqa miyadan qancha orqa miya aralash nervlari chiqadi.


A) 31 ta; B) 62 ta;
C) 32 juft; D) 62 juft;

35. Refleks yoyi qismlari va ularga xos xususiyatlarni aniqlang.


a)retseptor; b)sezuvchi nerv tolasi; d)nerv markazi; e)harakatlantiruvchi nerv tolasi; f)ishchi organ;
1)retsoptorning qo'zg'alishidan hosil bo'lgan impulsni nerv markaziga yetkazadi; 2)nerv markazidagi qo'zg'alishni ishchi organga yetkazadi; 3)to'qima va organlarda joylashgan bo'lib, tashqi va ichki muhit ta'sirini qabul qilib qo'zg'aladi; 4)muskul, bez, qon tomirlari va hokozo; 5)miyada joylashgan sezuvchi, oraliq va harakatlantiruvchi nerv hujayralaridan iborat;
A)a-3; b-2; d-5; e-1; f-4;
B)a-3; b-1; d-5; e-2; f-4;
C)a-4; b-1; d-5; e-2; f-3;
D)a-3; b-1; d-4; e-2; f-5;



Yüklə 172,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin