Ohang va fikr tugalligiga ega bo'lib, kesimlik shakllari orqali ifodalanuvchi so'z va so'zlar qo'shilmasiga gap deyiladi.
Masalan: Vohid o'rnidan turdi(0. Yoqubov). Yurtimiz qanday chiroyli!
Yozuvda gap oxiriga nuqta, so'roq yoki undov belgilaridan biri qo'yiladi va har bir gap bosh harf bilan boshlanadi.
61-mashq. Quyidagi so'zlardan foydalanib gaplar tuzing, so'zlarning bog'lanishiga alohida diqqat qiling.
T/r
|
So’z
|
Gap
|
1.
|
Ma’naviyat, qalb, quyosh
|
|
2.
|
biz, Amir Temur, nabira
|
|
3.
|
Mustaqillik, abadiy, bo’l
|
|
4.
|
Siz, o’z, Vatan, sev
|
|
5.
|
Iste’dod, bola deganda, kim, tushun
|
|
6.
|
Ona, tabiat, e’zoz
|
|
62-mashq.O'qing. Har bir qatordagi gap, so'z va so'z birikmala sonini aniqlang.
1. Ko'hna Samarqand. Har bir o'zbek bu shahar bilan faxrlanad 2. Mana Registon. Binolarga hayrat bilan boqaman. 3. Kuch-adolatda. Bu - Sohibqironning hayotdagi shiori edi. 4. Kuch - bilimda. U insonni buyuk maqsadlar sari yetaklovchi mayoqdir.
63-mashq. Ertasi, shahrimiz, tonggi, bobom, do'stning, yuksak, kelajagi kabi so'zlarni tegishli so'zlar bilan kengaytiring, ular ishtirokida gaplar tuzing.
Namuna: Ertasi: Vatanimning ertasi - Vatanimning ertasi charog'on
So’z
|
So’z birikmasi
|
Gap
|
Shahrimiz
Tonggi
Bobom
Do’stning
Yuksak
Kelajagi
|
Bizning shahrimiz
Tonggi shabada
Mening bobom
Do’stning qadri
Yuksak cho’qqilar
Kelajagi buyuk
|
Bizning shahrimiz g’oyat ko’rkam.
Tonggi shabada mayin esmoqda.
Mening bobom juda mehribon.
Do’stning qadriga yetish kerak.
Yuksak cho’qqilar sari intilmoq.
Biz kelajagi buyuk davlatmiz.
|
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash
Savol va topshiriqlar
1. Gap deb nimaga aytiladi?
2. Gapning so'z va so'z birikmasidan farqi nimada?
3. Bitta so'zni gapga aylantiring.
V.O`quvchilarni baholash
VI.Uyga vazifa64-mashq.O'zingiz tanlagan biror rasm asosida hikoya tuzing. Tuzgan hikoyangizga sarlavha toping hamda og'zaki so'zlab bering.
Ko’rib chiqild: O I B D O’ D. Sohibova
Ona tili
5-“A” “B” -sinf
Sana:__________________________
Mavzu: Gapda so`zlarning bog`lanishi
Darsning maqsadlari:
a) ta`limiy: gapda so`zlarning bog`lanishi haqida bkmlar hosil qilish;
b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish;
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodi: savol-javob, ”Qo’shningni top” metodi
Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar
Darsning blok sxemasi
№
|
Dars etaplari
|
Ajratilgan vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
2
|
2
|
Takrorlash
|
10
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
15
|
5
|
O`quvchilarni baholash
|
2
|
6
|
Uyga vazifa
|
1
|
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
1) salomlashish; 4) yangiliklar;
2) davomat; 5) uyga vazifa.
3) navbatchi hisoboti;
II.O`tilganlarni takrorlash
1. Gap deb nimaga aytiladi?
2. Gapning so'z va so'z birikmasidan farqi nimada?
3. Bitta so'zni gapga aylantiring.
III.Yangi mavzu bayoni
1-topshiriq. Quyida berilgan so'zlarni bir-biriga bog'lab gap tuzing. So'zlarni bog'lash uchun nimalar qilganingizni ayting.
Mustaqillik, biz, baxt, ber.
2-topshiriq. Berilgan gapdagi so'zlar orasiga va bog'lovchisini qo'ying.
Shahar, qishloqlarimizda bugun o'zgacha hayot hukm surmoqda.
Gap tarkibida ishtirok etgan so'zlar bir-biri bilan bog'lanadi. Masalan: qir va adir, Oygul bilan Baxtiyor; gulni hidlamoq, maktabga kelmoq kabi. Misollardan ko'rinadiki, so'zlarning bog'lanishi bir xil emas. Ayrim so'zlar va, ham, hamda, bilan singari bog'lovchi va bog'lovchi vazifasidagi so`zlar yoki sanash ohangi yordamida bog'lanadi.
Boshqalarida esa birinchi qism ikkinchi qismga -ni, -da, -dan, -ning kabi qo`shimchalar, tomon, to'g'risida, haqida, uchun singari yordamchi so`zlar bilan bog'lanadi. Masalan: akasiga olmoq, akasi uchun olmoq.
Dostları ilə paylaş: |