98-mashq. Matnni o`qing. So`roq gaplarni topib ,ularning hosil bo`lishini tushuntiring. YAXSHI OYI
Baxtiyor koptok o'ynayotgan o'rtog'iga tashvishlanib qararkan, so'radi:
-Alibek,bugun juda ko'p o'ynab yubording-ku. Oying urishmaydimi?
-Yo'q, bugun urishmaydilar, - dedi Alibek gerdaygancha.
Baxtiyor hayron yelka qisdi:
-Nega endi bugun urishmas ekanlar?
Alibek yotig'i bilan tushuntirdi:
-Bugun-chi, uyimizga amakimlar kelishgan. Uyimizga mehmon kelgan kuni
oyimlar meni urishmaydi... (E. Madrahimov)
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash Savol va topshiriqlar 1.-mi yuklamasi qanday yoziladi?
2.-chi va -a (-ya) yuklamalarining yozilishini misollar asosida tushuntiring
V.O`quvchilarni baholash VI. 99-mashq.Uyga topshiriq. Bobongiz, buvingiz yoki keksa yosh qo'shnilaringiz bilan shahringiz (qishlog'ingiz) tarixi haqida suhbatlashing. Suhbatning mazmunini qisqacha qilib daftarga yozing. Unda so'roq yuklamalaridan foydalaning.
Ko’rib chiqild: O I B D O’ D. Sohibova
Ona tili
5-“A” “B” -sinf
Sana:__________________________ Mavzu:Buyruq gap
Darsning maqsadlari: a) ta`limiy: Buyruq gap haqida bkmlar hosil qilish;
b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodi: savol-javob, blits so’rov
Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar
Darsning blok sxemasi