Darsning blok sxemasi
№
|
Dars etaplari
|
Ajratilgan vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
2
|
2
|
Takrorlash
|
10
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
12
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
18
|
5
|
O`quvchilarni baholash
|
2
|
6
|
Uyga vazifa
|
1
|
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
1) salomlashish; 4) yangiliklar;
2) davomat; 5) uyga vazifa.
3) navbatchi hisoboti;
II.O`tilganlarni takrorlash
1.Sodda yig'iq gap deganda nimani tushunasiz?
2.Sodda yoyiq gap deb qanday gapga aytiladi?
III.Yangi mavzu bayoni
1-topshiriq.
Ketdi kesimini qachon?, qayerdan?, qanday qilib? so`roqlariga javob bo'luvchi so'zlar bilan kengaytiring.
2-topshiriq.Savollarga javob berish orqali gap tuzing.
Kim?, qachon?,qancha , nima qildi?
Fe'lga bog'lanib, qachon?, qayer (-da, -ga, -dan)?, qanday (qilib?), nima uchun?, nima maqsadda? singari so'roqlarga javob bo'luvchi gap bo'lagiga hol deyiladi.
Hol fe'ldan anglashilgan harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik paytini, o'rnini, sababini, maqsadini bildiradi. Tahlil jarayonida hol ostiga nuqtalardan iborat chiziq chiziladi: Maktabga ketdi.
137-mashq.O'qing. Gaplardagi holni topib, unga izoh bering
Ayiqpolvonnikiga Arslon mehmon bo'lib kelibdi. Ayiq mehmonni yong'oq bilan siylamoqchi bo'lib, katta o'g'liga yong'oqqa chiqishni buyuribdi. U ko'nmagach, o'rtancha, so'ngra kichik o'g'lidan iltimos qilibdi. Ular ham otasining gapini rad etishibdi. Arslonning jahli chiqib:
-Bolalarim odobli degan eding-ku! - debdi. Shunda Ayiqpolvon:
-Yong'oq tagidan sal nariroq ketaylik, - debdi.
Ular yong'oq tagidan ketishi bilan ayiqchalar
daraxtga tirmashib chiqishib, birpasda mehmonning oldiga yong'oq uzib qo'yishibdi. Arslon bundan ajablangan ekan, ayiq: - Sababini katta o'g'limdan so'ra, -debdi
Katta o'g'il:
- Otamiz daraxt tagida edi. U turgan joyda uning tepasiga chiqish odobdan emas, - deb javob beribdi.
(Ertakdan)
138-mashq.Quyidagi qoliplar asosida gaplar tuzing va ularni daftaringizga yozing.
Dostları ilə paylaş: |