d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodi: savol-javob
Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar, rag’bat kartochkalari, doska, bo’r
Darsning blok sxemasi
Darsning borishi: I.Tashkiliyqism 1) salomlashish; 4) yangiliklar; 2) davomat; 5) uygavazifa. 3) navbatchihisoboti; II.O`tilganlarni takrorlash 1.Sodda yig'iq gap deganda nimani tushunasiz?
2.Sodda yoyiq gap deb qanday gapga aytiladi?
3. Hol deganda nimani tushunasiz?
4.Gapirdi kesimini qachon? ,qayerda?, so`roqlariga javob bo`luvchi hollar bilan kengaytiring.
5. Qachon? qayerda? qanday qilib? nima uchun? nima maqsadda? so`roqlari nimalarni aniqlash uchun beriladi?
6.To'ldiruvchi deganda qanday bo'lakni tushunasiz?
7.To'ldiruvchi qanday hokim bo'lakka bog'lanadi?
8.To'ldiruvchi qanday bog'lovchi vositalar yordamida bog'lanadi?
9.Aniqlovchi deganda nimani tushunasiz?
III.Yangi mavzu bayoni 1-topshiriq.Nuqtalar o'rniga quyida berilgan so'zlarning sifatlovchilarini topib ko`chiring. „, gul,... olma,...uy,...ko'cha.
2-topshiriq. Quyida berilgan kataklarni mos so'zlar bilan to'ldiring. c hiroyli , zebo , ,so'lim
Hokim bo'lakdan anglashilgan narsaning belgisini bildirib,qanday?, qanaqa?, qaysi?, qancha?so'roqlariga javob bo`ladigan aniqlovchiga sifatlovchi aniqlovchi deyiladi. 155-mashq. Matnni sinchkovlik bilan o'qing. Mazmunini so'zlabberishga tayyorlaningAjratib ko'rsatilgan so'zlarning qanday so'roqqa javob bo`lishini hamda qaysi gap bo'lagi bo'lib kelayotganini aniqlang. Bugunga kelib ekologik muammo hayotimizning eng dolzarb masalasiga aylandi. Uzoq yillar davomida bumuammolarni hal etish uchun jiddiy ish olib borishga yo'l berilmadi. U davrlarda bepoyon o'lkamizning beqiyos boyliklarini asrash butunlay yot tushuncha edi. Natijada serunum yerimiz kasallandi, beg'ubor havo, musaffo suvlar bulg'andi. Hozirda tabiatga qarash butunlay o'zgardi.
Topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering:
1. Ekologiya dej nimani tushunasiz?
2. Matnda qaysi davr voqeligi aks etgan?
156-mashq. Hayvonlar, qushlar hamda o'simliklar dunyosiga munosabatingizni ifodalab bir nechta gap tuzing. Ularda sifat, ot, olmosh bilan ifodalangan sifatlovchi aniqlovchilarni qo'llang.