IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
Savol va topshiriqlar bilan ishlash
1.To'ldiruvchi qanday hokim bo'lakka bog'lanadi?
2.To'ldiruvchi qanday bog'lovchi vositalar yordamida bog'lanadi?
V.O`quvchilarni baholash
VI.Uyga topshiriq. 149-mashq.«Vatanimga xizmat qilaman» mavzusida fuzing. Unda to'ldiruvchilar ishtirok etsin.
Ko’rib chiqild: O I B D O’ D. Sohibova
Ona tili
5-“A” “B” -sinf
Sana:__________________________
Mavzu: Aniqlovchi
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy: Aniqlovchi –gap bo`lagi haqida bkmlar hosil qilish;
b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodi: savol-javob, zukkolar bellashuvi
Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar,rag’bat kartochkalari, doska, bo’r
Darsning blok sxemasi
№
|
Dars etaplari
|
Ajratilgan vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
2
|
2
|
Takrorlash
|
10
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
12
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
18
|
5
|
O`quvchilarni baholash
|
2
|
6
|
Uyga vazifa
|
1
|
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
1) salomlashish; 4) yangiliklar;
2) davomat; 5) uyga vazifa.
3) navbatchi hisoboti;
II.O`tilganlarni takrorlash
1.To’ldiruvchi deganda nimani tushunasiz?
2.To’ldiruvchi qanday hokim bo’lakka bog’lanadi?
3. Hol deganda nimani tushunasiz?
4.To’ldiruvchi qanday bog’lovchi vositalar yordamida bog’lanadi?
III.Yangi mavzu bayoni
1-topshiriq. Gapdagi qanday so'rog'iga javob bo'luvchi bo`lakni toping.
Xushbo'y hid tarqaldi.= Qanday ? xushbo`y
2-topshiriq. Nuqtalar o'rniga mos keladigan qo'shimchani qo'yib ko'chiring.
Kitob... muqova...
Qanday qo'shimchalar qo'shganingizni ayting.
Hokim bo’lakdan anglashilgan narsaning qandayligi, kimga yoki nimaga qarashli ekanligini bildirib, qanday?, qanaqa? qaysi?, qancha?, nechta?, kimning?, nimaning? kabi so`roqlarga javob bo'luvchi gap bo'lagiga aniqlovchi deyiladi.
Aniqlovchilar ma'nosiga ko'ra ikki xii bo'ladi. 1. Sifatlovchi aniqlovchi. 2. Qaratqich aniqlovchi. Tahlilda aniqlovchilar ostiga to'lqinli chiziq (~~~~~~~~~~) chiziladi.
150-mashq. O'qing. Matndan o'zingizga qanday xulosalar chiqarasiz?
Bir kishining Ali va Vali ismli ikki o'g'li bor edi. Ali qanoatli, Vali qanoatsiz edi. Bir kuni otasi bozordan olma olib kelib, bolalarini sinamoq uchun chaqirib: «Mana, sizga olma beraman», - dedi. Vali tezlik bilan kelib: «Otajon, menga hammasini bering», - dedi. Ali sekingina kelib: «Menga bitta olma bersangiz bo'ladi», - dedi. Otasi Alining qanoatiga ofarin o'qib, quchog'iga olib, peshonasidan o`pib ,ikkita olma berdi. Ammo Valiga olma bermak qayda, balki: «Qanoatsiz bo'lma!» -deb dakki berdi. Qanoat birla qorin to'ydirursiz,
Qanoat bo'lmasa ko'p och bo'lursiz.
Qanoatsiz kishi bag'rini dog'lar,
Qanoatlik kishi og'zini yog'lar
(Abdulla Avloniy)
1-topshiriq.Matn mazmuniga mos sarlavha toping. Qanoat yoki qanoatsizlik haqida hadis va maqollar keltiring.”Zukkolar bellashuvi” o’tkaziladi.
2-topshiriq.Qanday?, qancha?, nechta?, kimning? so'roqlariga javob bo'lib, otga bog'langan so'zlarni so'z birikmasi shaklida ko'chiring.
151-mashq. Matnni ko'chiring. Aniqlovchilarni topib, ostiga chizing.
Mana, poliz o'rtasidagi supachada o'tiribmiz. Oqshom, salqin. Osmonda yulduzlar kul bosgan cho'g'dek miltillaydi. Qo'shni polizdagi bolalarning qiyqirig'i, itlarning vovillashi, qayerdandir yoqimli ashula tovushi eshitiladi. (N. Fozilov)
152-mashq. Kuz fasli to'g'risida kichik matn tuzing. Unda ishlatilgan aniqlovchilarni toping.
Dostları ilə paylaş: |