V. Inshoni tahlil qilish va baholash VI. Uyga vazifa Test tuzish Ko’rib chiqild: O I B D O’ D. Sohibova
Ona tili
5-“A” “B” -sinf
Sana:__________________________ Mavzu:Uyushiq bo`lakli gaplar va ularda tinish belgilarning ishlatilishi Darsning maqsadlari: a) ta`limiy: Uyushiq bo`lakli gaplar va ularda tinish belgilarning ishlatilishi haqida bkmlar hosil qilish;
b) tarbiyaviy: o`quvchilar qalbida ona –Vatanga muhabbat tuyg`ularini tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi: og`zaki va yozma nutqni o`stirish, mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirish
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodi: savol-javob, „Aqliy hujum“, test
Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar, rag’bat kartochkalari, doska, bo’r
Darsning blok sxemasi
№
Dars etaplari
Ajratilganvaqt
1
Tashkiliy qism
2
2
Takrorlash
10
3
Yangi mavzu bayoni
8
4
Yangi mavzuni mustahkamlash
22
5
O`quvchilarni baholash
2
6
Uyga vazifa
1
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism 1) salomlashish; 4) yangiliklar;
2) davomat; 5) uyga vazifa.
3) navbatchi hisoboti;
II.O`tilganlarni takrorlash, “Aqliy hujim” metodi orqali o’tilgan mavzu so’raladi. 1.Sodda yig'iq gap deganda nimani tushunasiz?
2.Sodda yoyiq gap deb qanday gapga aytiladi?
3. Hol deganda nimani tushunasiz?
4.Gapirdi kesimini qachon? ,qayerda?, so`roqlariga javob bo`luvchi hollar bilan kengaytiring.
5. Qachon? qayerda? qanday qilib? nima uchun? nima maqsadda? so`roqlari nimalarni aniqlash uchun beriladi?
6.To'ldiruvchi deganda qanday bo'lakni tushunasiz?
7.To'ldiruvchi qanday hokim bo'lakka bog'lanadi?
8.To'ldiruvchi qanday bog'lovchi vositalar yordamida bog'lanadi?
9.Aniqlovchi deganda nimani tushunasiz?
10. Sifatlovchi aniqlovchi qanday savollarga javob bo'ladi?
III.Yangi mavzu bayoni 1-topshiriq.Uyingizda qanday o'quv qurollari borligini ayting. 2-topshiriq. Maktabingiz hovlisida gulning qanday turlari borligini ayting. Bir xil so'roqqa javob bo'lib, bir xil vazifada keladigan so'zlarga uyushiq bo'laklar deyiladi. Masalan:Dadam, oyim va men (kim) hayvonot bog'iga bordik.