III.Yangi mavzu bayoni 1-topshiriq. Quyidagi gapda undalmadan so'ng vergul yoki undov belgisi qo`yib ko'chiring. Uning gap ma'nosiga ta'siri bormi-yo'qmi?
Mana, opa, gunafsha...
Mana, opa! Gunafsha. (Zafar Diyor) 2-topshiriq.Ukajon so'zini gapning boshida, o'rtasida va oxirida ishlatib ko'ring. Gapda qanday o'zgarish bo'layotganini aniqlang.
Ukajon,uy vazifasini tayyorlab bo'ldingmi?
Undalmalar gapning boshida, o'rtasida va oxirida ishlatiladi. Masal an:1.Navbahorim,o'zing ayt... O'zing, navbahorim,ayt .O'zing ayt, navbahorim. (Quddus Muhammadiy) Undalmalar gapning qayerida kelishidan qat'i nazar boshqa bo'laklardan vergul bilan ajratiladi. Tahlilda uning ostiga ikkita to'lqinli chiziq chiziladi. Masalan:Sen, Murod, nega indamaysan? Undalmalar his-hayajon bilan aytilsa, ulardan so'ng undov belgisi qo'yiladi. Masalan:Men sizni quyosh deb atayman, 176-mashq. Matnni o'qing. Undalmalarni topib izohlang, tinish belgilariga diqqat qiling. Bir bola ko'chada yig'lab o'tirar edi. O'tib ketayotgan kishilardan biri: «O`g'lim, sanga nima bo'ldi? Nega muncha yig'laysan?» - deb so`radi. Bola: «Bir tiyin aqcham bor edi, yo'qotib qo'ydim. Shuning uchun yig'layapman»,-dedi. U kishining bolaga rahmi kelib, «Mana, o'g'lim, aqchang yo'qolgan bo'lsa, man sanga boshqasini beraman»,- deb cho'ntagidan bir tiyin aqcha chiqarib berdi. Bola aqchani olib yana avvalgidan ortiq yig'lamoqqa boshladi. U kishi: «Yana nimaga yig'laysan?»-desa, bola: «Oh, otajon! Agar o'z aqcham yo'qolmagan bo`lsa edi, hozir aqcham ikki tiyin bo`lar edi», -dedi.
Ko'zing och bo'lmasin, o'g'lim, ko'zing och,
Qanoatsiz kishini uxlatib qoch. (Abdulla Avloniy) 1-topshiriq. Matnga sarlavha toping. Unda qanday ibratli fikr ifodalangan deb o'ylaysiz?