Sana:__
Mavzu: Undalmali gaplar
Darsning maqsadlari:
a) ta`limiy: Undalmali gaplar haqida bkmlar hosil qilish;
b) tarbiyaviy: o`quvchilar qalbida ona – tilga muhabbat tuyg’usida tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi: og`zaki va yozma nutqni o`stirish, mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirish.
Shakllantiruvchi kompitensiyalar: TK1, TK3, FK1.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodi: savol-javob, aqliy hujum, test, “Kim chaqqon?” usuli
Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar, rag’bat kartochkalari, doska, bo’r
Darsning blok sxemasi
№
|
Dars bosqichlari
|
Ajratilgan vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
2 daqiqa
|
2
|
Takrorlash
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
12 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
18 daqiqa
|
5
|
O`quvchilarni baholash
|
2 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
1 daqiqa
|
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
1) salomlashish; 4) yangiliklar;
2) davomat; 5) uyga vazifa.
3) navbatchi hisoboti;
II.O`tilganlarni takrorlash. “Aqliy hujum” metodi orqali o’tilgan mavzu so’raladi.
1.Qanday bo'laklar uyushiq bo'laklar sanaladi?
2.Uyushiq bo'laklar bir-biri bilan qanday bog'lanadi?
3.Uyushiq bo'laklar orasiga qanday holatlarda vergul qo'yiladi?
4. Umumlashtiruvchi so'z deganda nimani tushunasiz?
5. Umumlashtiruvchi so'zlar bilan uyushiq bo'laklar o'rtasiga qanday tinish belgisi qo'yiladi?
III.Yangi mavzu bayoni
1-topshiriq.Quyida berilgan gaplarni o'qing. Ularning bir-biridan farqini aytib bering.
1. Siz qanchalar go'zalsiz! 2. Tog`lar, siz qanchalar go'zalsiz!
2-topshiriq.Suhbatdoshingiz diqqatini o'zingizga jalb qilish uchun qanday so`zlardan
foydalanganingizni ayting. Yozuvda bu so'zlardan so`ng qaysi tinish belgisi qo'yilishini tushuntiring.
So'zlovchining fikri qaratilgan shaxs yoki narsalar bildiruvchi so'z va so'zlar birikmasiga undalma deyiladi
Masal an: Yurtim, senga she'r bitdim bugun. (A. Oripov)
Undalmalar bitta yoki bir nechta so'zdan iborat bo'ladi. Masalan: Qizim, yalpiz terib kelsang-chi. (H. Raimova) Qadrli bolalar, kelajak siznikidir.
Dostları ilə paylaş: |