172-mashq. Dialogni o'qing. Undalmalarning ohangiga e'tibor bering. Birinchi undalmadan keyin ifodalangan egani qo'yib, gapni ko'chiring. Bir bola qo'shnining uyiga o'ralgan bir idishda taom olib edi. Bir kishi uchrab:
- Ey o'g'lim, idishda nima olib borursan? - dedi.
-Ey otajon! Idish ichidagi narsani birovga aytmoq va ko'rsatmoq mumkin bo'lsa edi, usti o'ralmagan, ochiq bo`lar edi,-deb javob berdi aqlli bola. (Abdulla Avloniy) 173-mashq. O'qing. Avval undalmasiz ega ishtirok etgan gaplarni so'ngra ham ega, ham undalma mavjud bo'lgan gaplarni ko'chiring. 1. Quyosh, nuring to'kaver mo'l-ko`l ! (Oybek) 2. Bobo, tog`da arslon bo'ladimi? (Yusuf Shomansur) 3. Soliyaxon qayerlik o`zi?(S.Zunnunova) 4. Go'zal Bahor! Sen munchalar maftunkorsan!
174-mashq. Berilgan gaplardagi egalarni undalmaga aylantirib ko`chiring. Ega bilan undalmaning farqini tushuntiring.Bu mashqimizda ”Kim chaqqon?” usulidan foydalanamiz. Bunda o’quvchilar berilgan gaplarni undalmali gapga aylantirib yozishi kerak.
T/r
Undalmasiz gaplar
Undalmali gaplar
1.
Bolalar atrofni to’yib-to’yib tomosha qilishar edi.