Darsningborishi: I.Tashkiliyqism 1) salomlashish; 4) yangiliklar; 2) davomat; 5) uygavazifa. 3) navbatchihisoboti; II.O`tilganlarni takrorlash 1.Sodda yoyiq gap deb qanday gapga aytiladi?
2. Hol deganda nimani tushunasiz?
3. Qachon? qayerda? qanday qilib? nima uchun? nima maqsadda? so`roqlari nimalarni aniqlash uchun beriladi?
4.To'ldiruvchi deganda qanday bo'lakni tushunasiz?
5. Narsaning belgisi deganda nimani tushunasiz?
III.Yangi mavzu bayoni Topshiriq.Nuqtalar o'rniga tegishli kelishik qo'shimchasini qo'ying. Do'stlik... mehri bor, do'stlik... sehri bor, Do'stlik... gashti bor o'zgacha. Do'sti bor qarimas, quvonchi arimas Va yashar yuzgacha, minggacha.(K. Turdiyeva) Hokim bo'lakdan anglashilgan narsaning uchta shaxsdan biriga qarashli ekanligini bildirib,kimning?, nimaning? qayerning?so'roqlariga javob bo'lgan aniqlovchiga qarat- qich aniqlovchi deyiladi Qaratqich aniqlovchi doimo aniqlanmishga bog`lanadi. Ana shu belgisi bilan tushum kelishigini olgan to'ldiruvchidan farq qiladi. Tushum kelishigidagi to'ldiruvchi doimo fe'l orqali ifodalangan kesimga bog'lanadi. Solishtiring : olmaning bargi - olmani yedi 159-mashq. Qaratqich aniqlovchilarni topib izohlang. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan. Xalqaro ekspertlarning yuqori bahosini olgan ushbu Konstitutsiya 128 moddani o'z ichiga oluvchi olti bo'limdan iborat. Bu bo`limlarda respublika davlat tuzilishining asosiy yo'riqlari, fuqarolarning huquq va burchlari, davlat hokimiyatining tashkil etilishi va boshqa masalalar bayon etilgan.
160-mashq. Nuqtalar o'rniga kerakli qo'shimchalarni qo'yib ko'chiring. Qaratqich aniqlovchi va aniqlanmishning shaxs va sonda mosligini tushuntiring. Gaplarning ifoda maqsadiga ko'ra turini aniqlang. 1. O`zbekiston Respublikasi... Konstitutsiya... - baxtimiz qomusi. . poytaxt...-Toshkent shahri. 3. Mamlakatimizda qonunlar... so'zsiz tan olinadi. 4. Siz o'z... huquqlar...ni bilasizmi?