To’pni ilib olish – bu malakaning yordamida o’yinchi ishonarli ravishda to’pni egallab olish va u bilan keyingi hujum harakatlariga kirishishi mumkin.
To’pni ilib olish, keyinchalik to’pni oshirib berish, olib yurish yoki otishni bajarish uchun ham dastlabki holat hisoblanadi, shuning uchun harakatlar o’z tuzilishsi bilan keyingi usullarni aniq va qulay bajarilishini ta’minlashi lozim. O’yinchi to’pni xali ilmay turib, uni keyin qayoqqa va kimga uzatishni bilishi kerak.
To’pni ikki qo’l bilan ilib olish. To’pni ikki qo’l bilan ilib olish, to’pni egallashning eng oddiy va shu bilan birga ishonchli usuli hisoblanadi.
Tayyorlov qismi: agar to’p o’yinchiga ko’krak yoki bosh balandligiga yaqinlashayotgan bo’lsa, unda qo’llarni to’pga qarshi chiqarish, bo’sh barmoqlar va panja bilan to’pni tutish, to’p hajmiga nisbatan kattaroq voronkani hosil etish kerak.
Asosiy qismi: to’p barmoqlarga tegish vaqtida unga panjalarni yaqinlashtirib, barmoqlar bilan ushlash kerak (kaft bilan emas), qo’llarni esa ko’krakka tortib, tirsak bo’g’inlarida bukish kerak. Qo’llarni bukish uchib kelayotgan to’pning urish kuchini pasaytiradigan amortizatsiyon harakat hisoblanadi.
Yakunlovchi qism: to’pni qabul qilgandan keyin gavdani yana ozgina oldinga tashlanadi: yoyilgan tirsaklar bilan raqibdan saqlanayotgan to’pni keyingi harakatlarga tayyorlash holatiga olib chiqiladi. Agar to’p ko’krak balandligidan ancha past uchib kelsa, unda o’yinchi to’pining uchish balandligiga pasaytirib, odatdagidan ko’ra pastroq o’tiradi (1-rasm).
Boshdan baland uchib kelayotgan to’pni tutib olish uchun sakrash va yoyilgan panjalar bilan qo’llarni keskin yuqoriga chiqarish kerak (katta barmoqlar erkin yoyilgan). To’p barmoqlarga tekkan payitda, panjalarni yaqinlashtiradi, ichiga bukib ular bilan to’pni mahkam ushlashadi, qo’llarni esa tirsak bo’g’imlariga bukib, to’pni pasaytirishadi va gavdaga tortishadi (2-rasm). Past uchib kelayotgan to’pni tutish paytida qo’llarni pasaytirishadi, panja va barmoqlar esa xuddi yoyilgan kosani tashkil qilishadi (ikki qo’l jimjilog’i o’rtasidagi oraliq bir necha santimetrdan oshmasligi kerak).