Kirish. O’yin texnikasi. Hujum texnikasi Maydonda harakat qilish texnikasi


Yuqoridan ikki qo’llab uzatishdan



Yüklə 336,27 Kb.
səhifə11/11
tarix21.06.2022
ölçüsü336,27 Kb.
#61964
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
BASKETBOL MASHQ ELEMENTLARIGA OID HARAKATLI O`YINLAR. kurs ishi

Yuqoridan ikki qo’llab uzatishdan ko’proq raqib zich himoya qilayotgan paytida o’rtacha masofalarda foydalaniladi.
To’pning bosh ustidagi holati uning o’yinchi o’z sherigiga himoyachi qo’llarni ustidan aniq uzatishga imkoniyat beradi.
Tayyorlov qismi: o’yinchi to’pni bir oz bukilgan qo’llari bilan bosh ustiga ko’taradi va uni bosh orqasiga o’tkazadi.
Asosiy qism: o’yinchi keskin qo’l harakatlari bilan, ularni tirsak bo’g’inlarida rostlab va panjalari bilan tez siltash harakat qilib, to’pni sherigiga yo’naltiradi.
Yelkadan bir qo’llab uzatish to’pni yaqin va o’rta masofaga uzatishda qo’llaniladigan usuldir. Bunda uzatish uchun eng oz vaqt ketadi va to’pni yaxshi nazorat qilinadi. To’pning uchib chiqish vaqtidagi panjalarning qo’shimcha harakati o’yinchiga yo’nalish va katta diapazonda to’pning uchish trayektoriyasini o’zgartirishga imkon beradi (7-rasm).

Basketbol (ing . basket — savat, ball — toʻp) — sport turi, 3,05 m balanddagi savatli halqaga toʻpni qoʻlda tashlab oʻynaladigan jamoa oʻyini.
Har bir jamoada 12 nafardan oʻyinchi boʻlib, maydonga bir yoʻla har jamoadan 5 tadan oʻyinchi tushiriladi (bu oʻyinchilar almashtirilishi mumkin). Qaysi jamoa raqibining savatiga koʻp toʻp tushirsa, oʻsha yutgan hisoblanadi.

Uyinda savatga tushirilgan toʻp uchun 2 ochko, jarima belgilanganda tushirilgan toʻp uchun 1 ochko, jarimadan tashqaridagisi uchun 3 ochko beriladi. Erkaklar 40 min., ayollar 36 min., 15 — 16 yashar oʻsmirlar va qizlar 30 min., 13 — 14 yashar oʻgʻil va qiz bolalar 24 min. oʻynashadi. Oʻyin 2 qismdan iborat, orada 10 min. dam olinadi. Belgilangan vaqtda jamoalar baravar ochko olsa, biror jamoa gʻolib chiqquncha 5 min.dan qoʻshimcha vaqt beriladi.




Maydonda o'ynasalar bo'ladi, ammo jarima to'pi 4 metrli masofa belgilanadi. Shchitning o'lchovi 90x120 sm, to'r o'rnatilgan halqaning kataligi 0,45m, to'rning kenglik joyi 0,30 m bo'lib, shchitning o'zi yerdan 2 m 60 sm balandlikda o'rnatiladi. To'p og'irligi 450-500 gramm bo'ladi



O'yinda tushgan har bir to'p – 2 ochkodan hisoblanadi. Basketbol to'pining og'irligi 600 dan 650 grammgacha bo'lishi zarur.
Mashgʻulot va musobaqalar uchun toʻrtburchak maydon (oʻlchami 26x14 m) yoki zal (balandligi 7 m) talab qilinadi.

Basketbolda hujum muvaffaqiyatining asosi rasiyonal yo’llar bilan va iloji boricha tezroq o’yinchilardan biriga savatga hujum qilish uchun qulay sharoit yaratishga yo’naltirilgan jamoa harakatlardir. Butun jamoa maqsadlariga shaxsiy harakatlarning boysinishini, bir-birini tushunishni, aniq tashkily formulalarni talab qiladigan jamoa harakatlarisiz, hujumda to’laqonli o’yin bo’lishi mumkin emas. Juda kuchli, lekin sheriklari bilan birgalikda to’g’ri (oqilona) harakat qila olmaydigan o’yinchilardan tuzilgan hujum qiluvchi jamoa, malakali raqib ustidan kamdan-kam g’alabaga erishishi mumkin.


Jadal hujum

Tez yorib o’tish. Bu – raqib ustidan jismoniy va texnik tayyorgarlikdagi ustunlikdan foydalanishga imkon beradigan, hujumning juda samarali sistemasidir. Uning mohiyati shundaki, to’pni egallagan o’yinchilar har gal qarshi hujumga o’tishadi, raqib shchitgacha bo’lgan masofani qisqa vaqt ichida engishga, son jihatdan ustunlikka erishishga va bundan foydalanib, yaqin masofadan savatga hujum qilishga harakat qilishadi.


Tez yorib o’tishga hammadan ko’proq, agar jamoa to’pni raqibdan olib qo’ysa yoki o’zining shchitidan sapchib qaytgan to’p uchun kurash paytida unga ega bo’lganda amalga oshiriladi. Biroq, to’pni yo’n yoki en chiziqdan o’yinga kiritilishi zahoti, shuningek, agar raqiblar qarshi hujumga o’tgan o’yinchilarga tez oshirib berishga faol qarshi harakat qila olmasalar, baxs va boshlang’ch to’pni o’yinga tashlash paytida son jihatdan ustunlikka erishish mumkin. Son jihatdan o’yinchilar barobar bo’lgan paytda (1x1 yoki 2x2) jasurona va qatyi yakka kurashish uchun imkoniyat borligini ham hisobga olish kerak.
Tez yo’rib o’tishni uch qismga bo’lish mumkin: boshlanish, rivojlanish va yakunlash. Birinchi qismning muvaffaqiyati, oldinga keskin chiqishning tezligi bilan, har bir qatnashchining oldinga chiqishga harakat qilishi, to’pni birinchi uzatishning (ortiqcha harakatlarsiz) o’z vaqtida uzatilganligi bilan aniqlanadi. Agar, albatta, to’pni sherigi egallashiga ishonch bo’lsa, u to’pni egallashga tayyorlanayotganda, oldinga harakat qilishni boshlashi bilanoq, o’yinchilar raqiblardan uzoqlashadi. Odatda, yo’rib o’tishda, himoyaning birinchi chizig’ida joylashgan 2-3 o’yinchi faol qatnashadilar, to’rtinchi o’yinchi ularga ko’mak beradi, beshinchi o’yinchi esa orqa tomonni straxovka qilishni ta’minlaydi. Bu o’yinchilarning harakat yo’nalishi ularning maydonda joylashganiga va jamoa to’pni egallay olgan joyiga bog’liq. To’psiz o’yinchilar keskin yugirgan vaqtda, ularning to’p egallagan sherigi raqibdan oldinda paydo bo’lgan o’yinchiga to’pni tezda uzatishi kerak
Adabiyotlar



  1. I.A.Karimov “Xalqimizning yo’li mustaqillik ozodlk va tup islohatlar yo’lidadir”. Toshkent‑O’zbekiston 1996 yil.

  2. I.A.Karimov “Barkamol avlod orzusi” O’zbekiston milliy ensklopediyasi. Davlat ilmiy nashriyoti.Toshkent 2000 yil.

  3. Basketbol. Pod.redaksiya dotsenta N.V. Semashko, M:FIS 1976 yil.

  4. Material sentalnogo gosudarstvennogo arixiva. Uz.

  5. Basketbol. Tuzuvchilar dotsent A.SH. Kosimov, dotsent O.T. Rasulov , X.A. Ismatullayev, Toshkent – O’qituvchi ‑1986 yil

Yüklə 336,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin