Kirish: O‘zbekiston o‘simliklarining xilma xilligi va ahamiyati



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə3/5
tarix10.05.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#57296
1   2   3   4   5
Mavzu Murakkab

Murakkabguldoshlarga mansub o‘simliklar sistematikasi

Qoqio‘tdoshlar oilasi asosan gul tuzilishiga qarab 2ta oilachaga bo‘linadi. Birinchi (suttikandoshchalar) oilachaga to‘pguli asosan tilsimon gultojbarglardan tashkil topgan turlar kiradi. Unga O‘zbekistonda keng tarqalgan qoqio‘t, maxsar, karrak, sachratqi, qarg‘atirnoq, takasoqol, maxsar, kakra kabi turkumlarning turlari kiradi.

Ikkinchi (moychechakdoshlar) oilacha to‘pgulining aksariyat qismini naychasimon gullar tashkil etadi. Faqat ayrim turlarida savatchaning atrofida soxta tilchasimon yoki voronkasimon gullar bo‘ladi. Bu oilachaga O‘zbekistonda keng tarqalgan shuvoq, tirnoqgul, kungaboqar, bo‘znoch, andiz, bo‘yimadoron kabi turkumlarning turlari kiradi.

Kungaboqar (Helianthus) turkumining vakillari asosan bir yillik va ko‘p yillik o‘t o‘simliklar hisoblanadi. Turkumning O‘zbekistonda ikkita tipik vakillari haqida ma‘lumotlarni keltirmoqchimiz. Kungaboqar (Helianthus annus) va topinambur yoki yer noki (Helianthus tuberosus) ana shunday turlar hisoblanadi. Kungaboqar (Helianthus annus) bir yillik, madaniy o‘t o‘simligi hisoblanadi, asosiy moyli ekinlardan biri. Vatani — Shim. Amerika. Yovvoyi holda oʻsadigan kungaboqarni ispanlar Yevropaga 1510-yil da keltirganlar. Dastlab manzarali oʻsimlik sifatida ekilgan. Uzoq tanlash yoʻli bilan madaniy kungaboqar (dastlab pistasi chaqiladigan, soʻngra moy olinadigan xillari) yaratilgan. Rossiyaga 18-asrda Gollandiyadan keltirilgan va 19-asr oʻrtalarida katta maydonlarga ekilgan, urugʻidan moy olingan. Moy olinadigan Kungaboqar Rossiyadan AQSH va Kanadaga tarqalgan.  Ildizi oʻq ildiz, yaxshi rivojlangan, poyasi tik oʻsadi, dagʻal, yuqori qismi shoxlanadi, boʻyi 4 m ga boradi. Bargi oddiy, yirik, ketma-ket joylashgan, dagʻal tuklar bilan qoplangan. Toʻpguli savatcha (diam. 35—40 sm). Savatcha markazidagi gullar vaysimon, ikki jinsli, chetdagylari qizgʻish-sariq, tilsimon. Chetdan changlanadi. Mevasi — lista, 4 qirrali, rangi oq, kulrang , 1000 ta urugʻi vazni 100— 150 g .



4-rasm. Kungaboqar (Helianthus annus L.)

Tirnoqgul (Calendula offi cinalis), dorivor tirnoqgul — murakkabguddoshlar oilasiga mansub ikki yillik manzarali va dorivor oʻsimlik. Boʻyi 30 — 50 sm. Poyasi shoxlangan, tukli. Ildiz boʻgʻzidagi barglar teskari tuxumsimon, yirik bandli, poyadagilari choʻziq teskari tuxumsimon yoki choʻziq nashtarsimon. Toʻpguli savatcha, diametri 2—5 sm. Gullari sariq, toʻqqizilsariq, baʼzan qatqat. Mevasi yirik, tirnoqqa oʻxshab ichkariga qayrilgan (nomi ham shundan). May oyidan sentabrgacha gullab, mevalaydi. Oʻzbekistonda gulzorlarga ekiladi. Guldastalar yasaladi, gullaridan olinadigan buyok, oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi.

5-rasm. Tirnoqgul (Calendula offi cinalis).

Dastarbosh ko’p yillik, bo’yi 50 - 150 sm ga еtadigan o’t o’simlik. Poyasi tik o’suvchi, sеrshox. Bargi oddiy, patsimon ajralgan, ustki tomoni yashil, pastki tomoni kulrang. Pastki barglari bandli, boshqalari bandsiz, poyada kеtma-kеt joylashgan. Gullari sariq savatchaga to’plangan, qalqonsimon to’p gulni tashkil etadi. Mеvasi - cho’ziq pista. MXD ning shimol va cho’l rayonlaridan tashqari hamma yеrda uchraydi.

6-rasm. Bo‘znoch o‘simligi

Andiz (Inula) – qoqidoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘tlar turkumi. 100 ga yaqin turi bor. Andiz asosan Yevropa, Osiyo va Afrikada tarqalgan. O‘zbekistonda 9 turi uchraydi. Bo‘ydor andiz (kora A.– I. helenium va sariq A.– I. grandis) turlari ko‘proq tarqalgan. Bu turlarning poyalari baland bo‘yli (1– 2,5 m), bir oz qirrali, tukdor; ildizpoyasi (tanasi) yo‘g‘on; barglari butun, cheti notekis, poyaning quyi qismida yirik (uz. 40–50 sm, eni 20–25 sm), yuqorisida esa maydaroq (uz. 10–30 sm, eni 3–12 sm); guli savatcha, gulbandi yo‘g‘on, chetdagi gullari urug‘chili, o‘rtadagilari esa ikki jinsli, sariq. Iyunning oxiridan sentabr gacha gullaydi. Adir va tog‘larda 500–2000 m gacha balandlikda o‘sadi.

7-rasm. Andiz (Inula) o‘simligi

Boʻyimadaron (Achillea millefolium L.) — qoqidoshlar oilasining dastarbosh turkumiga mansub patsimon bargli koʻp yillik oʻt. Ildiz boʻgʻzidan boʻgʻiz barglari va poyalar oʻsib chiqadi. Poyasi bir nechta, yuqori qismi shoxlangan boʻlib, qalqonsimon toʻpgullar bilan tugallangan. Iyunda gullay boshlaydi; mevasi mayda, yassi pistacha, avgustda yetiladi. Oʻzbekistonda bo‘yimadoron turkumining 5 turi uchraydi. Bo‘yimadoron adir va qirlar, yoʻl yoqalari va oʻrmon chekkalarida oʻsadi.

8-rasm. Bo‘yimadoron (Achillea millefolium L.)

Shuvoq — murakkabguldoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Koʻp yillik, kamdankam bir yillik. 400 (baʼzi maʼlumotlarga qaraganda 250) turi maʼlum. Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston va Zakavkazyening choʻl va yarim choʻl, dashtlarida koʻp uchraydi. Oʻzbekistonda, asosan, bir yillik Shuvoq yoki burgan, koʻp yillik oddiy shuvoq yoki ola ermon, achchiq shuvoq yoki ermon, sivers shuvogʻi yoki sassiq alaf, sugʻd shuvogʻi, oq shuvoq va boshqalar turlari uchraydi.Bir yillik shuvoq (burgan) poyasi tik, yuqori qismi sershox, boʻyi 30—100 sm, ildizi yoʻgʻon, yogʻochsimon. Barglari ketma ket joylashgan, bandli, patsimon qirqilgan. Poya va barglari tukli, kumush rangda. Gullari mayda, sariq yoki qizgʻishpushti, roʻvaksimon toʻpguli savatchaga toʻplangan. Mevasi mayda pista. Iyul—avgustda gullab, mevalaydi. Bir tupi 100 mingdan ortiq urugʻ beradi. Urugʻi va ildizpoyasidan koʻpayadi. Oddiy shuvoq (ola ermon) poyasi tik, sershox, yuqori qismi tukli, boʻyi 50—200 sm, barglari patsimon qirqilgan, yuqori barglari bandsiz, pastdagilari bandli. Gullari roʻvaksimon, toʻpguli savatchaga toʻplangan. Mevasi pista sugʻoriladigan dehqonchilik mintaqalarida begona oʻt sifatida uchraydi, shuningdek, ariq va yoʻl chekkalarida, bogʻ, tokzorlarda oʻsadi.

Qoqio‘t - Taraxacum. Turkumiga ko‘p yillik, ikki yillik ba’zan bir yillik, o‘q ildizli, hamma qismida sut-shira saqlovchi o‘simliklar kiradi. Bu turkumning o‘zbekistonda 26 ta turi o‘sadi.Dorivor qoqio‘t (momoqaymoq) - Taraxacum officinalis. Respublikamizning hamma joyida keng tarqalgan o'simlikdir. Ko‘p yillik o‘t. Barglari yer bag‘irlab yoki ko‘tarilib, yo‘i bo‘ylarida, ariq chekkalarida, bog‘larda, aholi yashaydigan joylarda o‘sadi. Barglari patsimon qirqilgan, ildiz bo‘g‘zida joylashgan. Guldor poyasi yo‘g‘onlashgan, bargsiz uchki tomoni yakka savatcha bilan tugaydi. Gul o‘mi tuksiz, mayda chuqurchali. Gullari noto‘g‘ri, 2 jinsli. Mahalliy aholi dorivor qoqio‘tni tuzli suvda yuvib, ovqatga ishlatadi. Bundan tashqari, undan dorivor o‘simlik sifatida ham foydalaniladi (ko‘krak og‘rig‘i, kamqoniik, darmonsizlanish kabi kasalliklarni davolashda)



Karrak (Cousinia resinosa Juz.) qoqio’tdoshlar oilasiga kiradi. Uni ko’kligida ham, qurigandan keyin ham barcha chorva mollari xush ko’rib yeydi. Chorvachilik xo’jaliklari qishki oziq uchun karrakdan yetarli miqdorda tayyorlab oladilar. Karrak ham yantoq kabi maxsus mashinalar yordamida maydalanib, mollarga beriladi. Karrakni ayni gullagan davrida urib olish foydali, chunki bu davrda uning barg va poyalarida vitaminlar, uglevodlar ko’p bo’ladi. Seryog’in yillari gektaridan 1,5—2 t gacha quruq karrak xashagi yig’ib olish mumkin. Gullagan davrida tarkibida 8% protein, 64% kletchatka bo’ladi. Uning doni oqsilga boy. Chorvadorlar uni juda qadrlaydilar.

Qushqo’nmas (Carthamnus turkestanicus M. Pop.) qoqio’tdoshlar oylasidan, bo'yi 20— 70 sm ga yetadigan bir yillik o’simlik (43- rasm). Poyasi tik o’sadi. Barglari oq tukli, uchi tikanli. Qushqo’nmas iyun-iyul oylarida gullaydi, urug’i iyul-avgust oylarida pishadi. Uni ko’kligida mollar kam yeydi. Kuzda va qishda tikanlari yumshagach yoki boshqa o’simliklar bilan birga qushib maydalansa, xush ko’rib yeydi.

Sachratqi, oddiy sachratqi (Cichorium intybus L.) — murakkabguldoshlarga mansub koʻp yillik betona oʻt. Poyasi shoxlanadi, serbarg , bri 30—130 sm, pastki kismi oq tukli. Barglari ketma-ket joylashgan. Gullari havorang , barg qoʻltiqlarida kalta gulbandda tuptup boʻlib, poya



11-rasm. Qushqo‘nmas (Carthamnus turkestanicus)

uchida esa yakka savatchasimon toʻpgulga yigʻilgan. Ildizi oʻq ildiz, tuproqqa 1,5 m chuq. gacha kiradi. S. ildizida 20% gacha inulin bor (Yevropa mamlakatlarida dorivor ekin sifatida ekiladi). Mart—mayda oʻsa boshlaydi, iyul—okt.gacha gullaydi va mevalaydi. Urugʻidan koʻpayadi. Asosan, sugʻoriladigan ekinlar orasida (bedazorlarda juda koʻp) uchraydi. Shuningdek, tashlandiq yerlar, yoʻl, dala, ariq yoqalari, bogʻlarda oʻsadi. Zararkunandalarga makon. Xalq tabobatida oftob urganda va sachrama toshmalarni davolashda poyasi qaynatmasi va kulidan foydalaniladi.

Maxsar (Carthamnus) — murakkab-guldoshlarga mansub bir, ikki va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, moyli ekin. Aksariyati Oʻrta dengiz atroflari, Gʻarbiy va Oʻrta Osiyoda oʻsadigan 19 turi maʼlum. Dehqonchilikda C.tinctorius (boʻyokli Maxsar) turi ekiladi. Vatani — Efiopiya va Afgoniston. Oʻrta Osiyoda qadimdan, Misr, Hindi-ston, Xitoyda miloddan avvalgi, Yevropada 18-asrdan yetishtiriladi. Yovvoyi hoddaoʻsishi kuzatilmagan. Hindiston, Turkiya, Eron, Xitoy, Yevropa mamlakatlari, AQSH va boshqa mamlakatlarda, shuningdek, Oʻrta Osiyoda faqat Oʻzbekistonda — Jizzax, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida (lalmi yerlarida) ekiladi. Bir yillik issiqsevar, qurgʻoqchilikka juda chidamli ekin. Boʻyi 60— 120 sm, poyasi silliq, barglari nashtarsimon, tikanli va tikansiz. Toʻpguli savatcha, sariq, jigarrang . Mevasi pista, urugi oqish. 1000 dona urugi vazni 25—50 g . Asosan chetdan changlanadi. Oʻsuv davri 95—135 kun. Tuproqtanlamaydi. Urugi 1—2° da una boshlaydi, maysalari —6, —7° sovuqqa bardosh beradi. Urugi tarkibida 47—61% gacha oziq-ovqatga ishlatiladigan moy bor. Moyi yuqori si-fatli margarin, texnikada oqsariq boʻyoq va emallar tayyorlashda ham ishlatiladi (1950 yillarga qadar Maxsar gullaridan tabiiy boʻyoq olish uchun ekilgan). Kunjarasi chorva mollari uchun yaxshi ozuqa. Maxsar almashlab ekishda kuzgi bugʻdoy va makkajoʻxoridan keyin ekiladi. Yer kuzda 25—30 sm chuqurlikda haydaladi. Urugʻi kech kuzda yoki erta bahorda qatorlab (qator orasi 30—45 sm) ekiladi. 1 ga maydonga 6–10 kg urugʻ sarflanadi. Oʻsuv davrida oʻtoq qilinadi, kultivatsiyalanadi (1—2 marta). 2 marta mineral oʻgʻitlar bilan oziqlantiriladi. Urugʻi toʻla yetilganda don kombaynida oʻrib-yigʻib olinadi. Hosildorligi 8—14 s/ga va undan ortiq. Oʻzbekistonda 1950 yildan Milyutinskiy 114 navi ekiladi.



13-rasm. Maxsar (Carthamnus)



Kakra (Acroptilon repens) — qoqioʻtdoshlar (murakkabguldoshlar) oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Boʻyi 60—100 sm. Poyasi sershox, serbarg . Barglari dagʻal, nashtarsimon, pastkilarining cheti arra tishli, baʼzan kesik, yuqoridagilari maydaroq, cheti tekis. Gullari pushti, oq, havorang . Urugʻi mayda, Yoz oʻrtalarida gullab, urugʻlaydi. Toshloq va shoʻrxok yerlarda, togʻ yon bagʻirlarida, yoʻl yoqalarida, hamma ekinlar orasida oʻsadi, qurgʻoqchilikka chidamli. Oʻrta Osiyoda, Qozogʻistonda, Kavkazda koʻp tarqalgan. Kakra xashakka aralashsa (ayniqsa, gullagan vaqtida) mollar zaharlanishi mumkin. Tarkibida alkaloidlar, oshlovchi va moddalar bor.


Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin