Shunday qilib qoqio‘tdoshlar( murakkabguldoshlar) oilasi vakillari deyarli yer yuzining barcha qit‘alarida va turli tuman ekologik sharoitlarda o‘sadigan 920 turkumga mansub 19000turni o‘z ichiga oladi. Asosan ko‘p turlari 1 yillik va ko‘p yillik o‘tlar bo‘lib ularning juda kam qismini yarim butalar tashkil etadi. Faqat tropik mintaqalarda daraxt shakldagilarini uchratish mumkin. Barglari oddiy, yonbargsiz, ildiz bo‘g‘zida to‘planib yoki poyada asosan ketma-ket, ba‘zan qarama qarshi yoki halqa hosil qilib joylashadi. Barg yaprog‘i butun, ba‘zan toq patsimon bo‘lingan, shakllari har xil. Gullari to‘pgulda joylashgan. Asosan savatcha gullari qo‘shilib o‘z navbatida shingil, rovak, qalqon va boshqa murakkab to‘pgullarni hosil qiladi. Bu oila vakillari gul tuzilishiga ko‘ra 2 oilachaga ajratiladi: Suttikandoshchalarvamoychechakdoshlar.Suttikandoshchalar vakillari asosan tilsimon gultojbarglardan iborat qoqio‘t, karrak, sachratqi, maxsar, kakra, qarg‘atirnoq, takasoqollarni o‘z ichiga oladi. Moychechakdoshlar oilachasi esa aksariyati naychasimon, voronkasimon va soxta tilsimon shuvoq, tirnoqgul, kungaboqar, bo‘znoch, andiz, bo‘yimodoron kabilardan iborat. Bu oila vakillarining deyarli ko‘pchiligi xalq xo‘jaligi va tabobatda keng foydalaniladigan o‘simliklar hisoblanadi.