Muomalada pulning shakillanishi Inflatsiya (lot. infl atio — shishish, boʻrtish, koʻtarilish), pulning qadrsizlanishi — tovar-pul muvozanatining buzilishi natijasida muomalada xoʻjalik aylanmasi ehtiyojlaridan ortiq darajada qogʻoz pullar miqdorining koʻpayib ketishi, pul massasining tovarlar massasidan ustunligi natijasida tovar bilan taʼminlanmagan pullarning paydo boʻlishi. I. birinchi galda sifati yaxshilanmagan holda tovarlar va xizmatlar narxining koʻtarilishi koʻrinishida, shuningdek, oltin va chet el valyutasining milliy valyutaga nisbatan qimmatlashishi shaklida yuz beradi.
3 Infilatsiya 3% 5% 6% 8% Infilatsiya 2010 2014 2019 2023 Oltin va kumush muomalada boʻlgan sharoitlarda I. yuz bermaydi, chunki ular boylik belgisi emas, balki real boylikdir. Pullarning zarur miqdori uning xazinalik vazifasi orqali boshqarib turiladi. Agar tangalar xarid uchun zarur boʻlganidan ortiq boʻlsa, ortiqcha pul xazina sifatida toʻplanadi va bunda ular qadrsizlanmaydi. Bozorda tovarlar koʻpayib pulga ehtiyoj boʻlganda ular jamgʻarmadan olinib yana savdo muomalalarida qatnashadi. Qogʻoz pullar real boylik emas, balki uning ramzidir. Qogʻoz pullar boylik vazifasini oʻtay olmaydi va ularning ortiqchaligi I.ga sabab boʻladi. Shu sababli pul jamgʻarmalarini koʻchmas mulk yoki qimmatbaho buyumlar sotib olish yoʻli bilan saqlash ishonchliroq hisoblanadi. Gʻarb ilmiy manbalarida yillik I. surʼati 10% gacha boʻlganda qisman (moʻʼtadil) hisoblanib, ijtimoiy mushkullik deb qaralmaydi. Ak-sincha, u muayyan darajada iqtisodiyotni jadallashtirishga turtki beradi. Pekin I. surʼati 10% dan oshganda juda xavfli tus oladi. Ayniqsa giperinflyasiyasa narxlar bir necha foiz emas, balki bir necha marta oshib iqtisodiyotni izdan chiqaradi.
Infilatsiya Zimbabve (2007−2008; hozirgacha). Giperinflyatsiya holatiga yorqin misol qilib 2008 yildagi Zimbabve mamlakatini keltirish mumkin. Zimbabve o‘z milliy valyutasini qabul qilganida uning qiymati 2 AQSh dollariga teng bo‘lgan. Ammo mamlakatda iqtisodiy-ijtimoiy ahvol barqaror bo‘lmaganligi uchun, valyuta qadrsizlanib borgan. 2008 yil noyabrida Zimbabvedagi oylik inflyatsiya ko‘rsatkichi o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqib, 79 600 000 000% ni tashkil qilgan. Mamlakatda narxlar har 25 soatda ikki baravarga oshavergan.
Vengriya (1945−1946). 1945 yil avgust — 1946 yil iyul oralig‘ida Vengriyada inflyatsiya ko‘rsatkichi kuniga 207% ni tashkil qilgan. Bu davrda Vengriya milliy valyutasi — pengyo har 15 soat ichida ikki karra qadrsizlanavergan. Bir oy ichida yuz bergan maksimal inflyatsiya ko‘rsatkichi
40 000 000 000 000 000% ni tashkil etgan
Giperinflyatsiya jarayonlari har bir fuqaroning hayot darajasiga va butun davlat iqtisodiyot tizimiga jiddiy ta’sir qiladi. U uzoq cho‘zilsa, davlat iqtisodiyotining barcha sohasiga kirib borishi mumkin va bu aynan shu sababga ko‘ra naxlarning mavsumiy o‘sishidan katta farq qiladi. O‘z mablag‘larini giperinflyatsiyadan himoyalash maqsadida ko‘pchilik fuqarolar, shuningdek, huqumatlar o‘z mablag‘larini nisbatan barqarorroq bo‘lgan aktivlar, ya’ni oltin, aksiyalar (ishonchli kompaniyalarning qimmatbaho qog‘ozlari), obligatsiyalar yoki boshqa valyutalar, misol uchun dollar ko‘rinishida saqlashadi. Oxirgi yillarda yoshlar orasida o‘z mablag‘larini kriptovalyutalarda saqlash ancha urfga aylangan. Ammo so‘nggi yangiliklar shuni ko‘rsatmoqdaki, hattoki kriptovalyutalar ham oldindan aytib bo‘lmaydigan hilqat.