XALQARO ISHCHI KUCHI MIGRATSIYASINING OMILLARI, OQIMLARI VA SABABLARI Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi,
ya’ni mehnatga layoqatli aholini ish qidirib
bir mamlakatdan boshqa bir mamlakatlarga
kо‘chib yurishi tashqi iqtisodiy aloqalarning
muhim
shakllaridan
biri
hisoblanadi.
Insoniyat tarixida odamlarning katta-katta
guruhlarini
u
yoki
bu
mamlakatga
kо‘chishlari bilan bog‘liq voqea-hodisalarga
boy
-
g‘arbiy Yevropa mamlaktlari
tomonidan
Shimoliy
Amerikaning
о‘zlashtirilishi,
Britaniya
orollaridan chiqqanlarning Avstraliya qit’asini egallashlari, Xitoydan Janubiy Osiyo
mamlakatlariga ommaviy kо‘chishlar, Shimoliy va Janubiy Amerikaga Afrikadan
qora tanli qullarni tashib keltirishi bir qator hozirig rivojlangan davlatlarning
vujudga kelishi va yuksalishiga sabab bо‘lgan (AQSH, Kanada, Avstraliya, yangi
sanoatlashgan mamlakatlar) jahon iqtisodiyoti rivojlanishining barcha bosqichlarida
ishchi kuchi migratsiyasi jarayoni yuz berib keldi. Ayniqsa ikkinchi jahon urushidan
sо‘ng
yanada
kuchaydi.
Hozirgi paytda statistik ma’lumotlarga qaraganda dunyoda har bir о‘n oiladan biri
kо‘chib yuradi, ulardan tashqari 3g‘4 qismi ishchi kuchi migratsiyasiga tо‘g‘ri
keladi. Dunyo bо‘yicha bunday ishchi kuchlarning umumiy soni 25 mln. kishiga
yaqin. Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishining hozirgi darajasi jamiyatning
ijtmioiy-iqtisodiy munosabatlarida ishchi kuchining о‘rni va ahamiyati
tubdan о‘zgartirib yubordi, davlatlararo aloqalar madaniyatini sifat jihatidan yangi
pog‘onaga kо‘tardi. Xalqaro mehnat bozori bu ishchi kuchi iste’molchialari va ularni
yetkazib beruvchilar о‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi mexanizm
hisoblanadi. Ma’lumki, jahon mehnat bozoridagi vaziyat boshqa barcha bozorlar
kabi talab va taklif asosida ani
qlanadi hamda bir qator kishilar bilan belgilanadi.
Bu omillar shartli ravishda iqtisodiy, demografik, siyosiy omillarga bо‘linib,
ular о‘zaro bog‘langan. Bular orasida iqtisodiy omillar sanaladi, chunki qolgan
barcha omillar pirovardida iqtisodiy oqibatlarga olib keladi. Chunonchi
mamlakatdagi ishchi о‘rinlariga nisbatan aholining tez sur’atlar bilan о‘sishi.
Iqtisodiy omillar deganda har bir davlat iqtsiodiy tushunchasi mustahkamligi
uning о‘sish darajasi va rivojlanish kо‘lami tushuniladi. Dunyoning turli
mintaqalarida iqtisodiy imkoniyatlar mehnat sharoitlari va ish haqi о‘rtasida yuzaga
kelgan sezilarli farq ishchi kuchlarini mamlakatlararo kо‘chib yurishiga sabab
bо‘luvchi muhim omil bо‘lib hisoblanadi.