Kirish qismi


PORTUGALIYANING IQTISODIY-GEOGRAFIK O‘RNI, TABIIY



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/45
tarix01.05.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#105408
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45
DUNYO MAMLAKATLARI TIPOLOGIYASI

PORTUGALIYANING IQTISODIY-GEOGRAFIK O‘RNI, TABIIY 
RESURSLARI, AHOLISI VA XO‘JALIGI
 
 
 
 
 
 
Portugaliya (Portugal), Portugaliya Respublikasi (República Portuguesa) — 
Yevropaning janubiy -gʻarbida, Pirenei yarim orolda joylashgan davlat. Atlantika 
okeanidagi Azor orollari va Madeyra arxipelagini oʻz ichiga oladi. Maydoni 92,3 
ming km². Aholisi 10,53 mln. kishi (2012). Poytaxti — Lissabon shahri Maʼmuriy 
jihatdan 2 muxtor viloyat, 22 okrug (distrito)ra boʻlingan, shundan 18 tasi materikda 
joylashgan boʻlib, 11 tarixiy viloyatga birlashgan. Atlantika okeani sohillari 
payettekislik, qumli, kam parchalangan. Shimolida Meseta yassi togʻligining chekka 
qismlari joylashgan. Aholisining 99% — portugallar; ispanlar va boshqalarlar ham 
yashaydi. Rasmiy tillar — portugal va mirandes tillari. Shahar aholisi 35% ga yaqin. 
Dindorlari — katoliklar. Yirik shaharlari: Lissabon, Portu, Amadora. Portugaliya — 
industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi — 30%, 
qishloq xoʻjaligi ulushi — 6% atrofida. 20-asr oxirlarida sanoatda mehnatga 
layoqatli aholining 33% ishladi va yalpi milliy mahsulotning 40% dan koʻprogʻini 
ishlab chiqardi. Temir, volfram, mis, uran, qalay rudalari, kumir, oltin, kumush qazib 
chiqariladi, dengiz suvidan tuz ajra-tib olinadi. Mayda metallurgiya korxonalarida 
va Lissabon yaqinidagi Seyshal shahridagi zavodda metall eritiladi. Sanoat ishlab 
chiqarish qiymatining salkam 30% mashinasozlik va metall ishlash korxonalari 
ulushiga toʻgʻri keladi. Kemasozlik, avtomobil yigʻuv, velosiped, mototsikl, 
motorlar, ayrim turdagi stanoklar, roʻzgʻor mashinalari, elektrotexnika va 
radioelektronika asbob-uskunalari ishlab chiqarish rivojlangan. Kimyo va neft 
kimyosi korxonalarida oltingugurt kislotasi, mineral o'gʻit, sintetik tola va 
plastmassa ishlab chiqariladi. Toʻqimachilik (ip va jun gazlama toʻqish), tikuvchilik, 
oziq,-ovqat (zaytun yogʻi, baliq konservalari, vino ishlab chiqarish) sanoati azaldan 
eksport uchun ishlaydi. Sement, chinni, oyna va sopol ishlab chiqarish korxonalari 
bor. Yiliga oʻrtacha 30 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi (asosan, 
GESlarda). Asosiy sanoat markazlari: Lissabon, Portu, Setubal, Barreyru, Braga. 
Qishloq xoʻjaligining asosini dex.qonchilik tashkil etadi. P. hududining 50% 
ishlanadi, shundan 30% haydaladigan yerlar. 10% bogʻ va tok-zor, sitruszor, 
zaytunzorlar. Asosiy oziqovqat ekinlari: bugʻdoy, makka-joʻxori, javdar, arpa, iyuli, 
kartoshka. Orollarda banan, ananas, shakarqamish yetishtiriladi. Chorvachiligida 
qoramol, choʻchqa, qoʻy, ot boqiladi. Sohilda baliq ovlanadi. Qishloq xoʻjaligi 
aholining oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini qoplamaydi. Trans p ortining asosiy turi 
— dengiz kema qatnovi. Dengiz savdo flo-tiningtonnaji 1,1 mln. t dedveyt. 
Transport yoʻli uzunligi — 3,6 ming km, avtomobil yoʻllari uz. — 70,1 ming km. 
Lissabonda 1960-yildan metropoliten ishlaydi. Lissabon va Azor orollari 
(Santamariya)da xalkaro aeroport bor. Asosiy dengiz portlari — Lissabon, Portu. 

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin