Kirish qismi


LOTIN AMERIKASINING TABIIY RESURSLARI VA UNING IQTISODIY



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/45
tarix01.05.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#105408
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45
DUNYO MAMLAKATLARI TIPOLOGIYASI

 


LOTIN AMERIKASINING TABIIY RESURSLARI VA UNING IQTISODIY 
RIVOJLANISHGA TA’SIRI 
Dunyoning yirik siyosiy-geografik mintaqalaridan biri – Lotin Amerikasi – 
Yerning G‘arbiy yarimsharida joylashgan bo‘lib, Amerika qit’asidagi AQSH, 
Kanada davlatlari va Grenlandiya orolidan tashqari barcha mamlakatlarni o‘z ichiga 
oladi. Aholisining aksariyat qismi qadimgi lotin tili negizida vujudga kelgan ispan 
va portugal tillarida so‘zlashayotganligi bois bu mintaqa Lotin Amerikasi deb 
ataladi. Lotin Amerikasining siyosiy xaritasida hozirgi kunda 33 ta mustaqil davlat 
hamda qator mustamlakalar mavjud. Uning hududida bir necha kichikroq
mintaqalar ham ajratiladi. Jumladan, Shimoliy Amerika materigining AQSHdan 
janubdagi qismi va Karib dengizidagi orollarda joylashgan davlatlar O‘rta Amerika 
(Mezoamerika) mintaqasini tashkil etadi. Bu regiondagi davlatlar orasida hududi, 
aholisi va iqtisodiy salohiyati bilan Meksika alohida ajralib turadi. O‘rta 
Amerikaning Meksikadan boshqa davlatlari Karib dengizi akvatoriyasi, uning tabiiy 
resurslari va transport yo‘llari bilan tarixan chambarchas bog‘liqligi sababli, Karib 
havzasi davlatlari deb ham yuritiladi. Materikda, Meksikadan janubi-sharqqa tomon 
joylashgan 7 ta davlat (Beliz, Gvatemala, Salvador, Gonduras, Nikaragua, Kosta-
Rika, Panama) Markaziy Amerika deb nomlanadi. Karib dengizidagi 13 ta orol 
mamlakatlar,o‘z navbatida, Vest-Indiya umumiy nomi ostida birlashtiriladi. Janubiy 
Amerika materigida esa 12 ta mustaqil davlat va 1 ta mustamlaka (Fransiya 
Gvianasi) joylashgan. Janubiy Amerikada Lotin Amerikasidagi okeanga chiqish 
imkoniyati bo‘lmagan 2 ta davlat joylashgan bo‘lib, bular Boliviya va Paragvaydir. 
Lotin Amerikasining ba’zi davlatlari turli foydali qazilmalarining jahon 
xo‘jaligi miqyosida ahamiyatli zaxiralariga ega. Jumladan, neft-gaz resurslariga 
Venesuela, Meksika, temir rudalariga Braziliya, Kuba, Venesuela, boksit 
(alyuminiy) rudalariga Yamayka, Braziliya,Venesuela, Gayana, Surinam, misga 
Chili, Peru, nikelga Kuba, litiy, qalay va mineral tuzlariga Boliviya, tabiiy selitraga 
Chili, qimmatbaho toshlarga Kolumbiya boy hisoblanadi. Hududi asosan issiq iqlim 
mintaqalarida joylashganligi bois Lotin Amerikasi agroiqlim resurslariga boy
dehqonchilik ishlari esa bu yerda yil bo‘yi davom etadi. Lekin O‘rta Amerikada 
tropik to‘fonlar tez-tez sodir bo‘lib, aholi va xo‘jalikka katta ziyon yetkazadi. Iqlimi 
sernamligi hisobiga Lotin Amerikasi suv va gidroenergiya resurslari bilan yaxshi 
ta’minlangan. Mintaqadagi qator davlatlar o‘rmon resurslariga juda boy, bu borada 
Braziliya, Kolumbiya, Venesuela yetakchi hisoblanadi. Kofe eksporti bo‘yicha 
jahonda Braziliya yetakchilik qiladi. Braziliya yassitog‘ligining janubi-sharqiy 
yonbag‘irlarida kofe plantatsiyalari katta maydon egallaydi. Meksika qo‘ltig‘i va 
Karib dengiziga ro‘para bo‘lib turgan Meksika, Markaziy Amerika davlatlari va 
Kolumbiyaning tog‘ oldi (500–1500m) hududlarida ham kofe yetishtirishga 
ixtisoslashgan yirik qishloq xo‘jalik rayonlari shakllantirilgan.



Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin