Kirish qismi


CHEXIYA DAVLATIGA IQTISODIY-GEOGRAFIK TAVSIF



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/45
tarix01.05.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#105408
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45
DUNYO MAMLAKATLARI TIPOLOGIYASI

CHEXIYA DAVLATIGA IQTISODIY-GEOGRAFIK TAVSIF
 
 
 
 
 
 
Chexiya (chex. Česko), Chex Respublikasi (chex. Česká republika) – 
Markaziy Yevropadagi davlat. Maydoni 78,9 ming km². Aholisi 10,51 mln. kishi 
(2012). Poytaxti – Praga shahri. Maʼmuriy jihatdan 14 oblast (viloyat)ga boʻlinadi. 
Chexiya hududining katta qismi Chexiya togʻlarida joylashgan. Uning 
atrofida oʻrtacha balandlikdagi Shumova, Chexiya oʻrmoni, Rudali togʻlar 
(KrushneGori), Krkonoshe togʻlari 
(eng baland joyi 1602 m, Snejka 
togʻi) bor. Chexiya togʻlarining 
ichki qismi – Chexiya soyligi 
tepaliklar va ularni ajratib turuvchi 
past toglardan iborat. Moraviyada 
ham tepalik va past togʻlar koʻp. 
Chexiyanin
g janubiy va markaziy 
kismida ChexiyaMoraviya qirlari 
bor. Chexiyada kumir, temir rudasi, 
grafit, kaolin konlari mavjud. 
Aholisining koʻpchiligi – chexlar (81,3%); slovak, polyak va boshqa ham 
yashaydi. Shahar aholisi 70%. Rasmiy til – chex tili. Dindorlarning 
aksariyati katoliklar. Iirik shaharlari: Praga, Brno, Plzen, Ostrava. 
Chexiya – industrialagrar mamlakat. Milliy daromadda qishloq xoʻjaligi 5%, 
sanoat 33%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi 61,2% ni tashkil etadi. 
Sanoatida yoqilgʻienergetika va qora metallurgiya (Ostrava rni), kimyo, 
mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Qoʻngʻir kumir va 
toshkoʻmir qazib olinadi. OstravaKarvina toshkoʻmir, Shimoliy Chexiya va Sokolov 
qoʻngʻir koʻmir havzalari, temir ruda konlari mavjud. Yiliga oʻrtacha 58,7 mlrd. 
kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari – Praga, Plzen, 
Ostrava, Brno. 
Qishloq xoʻjaligida, asosan, qand lavlagi, bugʻdoy, javdar, arpa, yemxashak 
ekinlari, kartoshka va boshqa ekiladi. Bogʻdorchilik va sabzavotchilik rivojlangan, 
koʻp miqdorda qulmoq (xmel) yetishtiriladi. Goʻshtsut chorvachiligiga asosiy 
eʼtibor beriladi (choʻchqa, qoʻy, qoramol, parranda boqiladi). Suv havzalarvda baliq 
yetishtiriladi. 
Temir yoʻl uzunligi 9,4 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 124,8 ming km. 
Vltava va Laba daryolarida kema qatnaydi. Asosiy dare portlari – Praga va Dechin. 
Pragada xalqaro aeroport bor. Chexiya chetga mashina va jihozlar, yengil, 
shishakeramika sanoati mahsulotlari, kumir chiqaradi. Chetdan neft, gaz, kora 
metall, isteʼmol mollari oladi. Xorijiy sayyoxlik rivojlangan. Germaniya, Slovakiya, 
Avstriya, Rossiya bilan savdo kiladi. Pul birligi – chex kronasi. 



Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin