NORVEGIYAGA IQTISODIY-GEOGRAFIK TAVSIF Norvegiya,
Norvegiya
Qirolligi
(bukmolcha:
Kongeriket
Norge,
nyunorskcha: Kongeriket Noreg) — Shimoliy
Yevropadagi
davlat.
BMT
aʼzosi.
Skandinaviya yarim orolining gʻarbiy va
shimoliy qismida. Maydoni 385 ming
km2.
Aholisi
5,328,212
kishi
(2019). Poytaxti Oslo shahri. Maʼmuriy
jihatdan 19 fyulke (viloyat)ga, jumladan,
fyulkega tenglashtirilgan Oslo shahriga
boʻlinadi. Shpitsbergen arxipelagi, Aiyq
oroli, Yan Meyen va Buve orollari ham
Norvegiyaga qaraydi.
Norvegiya — rivojlangan indoʻstrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda
sanoatning ulushi 28,6 %, qishloq xoʻjaligining ulushi 2,9 %. Dengiz kema qatnovi,
baliq ovlash, tashki savdoning roli katta.
Sanoatning yetakchi tarmoqlari: elektr metallurgiya, elektr kimyo, sellyuloza-
qogʻoz, baliq sanoati, asosan tashki bozor uchun ishlaydi. Ichki bozorga xizmat
qiladigan tarmoqlar orasida oziq-ovqat va yengil sano
at bilan birga mashinasozlik
va metallsozlik durust taraqqiy etgan. Konchilikda temir va titan rudasi, kumir, neft
va gaz qazib olish katta urin tutadi. Elektr energiyaning 99 % GESlarda hosil qilinadi
(yiliga oʻrtacha 122 mlrd. kVt-soat). Qora va rangli metallurgiya, kemasozlik,
elektrotexnika, radiotexnika va yogʻochsozlik sanoati koʻproq rivojlangan. Axrli jon
boshiga elektr energiyasi, sellyulozaqogʻoz mahsulotlari, ferroqotishma, alyuminiy
ishlab chiqarish va kemasozlikda Norvegiya dunyoda oldingi oʻrinlarda turadi.
Mamlakatning tabiiy sharoiti qishloq xoʻjaligi uchun juda noqulay. Togʻ-tosh
koʻpligidan Norvegiya hududining 3 % ga yaqini haydaladi. Qishloq xoʻjaligi,
asosan, goʻsht sut chorvachiligiga ixtisoslashgan. Dehqonchiligida yem-xashak
ekinlari, bir oz miqdorda gʻalla (suli va arpa), kartoshka ekiladi.
Chorvachilikda yilqi, qoramol, qoʻy, choʻchqa, parranda boqiladi. Qishloq xoʻjaligi
mamlakatning oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini qondira olmaydi. Moʻyna
hayvonotchiligi, baliqchilik rivojlangan, oʻrmonlarda koʻp miqdorda yogʻoch
tayyorlanadi.
Chetga neft va tabiiy gaz, kemasozlik, sellyuloza-qogʻoz va kimyo sanoati
mahsulotlari, qora va rangli metallar, baliq mahsulotlari chiqaradi. Chetdan mashina,
mineral xom ashyo, avtomobillar oladi. Tashqi savdodagi asosiy hamkorlari: Buyuk
Britaniya, Shvetsiya, Germaniya, Niderlandlar. Pul birligi — krona.