Kirish qismi


ERONNING IQTISODIY-GEOGRAFIK O‘RNI, TABIIY



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/45
tarix01.05.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#105408
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45
DUNYO MAMLAKATLARI TIPOLOGIYASI

ERONNING IQTISODIY-GEOGRAFIK O‘RNI, TABIIY 
RESURSLARI, AHOLISI VA XO‘JALIGI
 
 
 
 
 
Eron Gʻarbdan Iroq (Kurdiston viloyati), shimoli-sharqdan Armaniston
Ozarbayjon va Turkiya bilan, shimoldan Turkmaniston, sharqdan Afgʻoniston va 
Pokiston bilan chegaradosh. Eron hududi shimol tomondan Kaspiy dengizi, 
janubdan Hind okeanining Fors va Ummon koʻrfazlari bilan yuviladi. 
Eron Old Osiyo togʻligi mintaqasining sharqiy qismida joylashgan va Eron 
togligining gʻarbiy qismini egallagan. Eron shimolda Kaspiy dengiziga tutash
janubda Fors va Ummon qoʻltiqlari bilan oʻralgan (ushbu qoʻltiqlardagi Keshm, 
Xoʻrmuz, Xark va boshqalar orollar Eronga tegishli). Sohillari pasttekislik, ayrim 
joylari mangra chakalakzorlari bilan qoplangan. Yer yuzasining yarmidan koʻprogʻi 
togʻli. Mamlakat hududining chekkalarida Shimoliy Eron, Sharqiy Eron va Janubiy 
Eron togʻlari joylashgan. 
2015-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Eron aholisi 78 million 408 ming 412 kishini 
tashkil etadi[3]. 2011-yilda mamlakatda oʻtkazilgan aholi sonini sanash va roʻyxatga 
olish natijalariga koʻra, Eron aholisi soni 75 million 149 ming 669 kishini tashkil 
etgan edi[4]. Aholining oʻrtacha zichligi — 42 kishi/km² ga. 
Eron — neft sanoati rivojlangan agrar industrial mamlakat. Yalpi ichki 
mahsulotda qishloq xoʻjaligi 21,3 %, sanoat 32,7 % (jumladan, neft va gaz qazib 
olish 18,7 %)ni tashkil etadi. 
Sanoatida neft, gaz, koʻmir, xrom, qoʻrgʻoshin, rux, mis, marganets va temir 
rudalari qazib olish katta ahamiyatga ega. Yiliga oʻrtacha 85 mlrd. kVtsoat elektr 
energiyasi hosil qilinadi. Neftni qayta ishlash, neft kimyosi korxonalari bor. Qora va 
rangli metallurgiya, mashinasozlik va metallsozlik, oziq-ovqat, toʻqimachilik 
sanoati rivojlangan. Hunarmandchilik (gilam toʻqish, metall buyumlar tayyorlash) 
bilan ham shugʻullaniladi. 
Qishloq xoʻjaligi mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmogʻi hisoblanadi. 
Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Asosiy oziq-ovqat ekini 
— bugʻdoy; shuningdek, arpa, sholi, dukkakli don ekinlar ekiladi. Bogʻdorchilik 
(oʻrik, shaftoli, anjir, pista, xurmo, behi, anor, sitrus mevalar, yongʻoq va boshqalar), 
tokchilik, sabzavotchilik va polizchilik bilan mamlakatning hamma qismida 
shugʻullaniladi. Paxta ekiladi, qand lavlagi, shakarqamish, tamaki yetishtiriladi
choy oʻstiriladi. Chorvachiligida qoʻy, echki, qoramol, eshak, tuya, ot, xachir 
boqiladi. Parrandachilik rivojlangan. Pillachilik bilan shugʻullaniladi. Fors qoʻltigʻi 
va Kaspiy dengizida baliq ovlanadi. 
YUNESKO tomonidan qayd etilgan dunyo sivilizatsiyasi merosiga oid 12 
tarixiy yodgorlikning 3 tasi Eronda joylashgan. 2001-yil Eronni 1402160 xorijiy 
sayyoh ziyorat qildi, xorijiy sayyohlikdan tushgan daromad 1,112 mlrd. AQSH 
dollarini tashkil etdi. Pul birligi — rial. 



Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin