SAUDIYA ARABISTONINING IQTISODIY-GEOGRAFIK O‘RNI, TABIIY RESURSLARI, AHOLISI VA XO‘JALIGI Saudiya
Arabistoni,
(Saudiya
Arabistoni Qirolligi) Saudiya Arabistoni
Podshohligi (Al-Mamlaka al-Arabiya as-
Saudiya)
— Osiyoning janubi-gʻarbida
joylashgan davlat. BMT aʼzosi boʻlgan bu
mamlakat Arabiston yarim orolning taxminan
2/3 qismini va Qizil dengiz hamda Fors
qoʻltigʻidagi qator qirgʻoqboʻyi orollarni
egallaydi. Maydoni 2,25 million km². Aholisi
— 34 218 169 kishi (2019). Bulardan 5,3
million kishi mamlakat fuqarosi hisoblanmaydi. Poytaxti Ar-Riyod shahri.
Maʼmuriy jihatdan 14 viloyatga boʻlinadi. Iqtisodiyotining asosi — neft va gaz
sanoati. Ikkinchi jahon urushiga qadar S.A. xoʻjaligida chorvachilik ustun boʻlgan.
Urushdan keyin neft qazib olish va eksport qilish hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻldi.
Neft va neft mahsulotlaridan keladigan daromad 5 yillik rejalar doirasida sanoatni
rivojlantirishga katta mablagʻ ajratish imkonini berdi. Yalpi ichki mahsulotda sanoat
ulushi 53%, qishloq xoʻjaligi ulushi 6%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi ulushi 41% ni
tashkil etadi. Saudiya Arabistoni yalpi xdjmining 35% xususiy sektorga toʻgʻri
keladi. S.A. neft zaxiralari boʻyicha dunyoda 1-oʻrinda (35,8 mlrd. tonna), neft qazib
chiqarish boʻyicha 2oʻrinda (AQShdan keyin) turadi. Neftning 95% "Saudi ARAM
KO" milliy kompaniyasi tomonidan qazib chiqariladi. S.A.da kuniga 7,5 mln. barrel
(2002-yil 308 mln. tonna) neft qazib olinadi. Gaz zaxiralari boʻyicha dunyoda
4oʻrinni egallasada, uni qazib olish boʻyicha Yaqin Sharqda loʻrinda turadi. 1960-
yill
arning oxiridan neft kimyosi sanoati keng rivojlandi. Metallurgiya (Jidda),
qogʻoz (Dammom), oziq-ovqat (Makkadagi yog zavodi, konditer fabrikasi,
ArRiyoddagi sabzavot konservalari va Jiddadagi meva sharbati ishlab chiqaradigan
fabrika hamda Hufuf va Madinadagi xurmoni qayta ishlash fabrikasi), toʻqimachilik,
qurilish materiallari sanoati ham rivojlangan. Jidda, Dammom va ArRiyodda sement
zavodlari, Dahronda oynashisha zavodi bor. Bu korxonalarning koʻpchiligi toʻliq
yoki qisman (70%cha) "Sabik" davlat konserniga karashli va u tomonidan nazorat
qilinadi. Yiliga oʻrtacha 66,8 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. S.A.da
hunarmandchilik, shu jumladan, zargarlik korxonalari salmokli oʻrin egallaydi.
Saudiya Arabistonijanubi-gʻarbda Qizil dengiz, shimoli-sharqda Hind okeanining
Fors qoʻltigʻi bilan oʻralgan. Suv uch xil yoʻl bilan: quduqlar, yomgʻir yoki suv
toshqini vaqtida hovuzlarga yigʻish va maxsus moslamalar yordamida dengiz suvini
chuchuklashtirish orqali olinadi.