FILIPPIN DAVLATINING IQTISODIY-GEOGRAFIK O‘RNI, TABIIY RESURSLARI, AHOLISI VA XO‘JALIGI Filippin
(Philippines),
Filippin
Respublikasi
(tagalcha
Republikasining
Pilipinas, ing. Republic Philippines) —
Janubi-Sharqiy Osiyodagi davlat, Tinch
okeandagi Filippin arxipelagida joylashgan.
Maydoni 300 ming km². Aholisi 84,526 mln.
kishi (2002). Poytaxti —Manila shahri
Maʼmuriy jiqatdan 74 viloyat (province)ra
boʻlinadi. Filippin.da oʻzaro yaqin til va
shevalarda soʻzlashuvchi 90 dan ziyod elat va
qabilalar yashaydi. Ularning yiriklari: bisayya, tagal, ilok, bi. kol, pampangan,
pangasinan va boshqa Bundan tashqari, xitoy, osiyolik, yevropalik va amerikaliklar
ham bor. Shahar aholisi 56%. Rasmiy tillar — tagal va ingliz tillari. Dindorlari
xristian, islom dinlariga eʼtiqod qiladilar. Yirik shaharlari: Manila, KesonSiti, Sebu,
Davao. Filippin. — agrarindustrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq
xoʻjaligining ulushi 22%, sanoatniki 32%, xizmat koʻrsatish sohasiniki 48%.
Qishloq xoʻjaligida kichik-kichik dehqon xoʻjaliklari koʻpchilikni tashkil
qiladi. Yirik plantatsiya xoʻjaliklari ham bor. Qishloq xoʻjaligiga yarokli yerlar 9
mln. gektar (mamlakat hududining 30%), shundan 1 mln. gektar yer sugʻoriladi.
Dehqonchilik ustun. Eksport uchun shakarkamish, abaka, geveya, kokos palmasi,
yer yongʻoq, kofe, kakao, tamaki, tropik va sitrus mevalar yetishtiriladi. Asosiy
oziq-ovqat ekinlari — sholi, makkajoʻxori, batat, maniok, sabzavot. Chorvachiligi
rivojlangan: qoramol va buyvol, choʻchqa, echki, parranda boqiladi, baliq ovlanadi.
Oʻrmonlarda qimmatbaho eksportbop pushti va kizil daraxt yogʻochlari
tayyorlanadi.
Sanoatida konchilik rivojlangan: nikel, rux, mis, temir, marganets, xrom
rudalari, shuningdek, toshkoʻmir, neft, simob, oltin, kumush qazib olinadi. Filippin
sanoati qand, sholi okla
sh, tamaki, yogʻmoy, meva konservalash, kopra, arqon va
boshqa korxonalardan iborat. Yogʻochsozlik, mebel va koʻn-poyabzal sanoati ham
rivojlangan. Sanoatning kimyo, radioelektronika tarmoklari yuksak surʼatda
taraqqiy etmokda. Metallurgiya, metallsozlik, mashinasozlik (jumladan, avtomobil
yigʻish), televizor, radiopriyomnik, elektr asboblar, mineral oʻgʻit, rezinatexnika
buyumlari ishlab chiqaradigan, neftni qayta ishlaydigan, neft kimyosi,
toʻqimachilik, tikuvchilik, "oyna, sement zavodlari bor. Hunarmandchilik kds.
tarmoq hisoblanadi. Yiliga oʻrtacha 26,4 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi.
Asosiy sanoat markazlari: Manila, Sebu, Davao. Yuklar, asosan, dengiz transportida
tashiladi.