YEVROPA MITTI DAVLATLARINING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI Yevropaning eng mitti 10 ta davlati quyidagilardir:
Vatikan (0,44 kv. km), Monako (1,95 kv. km), San-Marino (61 kv.
km), Lixtenshteyn (62 kv. km), Malta (316 kv.km), Andorra (468 kv.km,
Luksemburg (2586 kv.km), Kipr (9251 kv. km), Kosovo (10887 kv.km),
Chernogoriya (13812 kv.km)
Lixtenshteyn — industrial-agrar mamlakat. Mehnatga yaroqli aholining
45,2% sanoatda, 45% xizmat koʻrsatish tarmogʻida band. Metallsozlik, priborsozlik,
mashinasozlik (press va shtamplash uskunalari, hisoblash va aniq mashinalar,
yuksak vakuumli texnika), kimyo-farmatsevtika, toʻqimachilik, oziqovqat,
yogʻochsozlik, kulolchilik korxonalari, chinnidan yasama tosh tayyorlash fabrikasi,
elektr stansiyalari bor.
Vatikan - davlat iqtisodiy negizini kapital mablagʻlardan tushadigan
daromadlar, milliy katolik cherkovlarning badallari, dindorlarning ehsonlari tashkil
qiladi. Vatikan— dunyoning yirik sanoat-moliya monopoliyalaridan biri (uning
oltin va valyuta bisoti 12 mlrd. AQSH dollaridan ortiq deb taxmin qilinadi).
Oʻzining moliyaviy, iqtisodiy operatsiyalari va ishonchli vakillari orqali qudratli
xalqaro korporatsiyalar, banklar bilan uzviy bogʻlangan. Vatikan bir qancha
kompaniya va banklar aksiyasiga ega.
Luksemburg — yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat. Yalpi ichki
mahsulotda sanoatning ulushi 24,6 %, qishloq xoʻjaligi ulushi 1,4 %. Iqtisodiyotning
asosiy tarmoqlari: qora metalurgiya, kimyo, koʻnchilik, sement, fayans,
yogochsozlik, tikuvchilik, oziq-ovqat sanoati. Yiliga 1,4 mlrd. kVt-soat elektr
energiya hosil qilinadi. Luksemburg aholi jon boshiga choʻyan va poʻlat ishlab
chiqarishda dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi.
Andorra – YIMning 80 %i turizm sohasiga toʻgʻri keladi. Andorraga yiliga 9
mln turist keladi. Iqtisodiyotning boshqaruvida davlatning roʻli juda past darajada
va kichik biznes va xususiy tadbirkorlik qoʻllab quvvatlanadi. Iqtisodiyotda bank
sektori katta rol oʻynaydi. Andorrada qishloq xoʻjaligi juda past rivojlangan, chunki,
yerning atigi 2 %i qayta ishlashga yaroqlidir. Qishloq xoʻjaligi sohasida aholining
1 %i band. Andorrada kartoshka va tamaki yetishtiriladi. Temir rudalari koni,
svinets, gidroenergetika resurslari hamda mineral suv va oʻrmon resurslariga ega.
Kosovo - yalpi ichki mahsuloti - $6,7 milliard (2018). Iqtisodiyoti barqaror
surʼatlarda o'sib boryapti. Shu bilan birga tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotining 35
foizini tashkil etadi. Rux, nikel , kobalt, boksit, magnezit, indiy, kadmiy, germaniy,
talliy, seolitkonlari bor. Lignit zaxirasi nihoyatda katta (15 milliard tonna). Yalpi
ichki mahsulotining 70 foizi xizmatlar sohasida shakllanadi.