Kirish qismi


TANZANIYAGA IQTISODIY-GEOGRAFIK TAVSIF



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/45
tarix01.05.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#105408
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45
DUNYO MAMLAKATLARI TIPOLOGIYASI

TANZANIYAGA IQTISODIY-GEOGRAFIK TAVSIF
 
 
 
 
 
 
Tanzaniya yoki Tanzania (inglizcha: 
Tanzania), 
Tanzania 
Birlashgan 
Respublikasi (inglizcha: United Republic 
of Tanzania) — Sharqiy Afrikadagi davlat 
Tanzania Materikning Tanganika qismini 
hamda Zanjibar va Pemba olarini oʻz ichiga 
oladi. Maydoni 945,1 ming km². Aholisi 50 
mln atrofida (BMT hisoboti. 2013). 
Poytaxti — Dodoma shahri Maʼmuriy 
jihatdan 25 viloyat (materikda 20, Zanjibar orolda 3, Pemba orolda 2) (region)ra 
boʻlinadi. Tanzanianing sharqida, 900 km ga choʻzilgan Hind okeani qirgʻogʻida 
mayda qoʻltiklar bor. Hududning katta qismi Sharqiy Afrika yassitogʻligida 
joylashgan. Tanzania — agrar mamlakat . Yalpi ichki mahsulotda q.h.ning ulushi 
56%, sanoatniki 15%, xizmat koʻrsatish sohasiniki 29%. Qishloq xoʻjaligida 
mehnatga layoqatli aholining 80% dan koʻprogʻi shugʻullanadi va eksport 
tushumining 85% taʼminlanadi. Dehqonchilikka yaroqli yerlarning 25% ga ekin 
ekiladi. Asosiy q.h. ekinlari: sizal, chinnigul, paxta, kofe, choy, keshyu yongʻogʻi, 
kokos palmasi, qalampirmunchoq va boshqa Ichki ehtiyoj uchun bugʻdoy, sholi, 
makkajoʻxori, tariq, oq joʻxori, maniok, dukkaklilar, moyli oʻsimliklar, 
shakarqamish, banan va boshqa mevalar yetishtiriladi. Qoramol, echki, qoʻy, 
parranda boqiladi, sohilda baliqovlanadi. Togʻlardagi tropik oʻrmonlarda 
(Tanzaniada jami 31 mln. gektar oʻrmon bor) yogʻoch tayyorlanadi. Sanoati sust 
rivojlangan. Mustaqillik yillarida konchilik sanoatida olmos qazib chiqarish 
rivojlandi. BukRif va Lupada oltin, Minjinguda fosforit, Karagve va Ngarada qalay 
va volfram, Chambongoda magnezit, shuningdek slyuda, osh tuzi, qurilish 
materiallari, temir ruda qazib chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Yiliga oʻrtacha 912 mln. 
kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, tikuvchilik
koʻnpoyabzal, qogʻoz va yogʻochsozlik tarmoklarida 500 dan ortiq korxona mavjud. 
Moshi, Kidati, Morogoro, Kagerada yirik qand zavodlari, Moshi, Bukobada kofe
Amani, Tukuyuda choy, Dorussalom, Arusha, Iringa, Dodoma, Mvanzada un ishlab 
chiqarish. korxonalari, Dorussalomda neftni qayta ishlash zdi, Tanga, Tabora, 
Dorussalomda 40 ga yaqin yogʻoch tilish korxonasi bor. Metallurgiya va metall 
ishlash tarmoqlari endigini rivojlanayotir. Qadimdan mavjud boʻlgan 
hunarmandchilik mustaqillik yillarida yangi pogʻonaga koʻtarildi. Ichki yuklar temir 
yoʻl va avtomobil transportida, tashqi yuklar esa Transport yoʻli va dengiz 
transportida tashiladi. Transport yoʻli uzunligi 3,6 ming km, avtomobil yoʻllari uz.— 
88 ming km. 



Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin